Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

 
5.5. Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi 
Opsion
kelishilgan muddat davomida maʻlum bir mukofot summasi hisobiga 
belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy instrumentlarni belgilangan 
(kelishilgan) narx boʻyicha sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi bitimni oʻzida 
aks ettiradi. Bundan koʻrinib turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi.
Yaʻni xarid qilish boʻyicha opsion (
option call
) kelajakda bitimda belgilangan 
shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, sotish boʻyicha opsion (
option 
put
) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini 
beradi. Bitimda qayd etilgan bazaviy aktivlar bahosi opsionning ijro etilish 
(bajarilish) bahosi (
strike price
) deb ataladi. Bitimda kelishilgan sana bitim 
muddatining tugash sanasi (
expiration date
) yoki toʻlov muddati (
maturity
) deb 
ataladi. Opsion bitimini amalga oshirish stiliga koʻra Amerika opsioni va 
Yevropa opsioniga boʻlinadi. Amerika opsion (American option)lari ular amal 
qilish muddatining tugaguniga qadar istalgan paytda bajarilishi mumkin. Yevropa 
opsion (European option)lari esa ularning tugash muddatiga kelibgina amalga 
oshirilishi mumkin. Opsionlar birjada va birjadan tashqarida kotirovkalanadi. 
Fond birjalarida aksariyat holatlarda kotirovkalanadigan opsionlar boʻyicha bitta 
opsion bitimining predmeti sifatida 100 ta aksiyani sotib olish yoki sotish olinadi. 
Alohida qayd etib oʻtish kerakki, opsionlar uning egasiga maʻlum bir 
faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi va hech qanday majburiyatni 
yuklamaydi. Yaʻni opsionlar bazaviy aktivlarni sotish yoki sotib olish 
majburiyatini yuklovchi forvard va fyuchers shartnomalaridan oʻzaro farqlanadi. 
Shuningdek, eʻtibor qaratiladigan yana bir jihat borki, forvard va fyuchers 
shartnomalarini tuzish hech qanday xarajat talab qilmaydi, opsionlar boʻyicha esa 
toʻlov amalga oshirilishi shart. Bu toʻlov opsion boʻyicha mukofot deb ataladi. 
Dunyodagi eng katta opsion birjasi sifatida Chikago opsion birjasi (CBOE – 
Chicago Board of Options Exchange, www.cboe.com) faoliyat yuritadi. 1973-yilda 
mazkur opsion birjasida birinchi marta opsion bitimi tuzilganligini ham taʻkidlash 
lozim. 
Quyidagi jadvalda 2013-yil 29-mayda savdolarning yopilish vaqtida qayd 
etilgan Intel kompaniyasi aksiyalariga amerika opsionlari bahosi keltirilgan (14-
jadval). Opsionlarning amal qilish muddatlari iyunda, iyulda va oktyabrda tugaydi. 
Iyundagi opsionlar 2013-yil 21-iyungacha, iyuldagi 2013-yil 19-iyulgacha, 
oktyabrdagi esa 2013-yil 18-oktyabrgacha amal qiladi. 2013-yil 29-mayda 
savdolarning yopilish vaqtida Intel kompaniyasi aksiyalari bahosi 20,83 dollarga 
teng. 


67 
14-jadval 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin