7
2.
Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar
fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
3.
Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi.
4.
Fuqarolik jamiyati haqida g‘oyalar evolyusiyasi
5.
YAngi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos
xususiyatlari
6.
Fuqarolik jamiyati xaqidagi zamonaviy konsepsiyalar
1.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob’ekti.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqildemokratik davlat
barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha
fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini
shakllantirish strategik
maqsad sifatida belgilangan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas
bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining
mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat»
1
deb ta’kidlagan edi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan
tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik
jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar
genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy,
huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat:
iqtisodiy asos
- shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk
shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari.
Qaysikijamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf
etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi,
xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan
tadbirkorlik, mexnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi.
ijtimoiy-siyosiy asos
– mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy
hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum
tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman markazlar,
tashkilotlar, siyosiy institutlar
qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy
plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib
borilishi. “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi. Birinchi
Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli
vazifalarni davlatdan
mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutadi”
2
.
huquqiy asosi
– inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining
qaror topishi yuridik tenglikning ta’minlanishi va ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun
yo‘li bilan tan olinishi. “Qonun hukumron bo‘lgan joyda erkinlik ham bo‘ladi” (A.Temur).
“Adolat - qonun ustuvorligida” tamoyilining amal qilinishi. ...“Fuqarolar bilan davlat o‘zaro
huquqlar va burchlar orqali uzviy bog‘liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz
bo‘lib,hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki cheklashi mumkin emas.Ayni
vaqtda fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari bshqa fuqarolarning,davlat
va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim”
3
.
1
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.: Ўзбекистон. 2000. 8-жилд. -Б-
331.
2
Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.Тошкент. “Ўзбекистон”, 1999.7-жилд 388-бет.
3
Каримов И .А.Ўзбекистон:миллий истиқилол,иқтисод,сиёсат,мафкура.-Тошкент, “Ўзбекистон”, 1996, 1-жилд.126-бет.
8
ma’naviy asos
– insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga
tura oladigan zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari,
vijdon erkinligi,
ahloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud
emasligi,
ijtimoiy
jarayonlarni
demokratlashtirishda
bevosita
va
bilvosita
ishtirok
etishlari,fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi. “Tafakkur ozod bo‘lmasa,ong va shuur tazyiqda,
qullikdan qutulmasa,inson to‘la ozod bo‘lolmaydi.Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk
odamlar hal qiladi”
4
.
O‘zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli
mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va davrlarda amalga
oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir.
CHunki, fuqarolik jamiyatining buprogressiv jihatlari (tamoyillari va belgilarini) sinalgan tajriba
sifatida o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda
fuqarolik jamiyati qurishda
e’tiborga olishga imkon beradi. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati fanini oliy ta’lim
tizimida o‘qitish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish
asnosida mamlakatda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida
islohotlarni yanada chuqurlashtirishga doir tajribalar va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar
bilimlari yordamida nafaqat yangi jamiyatda yashaydigan, balki bu jamiyatni rivojlantirishda
bevosita faol ishtirok eta oladigan yosh avlodni shakllantirishga qaratilgan bilimlar berish
nazarda tutiladi.
Aslini olganda “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda
alohida mazmun
kasb etgan tushuncha bo‘lib, u hozirgi davr talqinda jamiyatning muayyan shakli (holati va
xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini
ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish,
huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolari hal etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro
bog‘likdir.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har
bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga
xos qonuniyatlarini va
tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir.
Fuqarolik jamiyati fanining
ob’ekti
– bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda
fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z
ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zar uyg‘unlikda rivojlanish
bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi.
Fuqarolik jamiyati fanining
Dostları ilə paylaş: