O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t
13.2. Aksiyadorik tijorat banklari aksiyalar emitenti sifatida Banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida
aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu
jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari boʻlishi mumkin.
Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng koʻp ulushi qonun
hujjatlari bilan belgilanadi. Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u
roʻyxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega
emaslar.
Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yoʻl qoʻyilmaydi,
chet el kapitali ishtirokidagi banklar va shoʻba banklar tashkil etish hollari,
shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Bank ustavida ustav faoliyatga doir qator masalalar bilan birga tijorat banki
ustav kapitalining miqdori, muassislar roʻyxati va ustav kapitalidagi ulushlarning
taqsimoti belgilab qoʻyiladi.
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari toʻlagan pul
mablagʻlaridan tashkil topadi. Kreditga va garovga olingan mablagʻlardan hamda
boshqa jalb etilgan mablagʻlardan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun
foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq
bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablagʻlaridan
foydalanilishi mumkin.
Eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni roʻyxatga olish
paytigacha toʻlanishi kerak. Ustav kapitali uchun toʻlanadigan mablagʻlar
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankida yoki boshqa banklarida ochilgan
jamgʻarish hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan mablagʻlardan depozit sifatida
foydalanish mumkin.
Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan
belgilanadi. Hozirgi kunda yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav
kapitalining eng kam miqdori 100,0 milliard soʻm qilib belgilandi. Ilgari bu talab
aksiyadorlik tijorat banklari va xususiy banklar uchun alohida-alohida belgilangan
boʻlib, 10 million yevro va 5 million yevro ekvivalentida edi.
Tijorat banklari tomonidan ustav kapitalini shakllantirishda oddiy va
imtiyozli aksiyalar muomalaga chiqarilishi mumkin.
169
2018 yil 15 fevral holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan 26 ta
tijorat banki tomonidan jami 11704,63 milliard soʻmlik aksiyalar joylashtirilgan (-
rasm).
-rasm.