83
6.1-rasm.
Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari berish
manbalari
Yuqoridagilardan ham koʻrish mumkinki, banklar tomonidan bevosita
ipoteka kreditlarini moliyalashtirish yoki qayta moliyalashtirish maqsadida
ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasi yoʻlga qoʻyilmagan.
2005 yilda ATB Oʻzuyjoyjamgʻarmabank va ATB Zaminbankning
birlashuvi natijasida tashkil etilgan ATIB Ipotekabank faoliyatiga eʼtibor
qaratadigan boʻlsak, faqat bir marta 2010 yilda korporativ obligatsiyalar
muomalaga chiqarilgan 5 yildan soʻng 2015 yilda soʻndirilgan. Ipoteka
obligatsiyalari birorta ham bank tomonidan muomalaga chiqarilmagan.
Ipoteka krediti berishda bankning (ipotekaga oluvchining) ipoteka bilan
taʼminlangan majburiyati boʻyicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi
mumkin. Garov xati qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) tomonidan tuziladi va
ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin, qarz oluvchi (ipotekaga
qoʻyuvchi) hamda bank (ipotekaga oluvchi) ishtirokida roʻyxatdan oʻtkazuvchi
organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi.
Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari
mablagʻlari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori
ushbu mablagʻlarni berish toʻgʻrisida tijorat banki va koʻrsatib oʻtilgan moliya
institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan
holda belgilanadi.
Ariza beruvchi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan
mablagʻlari hisobiga ipoteka krediti olish uchun:
- quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira
qiymatining;
- uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi
oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Ushbu mablagʻlar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamgʻarma
omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud boʻlishi,
shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish
qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan oʻz
mablagʻlari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida boʻlishi mumkin.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
boʻyicha Harakatlar strategiyasida aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan
Dostları ilə paylaş: