28
1. Jamiyat sotsial strukturasiga doir dastlabki talqinlar.
2. Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida
3. Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning o‘zigaxos jihatlari.
4.Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat sotsial strukturalarining rivojlanishida yangi
tamoyillar.
5.Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
6.Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari
7.Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya
sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir
guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamaddunimahsuli sifatida amaliyotga
tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari
ijodida bu
masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum
davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan.Har qanday fan, o‘z mohiyatiga
ko‘rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini
qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi
g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir.
Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalariMarkaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy
hayotining yorqin namunasi“Avesto” muqaddas kitobida izchil yoritilgan. 2001 yildamillat
ma’naviy madaniyatining eng qadimgimanbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu
noyob asar bebaho tarixiy xujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining
madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga,
asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat
beradi” debalohida e’tirof etgan.
Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu
maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi
ekanligidan dalolatdir.
Avestoning “YAshtlar”, “Vispirat”, “Vididod” qismlarida oila va jamoada berilgan
so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh
ekanligio‘z ifodasini topgan. Xususan, “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun
mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur etkazadi”.“O
Spitama, ahdingni buzma...” g‘oyalaridavlatlar siyosiy tizimininghuquqiy asosi, adolat manbai
bo‘lib, ular Rim huquqidan ham qadimiyroqdir.
Avestodagi fuqarolik jamiyatini qurishning birlamchi omili
erkak va ayolning teng
huquqliligi, oilaning barqarorligini ta’minlash g‘oyasi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga
bo‘lib,bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiva boshqa me’yoriy hujjatlarda
ayollarning teng imkoniyati vakeng huquqlari ta’minlangan. XXI asrda ba’zi mamlakatlarda
ayollarning saylash va saylanish huquqi umuman inkor qilinayotgan bir davrda,O‘zbekiston Oliy
majlis qonunchilik palatasiga ayollarning saylanishi uchun 30% kvotaning ajratilishi, 1995 yilda
“Oila” kodeksining qabul qilinishi, bir tomondan yurtimizda ayollarga munosabat va oilaviy
qadriyatlar qadimiy ildizlarga egaligini ifodalasa, ikkinchi tomondan fuqarolik jamiyatini qurish
yo‘lidagi oqilona siyosatning yorqin ifodasidir.
29
Fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida o‘rganilganligi
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2014 yilda Samarqandda o‘tkazilgan “O‘rta
asr SHarq
mutafakkirlarining ilmiy merosi zamonaviy sivilizatsiyada o‘rni va ahamiyati”mavzusidagi xalqaro
konferensiyada so‘zlagan nutqida“Olim va tadqiqotchilar fikricha, SHarq xususan Markaziy Osiyo,
IX-XII va XIV-XV asrlarda bo‘lganilmiy hamjamiyat tomonidan Buyuk SHarq uyg‘onishi deya
nom olgan yirik ilmiy madaniy uyg‘onish uchun asos sifatida xizmat qildi”
3
deb alohida ta’kidlagan.
Darhaqiqat, Markaziy Osiyo uyg‘onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli
jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy
mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Forobiy,
Ibn Sino,
Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar ijodida
keng tahlil qilingan.
Xususan, Abu Nasr al-Farobiy (870–950) ning “Fozil odamlar shahri”, “Davlat arbobining
aforizmlari” asarlarida sharqona siyosiy-huquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat,
davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan. Abu Nasr Farobiy fikricha adolatli
jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona
boshqarish usulini bilish,
odamlargayovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. U davlat
rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli
davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolatetakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari
bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy “Ularning o‘zlaridan
saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan,
sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. SHuning
uchun bunday rahbarlar
o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar”
17
,
deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniy
qadriyatlarni tizimlashtiradi
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston” asarlarida
adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan.
Uning fikricha,jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga
ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va
rivojlantirilishi lozim.. Davlat rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va
kuchsizlar o‘rtasidagi siyosiy va huquqiy adolat mezonlarini o‘rnatishdadir. Bungauning fikricha
ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi.
Dostları ilə paylaş: