22
Fuqarolik jamiyati tushunchasining liberal talqini, yuqorida aytib o‘tganimizdek,
Tomas
Gobbs va Jon Lokk davrida yaratilgan. «Fuqarolik jamiyati» tushunchasini ular kishilik
jamiyatining tarixiy rivojlanishini, insonning tabiiy mavjudlikdan ma’rifatli hayot tarziga
o‘tishini aks ettirish uchun ilmiy muomalaga kiritgan.
Tomas Gobbs bunday holatga davlat mavjud bo‘lgan holda erishish mumkin deb
hisoblagan. U davlat bo‘lmagan joyda urush, qo‘rquv, qashshoqlik, yolg‘izlik, yovvoyilik,
jaholat, davlatda – oqilonalik,
xavfsizlik, boylik, tartib, bilim va olijanoblik hukm suradi, deb
yozgan.
Liberalizm asoschisi Jon Lokk birinchi bo‘lib shaxsni jamiyat va davlatdan, erkinlikni –
boshqa qadriyatlardan ustun qo‘ygan. Erkinlikni u davlatning aralashuvidan xoli holat sifatida
tushungan.
Fuqarolik jamiyatini tahlil qilishga nisbatan boshqa bir yondashuvni G.Gegel (1770-1831)
taklif qiladi. U fuqarolik jamiyatiga o‘z kundalik ehtiyojlarini mehnat yordamida qondiruvchi
individlar majmui deb qaraydi. Uning fikriga ko‘ra, fuqarolik jamiyatining negizini xususiy mulk
tashkil etadi.
G.Gegel fikri bo‘yicha, tarixiy jarayonni harakatlantiruvchi kuch sifatida fuqarolik jamiyati
emas, balki davlat amal qiladi, u barcha fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi,
inson shaxsi,
umumiy siyosiy, moddiy va ma’naviy asoslarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Davlat insonni
har xil tasodiflardan himoya qiladi, adolatni ta’minlaydi, umumiy manfaatlarni ro‘yobga
chiqaradi.
Davlat, oila, qabila, millat, diniy va boshqa birliklardan farqlanuvchi «fuqarolik jamiyati»
kategoriyasi XVIII-XIX asrlarda tadqiqot predmetiga aylandi. G.Gegel o‘zining «Huquq
falsafasi» asarida fuqarolik jamiyati tushunchasini atroflicha o‘rgandi va unga shaxslarning
ehtiyoji va mehnat taqsimoti tizimi, adliya (huquqiy muassasalar va huquqiy tartibot), tashqi
tartib (politsiya va korporatsiyalar) orqali aloqasi (munosabatlarga kirishishi) sifatida ta’rif
berdi
10
.
O‘sha davr jamiyati va davlatiga nisbatan G. Gegelning qarashlari eskirganligiga qaramay,
uning fuqarolik jamiyati davlatga nisbatan mustaqil bo‘lgan shaxsiy manfaatlar jabhasi, ijtimoiy
tuzum, mehnat taqsimoti va mulk shakllariga bog‘liq ekanligi haqidagi fikrlari ijtimoiy
fanlarning rivojlanish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
G.Gegel fikriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati – bu, avvalo, xususiy mulkka asoslangan
ehtiyojlar tizimi,
shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat qurilishi, huquq, axloq, burch,
madaniyat, maorif, qonunlar va ulardan kelib chiquvchi sub’ektlarning o‘zaro yuridik
aloqalaridir. Tabiiy, «nomadaniy» holatdan «odamlar fuqarolik jamiyatiga kirishlari lozim,
chunki faqat shu jamiyatda huquqiy munosabatlar haqiqiy xususiyat kasb etadi».
11
Ayni vaqtda
Gegel bunday jamiyat faqat «hozirgi dunyoda» mavjud bo‘lishi mumkinligini qayd etadi.
Boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyati yovvoyilik, qoloqlik, ma’rifatsizlikka qarshi qo‘yiladi.
Gegel fuqarolik jamiyati oiladan boshlanib to davlatga qadar dialektik harakatlanuvchi
alohida bosqich uzoq tarixiy davr davomida o‘rta
asrdan to yangi davrgacha
transformatsiyalashib kelgan tushunchadir. U fuqarolik jamiyati va davlatni aralashtirib
yuboruvchi o‘sha davrda hukmron bo‘lgan tabiiy huquq nazariyasini tanqid qilgan, uning
fikricha, ijtimoiylik xususiyatiga asoslanuvchi fuqarolik jamiyati, oilaning axloqiy va davlatning
ommaviy hayotidan mutlaqo farqlanadi.U adolatili qonunlar va odil sudlarni
fuqarolik
jamiyatining tarkibiy qismlari deb hisoblaydi.
10
Қаранг: Гегель Г.В.Ф. Философия права. - Москва, «Мысль», 1990. – С.227.
11
Гегель Г. Работы разных лет. Том 2. – Москва, 1973. – С. 50.
23
Fuqarolik jamiyatini konseptual tushunishga Immanuil Kant (1724–1804) harakat qilgan.
Kant fuqarolik jamiyatini butun insoniyat uyi deb bilgan. Bu jamiyatda har bir inson hatti-
harakati oliy axloqiy qonun – qat’iy imperativ bilan belgilanad. Uning fikricha, fuqarolik
jamiyati mavjud qonunlar doirasida hech kim tomonidan cheklanmaydigan intilish,
tamoyillarining erkilik bilan uyg‘unligi, boshqacha aytganda, fuqarolarga mos bo‘lgan
jamiyatdir.
YUqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, XVIII asr o‘rtalariga kelib fuqarolik
jamiyati – davlat an’anaviy paradigmasi qayta ko‘rib chiqila boshlandi. Bu jarayon XVIII – XIX
asrlarga kelib to‘xtadi, bu davrga kelib yangi tizim o‘zining – xususiy mulk, erkin bozor
iqtisodiyoti, parlamentar
demokratiya va huquqiy davlat, ijtimoiy va siyosiy sohalar o‘rtasidagi
bo‘linish.
Fuqarolik jamiyati demokratik normalari va qadriyatlari zamonaviy ijtimoiy-falsafiy
tafakkurda ham taxlil qilingan. Zamonaviyroq ko‘rinishda demokratiya g‘oyalari Turkistonda
ma’rifatparvar jadidlar faoliyatida kuzatiladi. Evropada bo‘lgani kabi Turkistonda ham o‘rta
asrlar feodal munosabatlari, dogma va an’analarga qarshi bo‘lgan ma’rifatparvar g‘oyaviy oqim
sifatida xarakterlanadi. U progressiv kuchlarning mamlakatni feodal turg‘unlik davridan olib
chiqishga harakat qilgan va kurashganlarini aks ettiradi. Jadidlar ta’lim tizimini isloh etishni
talab qilib, dunyoviy fanlar faolroq o‘qitiladigan yangi usuldagi maktablarni ochgan, ularda aniq,
tabiiy-ilmiy, iqtisodiy fanlar o‘qitilgan.
Zamonaviy tadqiqotchilar ta’kidlashicha, demokratik qayta qurish g‘oyalari va fuqarolik
jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o‘z aksini
topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki
1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar.
Turkiston avtonomiyasi
uchun kurashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo‘shgan.
YUrtimizda ijtimoiy-falsafiy fikr, xususan jadidlar qiyofasida, fuqarolik jamiyati g‘oyalari
ma’rifat qadriyatining shakllanishiga qaratilgan edi. M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat o‘z
davridan ilgarilab o‘tib, fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat doirasida amalga oshishi,
haqidagi xulosasini aytadilar. Bundan tashqari, ular, an’ana va urf-odatlar demokratlashuvga
to‘siq bo‘lmasligini, aksincha, mavjud an’analar doirasida amalga oshirilgan modernizatsiya,
fuqarolik jamiyatining shakllanishi va barqaror taraqqiyotining muhim omili ekanligini
asoslaydi.
Birinchi Prezident I.A.Karimovning so‘zlari bilan aytganda, “o‘zbek xalqi boy tarixi uzoq
o‘tmishga borib taqaladi, va uch ming yillik davrni o‘z ichiga olib, bizga boy tajriba va ibratli
saboq beradi, uni qabul qilishimiz va rivojlantirishimiz kerak bo‘ladi”
12
.
Umuman olganda, fuqarolik jamiyati falsafiy konsepsiyalarining insoniyat tarixida o‘rni va
rolini
baxolar ekanmiz, uning nafaqat ilmiy-texnikaviy yutuqlar bilan, balki inson borlig‘ining
ekzistensial ibtidosini qayta tushunish bilan kechgan. Bu davrda inson erkinligini boshqacha
tushunish usuli yuzaga kelib, u fanga jiddiy ta’sir qiladi. Bunda erkinlik o‘z qiziqishlari yo‘lida
boshqariluvchi emas, balki har bir insonning o‘z taqdiri uchun javobgarligi ma’nosida
tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: