Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


-yil 29-maydagi Intel kompaniyasi aksiyalariga opsionlar bahosi, aksiya



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

2013-yil 29-maydagi Intel kompaniyasi aksiyalariga opsionlar bahosi, aksiya 
bahosi 20,83 dollar 
Ijro etilish bahosi, 
dollarda 
Opsion koll, dollarda 
Opsion put, dollarda 
Iyun 
Iyul 
Oktyabr 
Iyun 
Iyul 
Oktyabr 
20 
1,25 
1,6 
2,4 
0,45 
0,85 
1,5 
22,5 
0,2 
0,45 
1,15 
1,85 
2,20 
2,85 
Faraz qilaylik, investor brokerga Intel kompaniyasi aksiyalariga bir dona 
oktyabrgacha opsion kollni 22,5 dollar ijro etilish bahosi bilan sotib olish 
toʻgʻrisida topshiriq berdi. Broker bu topshiriqni Chikago opsion birjasida bitim 
tuzuvchi treyderga yubordi. Soʻngra bu treyder Intel kompaniyasi aksiyalariga 
oktyabrgacha opsion kollni 22,5 dollar ijro etilish bahosi bilan sotishni hohlovchi 
boshqa treyderni topadi. Taxmin qilaylik, opsion mukofoti (bahosi) yuqoridagi 
jadvalda koʻrsatilgani kabi 1,15 dollar. Bu summa bir dona aksiyani sotib olish 
uchun opsion bahosini oʻzida aks ettiradi. AQShda bir dona opsion shartnomasi 
100 ta aksiyani sotish yoki sotib olish boʻyicha tuziladi. Shunday ekan, investor 
broker orqali 115 dollarni birja hisobraqamiga oʻtkazish kerak. Shundan soʻng 
birja bu summani kontragent hisobraqamiga oʻtkazadi. 
Yuqoridagi misolga koʻra, investor 115 dollar hisobiga Intel 
kompaniyasining 100 dona aksiyasini 22,5 dollardan sotib olish huquqiga ega 
boʻladi. Kontragent operatsiya boʻyicha 115 dollarni oladi va investor opsion ijro 
etilishiga qaror qilsa Intel kompaniyasi 100 dona aksiyasini 2013-yil 18-
oktyabrgacha 22,5 dollardan sotishga rozilik beradi. Agar Intel kompaniyasi 
aksiyalari bahosi 2013-yil 18-oktyabrgacha 22,5 dollardan oshmasa opsion 
bajarilmaydi, investor esa 115 dollarni yoʻqotadi. Lekin Intel kompaniyasi 
aksiyalar bahosi 30 dollargacha koʻtarilsa investor 100 ta aksiyani 22,5 dollardan 
sotib olishi mumkin boʻladi. Bunday holatda investor foydasi 750 dollar ((30 – 
22,5)x100)ni, opsion bahosini hisobga olgan holda 635 dollar (750 – 115)ni tashkil 
etadi. 
Ikkinchi muqobil bitimni koʻrib chiqamiz. Masalan, investor bitta iyuldagi 
opsion putni 20 dollar ijro etilish bahosi bilan sotib olmoqchi. Yuqoridagi 
jadvaldan koʻrinib turibdiki, bu opsion har bir aksiya boʻyicha 0,85 dollar va bitta 
opsion bitimi boʻyicha 85 dollar (100x0,85)ni tashkil etadi. Bunda investor 85 
dollar evaziga 2013-yil 19-iyulgacha Intel kompaniyasi har bir aksiyasini 20 
dollardan sotish huquqini oladi. Agar Intel kompaniyasi aksiyalari 20 dollardan 
oshib ketsa opsion bajarilmaydi va investor 85 dollarni yoʻqotadi. Lekin aksiyalar 
bahosi 15 dollarga teng boʻlsa, investor tomonidan opsion ijro etiladi va 100 ta 
aksiyani 20 dollardan sotish natijasida 500 dollar miqdorida foyda oladi. Bunda 
opsion bahosini chegirgan holda operatsiya boʻyicha sof foyda 415 dollarni tashkil 
etishini taʻkidlash mumkin.
Yana bir holatni koʻrib chiqamiz. Investor eBay kompaniyasi 100 ta 
aksiyasiga 100 dollar ijro etilish bahosi bilan yevropa opsion koll sotib oldi. Faraz 
qilaylik, aksiyalarning joriy bahosi 98 dollarga teng, opsion boʻyicha toʻlov 


68 
muddati toʻrt oyga teng, opsionlar bahosi (mukofoti) esa har bir aksiyani xarid 
qilish uchun 5 dollar. Dastlabki investitsiya summasi 500 dollar. Opsionning 
yevropa opsioni ekanligi sababli investor uni faqat toʻlov muddatining tugash 
vaqtida bajarishi mumkin. Agar ijro etilish vaqtida aksiya bahosi 100 dollardan 
past boʻlsa, investor opsion shartnomasini bajarish uchun qabul qilmaydi. Yaʻni 
bozorda aksiya bahosi 100 dollardan past boʻlgan holatda ularni 100 dollardan 
sotib olishdan hech qanday maʻno yoʻq. Bunday holatda investor oʻz-oʻzidan 
dastlabki investitsiya summasini, yaʻni 500 dollarni yoʻqotadi. Lekin opsion 
muddatining tugash sanasida aksiyalar bahosi 100 dollardan yuqori boʻlsa opsion 
bajarishga qabul qilinadi. Faraz qilaylik aksiya bahosi muddat oxirida 115 dollarga 
teng boʻlsa, opsion bajariladi va investor 100 ta aksiyani 100 dollardan sotib oladi. 
Bu aksiyalarni darhol sotish natijasida investor har bir aksiya boʻyicha 15 
dollardan foyda oladi. Umumiy operatsiya boʻyicha investor foydasi opsion 
boʻyicha dastlabki qoʻyilmani hisobga olgan holda 1000 dollarni tashkil etadi. 
Quyidagi rasmda opsion bajarilish vaqtida bir dona aksiya bahosiga investor 
foyda yoki zararining bogʻliqligi koʻrsatilgan (21-rasm). Baʻzida opsionlarning 
bajarilishi investor uchun zarar sifatida aks etishi mumkin. Faraz qilaylik, oldingi 
misolda opsion amal qilishining soʻnggi kunida eBay kompaniyasi aksiyalari 
bahosi 102 dollarga teng. Investor opsionni bajarishi mumkin va 200 dollar 
samaraga ega boʻlishi mumkin. Lekin mazkur holatda uning zarari 300 dollarga 
teng, chunki dastlabki investitsiya (opsion mukofoti) 500 dollarni tashkil etadi. Bir 
qarashda investor mazkur holatda opsionni bajarmasligi kerak. Lekin operatsiyani 
bajarmaslik, oʻz navbatida, 500 dollarning yoʻqotilishiga sabab boʻladi. Bundan 
xulosa qilish mumkinki, opsion muddati tugash sanasida aksiya bahosi opsionni 
bajarish bahosidan yuqori boʻlsa uni bajarish lozim.
21-rasm. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin