Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


-rasm. Yevropa opsionida pozitsiyalar boʻyicha opsion egasi toʻlovlar



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

25-rasm. Yevropa opsionida pozitsiyalar boʻyicha opsion egasi toʻlovlar: 
a) uzun opsion koll; b) qisqa opsion koll; c) uzun opsion put; d) qisqa opsion 
put 
Opsion shartnomalarida bazaviy aktivlar sifatida aksiyalar, valyutalar, fond 
indekslari, fyucherslar olinadi. 
Aksiyalar boʻyicha opsionlar
yoki 
fond opsionlari
(
stock options
) Chikago 
opsion birjasida, Filadelfiya fond birjasida (
www.fhlx.com
), Amerika fond 
birjasida (
www.amex.com
), Tinch okeani fond birjasi (
www.pasifex.com
) va 
Xalqaro qimmatli qogʻozlar birjasida (
www.iseoptions.com
) kotirovkalanadi. 
Opsionlar 1000 dan ortiq turli xil aksiyalar boʻyicha tuziladi. Bitta kontrakt uning 
egasiga 100 ta aksiyani belgilangan ijro etilish bahosi boʻyicha sotish yoki sotib 
olish huquqini beradi. Bunday shartnoma miqdori aksiyalarning oʻzi uchun ham 
qulay, qoidaga koʻra 100 dona aksiya boʻyicha lotlar sotiladi. 
Xorijiy valyutalar boʻyicha opsionlar
ning katta qismi Filadelfiya fond 
birjasida kotirovkalanadi. U yerda turli xil xorijiy valyutalarni oldi-sotdisi boʻyicha 
yevropa va amerika opsionlari kotirovkalanadi. Bitta shartnoma miqdori valyuta 
turiga bogʻliq. Masalan, Britaniya funt sterlingi boʻyicha bitta opsion shartnomasi 
uning egasiga 31250 funt sterling sotib olish yoki sotish huquqini beradi. Yapon 
ieni boʻyicha bitta opsion shartnomasi esa 6,25 million ien sotib olish yoki sotish 
huquqini taqdim etadi.
Butun dunyo boʻyicha turli xil 
fond indekslariga opsionlar
yoki 
indeksli 
opsionlar (index option)
kotirovkalanadi. Ulardan keng tarqalganlari sifatida S&P 
500 (SPX), S&P 100 (OEX), Nasdaq 100 (NDX) va Dou-Jons (DJX) indekslariga 
opsion shartnomalarini keltirish mumkin. Fond indekslari boʻyicha opsionlar ham 
yevropa va amerika opsionlariga boʻlinadi. Masalan, S&P 500 (SPX) boʻyicha 
opsion yevropa opsioni, S&P 100 (OEX) boʻyicha opsion esa amerika opsioni 
hisoblanadi. Bitta shartnoma uning egasiga indeksning 100 baravari miqdoridagi 
aktivni oldindan kelishilgan ijro etilish bahosi boʻyicha sotish yoki sotib olish 
huquqini beradi. Hisob-kitoblar har doim naqd pulda amalga oshiriladi. Masalan, 
S&P 100 indeksi boʻyicha opsion koll ijro etilish bahosi 980 dollarga teng. 
Qachonki indeks bahosi 982 dollarga koʻtarilganda opsion bajariladigan boʻlsa 
opsion sotuvchi uning egasiga (992 – 980) x 100 = 1200 dollar toʻlaydi. Naqd 
hisob-kitoblar kun oxirida qayd etilgan indekslar qiymatiga asoslanadi. Yaʻni koʻp 
holatlarda opsion egalari oʻz sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanishga 
ishonch hosil qilgandagina sotish yoki sotib olishini eʻlon qiladi va odatda 
investorlar kun oxirigacha kutib turadi. 
Fyuchers opsionlari
yoki 
fyuchers boʻyicha opsionlar
(
futures option
)da 
bazaviy aktiv sifatida fyuchers shartnomalari qoʻllanadi. Bunday opsion aniq 
belgilab qoʻyilgan bazis aktiv boʻyicha fyuchers shartnomasini sotish yoki sotib 
olish huquqini beradi. Hozirgi vaqtda asosida oddiy fyuchers shartnomalari 
boʻlgan aksariyat aktivlar boʻyicha fyuchers opsionlari koʻpchilik uchun qulay. 
Qoidaga koʻra, fyuchers shartnomalari va fyuchers opsionlar bitta birjada 
kotirovkalanadi.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin