Ipoteka qimmatli qogʻozlari – bu, ipoteka amaliyotini moliyalashtirish
maqsadida muomalaga chiqariladigan va uzoq muddatli ipoteka bilan taʼminlangan
qimmatli qogʻozlardir. Bunda ipoteka qimmatli qogʻozlari orqali jalb qilingan
mablagʻlar qayta moliyalashtirish natijasida ipoteka kreditlari taqdim etiladi.
Ipoteka qimmatli qogʻozlari turlari va ularning tavsifini quyidagi jadvalda
keltiramiz (6.1-jadval).
6.1-jadval Ipoteka qimmatli qogʻozlari tasnifi va tavsifi 29 Ipoteka qimmatli qogʻozlari turlari Oʻziga xos xususiyatlari 1.
Garov qogʻozi (varaqasi,xati) Egasi yozilgan va orderli qimmatli qogʻozlar belgilarini
oʻzida jamlagan, uzatuv yozuvlari orqali cheksiz
muomalada boʻlish xususiyatiga egaligi unga vekselning
ayrim hossalarini beradigan emissiyalanmaydigan qimmatli
qogʻozdir
2.
Uy-joysertifikati Uy-joy sertifikati uning birinchi egasi tomonidan muayyan
uy-joy maydoni va joyda qurilayotgan yoki qayta
qurilayotgan uyda qurish uchun mablagʻ ajratilganligini
tasdiqlovchi emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir
3.
Ipotekaobligatsiyalari Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov taʼminoti bilan
taʼminlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozdir
4.
Ishtirok etish ipoteka sertifikati Ipoteka taʼminoti umumiy mulkida oʻz egasining ulush
huquqini tasdiqlovchi egasi yozilgan emissiyalanmaydigan
qimmatli qogʻozdir
Ipoteka qimmatli qogʻozlari ichida eng keng qoʻllaniladigan qimmatli
qogʻoz turi bu ipoteka obligatsiyalaridir. Ipoteka obligatsiyalari muomalasi
ipoteka kreditlari sekyuritizatsiyasi yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Bunday
amaliyot bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagilarga imkon beradi:
-
aholi va tashkilotlarning boʻsh pul mablagʻlarini moliya bozoriga jalb
qilish va daromadlilikni taʼminlash;
-
uy-joy bozorini rivojlantirish asosida aholining uy-joyga talabini
samarali qanoatlantirish;
-
fond bozorida savdo qilinadigan moliyaviy instrumentlar turlarini
koʻpaytirish va hokozolar.
Ipoteka obligatsiyalari muomalasi boʻyicha shartlar ipoteka kreditlari
shartlari bilan oʻzaro muvofiqlikda belgilanishini ham shu oʻrinda qayd etib
oʻtish lozim.
28
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 336
29
Саттаров Б.К. Ўзбекистонда ипотека қимматли қоғозлари бозорини шакллантириш йўллари. И.ф.н. илмий
даражасини олиш тақдим этилган дисс.автореферати. Тошкент – 2012. – Б. 8.