63
koʻrsatilgan xarajatlar summasiga mos ravishda oshirilishi lozim.
Agar tovarni
saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlardan
bir dona mahsulotga qancha toʻgʻri kelishi aniq belgilangan boʻlsa, u holda bunday
tovarning forvard narxi quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:
𝐹 = S (1 + r
t
365
) + 𝑍 (7)
Bu yerda,
F
– tovarning forvard narxi;
S
–tovarning
spot narxi;
Z
– tovarni
saqlash, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar (bir dona
mahsulotga);
t
– forvard shartnoma muddati (kunlarda).
Agar
saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq
xarajatlar tovarning qiymatiga bogʻliq holda oʻzgaruvchan boʻlsa (bunday holat
kam uchraydi), u holda bunday tovarning forvard narxi quyidagicha hisoblanadi:
𝐹 = S (1 + (r + 𝑧)
t
365
) (8)
Bu yerda,
z
–
tovarni saqlash, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan
bogʻliq xarajatlar (bir yil hisobida tovar qiymatidan foizda)
Misol. 1 unsiya oltinning spot narxi 1875 dollar.
Agar risksiz foiz stavkasi
yillik 7%ni tashkil etsa,
tovarni saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va
sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha quyidagi ikki holatni inobatga olgan
holda, oltinning uch oylik forvard narxi qanchaga teng boʻladi?
1) Har bir unsiyaga 15 dollardan xarajat toʻgʻri keladi;
2) Tovar qiymatidan yillik 4% miqdorida toʻgʻri keladi.
Birinchi holatda forvard narxga xarajatlarni qoʻshish lozim.
1875 × (1 + 0,07 × 91 365
⁄
) + 15 = 1922,72 долл.
Ikkinchi holatda esa risksiz foiz stavkaga oltinning
qiymatidan kelib chiqib
aniqlanadigan xarajatlar miqdorini qoʻshish orqali tovarning forvard narxini
aniqlash lozim.
1875 × (1 + (0,07 + 0,04) × 91 365
⁄
) = 1926,42 долл.
Umuman olganda bozor ishtirokchilari tomonidan forvard narxlarni aniqlash
orqali bozordagi mavjud forvard shartnomalarining
haqiqiy qiymatini baholash
hamda arbitraj operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish mumkin.
Xuddi mana shu tartibda aktivlarning fyuchers narxlari ham aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: