89
yevro $1.23 teng deb deb baholangan. Bu shuni anglatadiki yevroning qadri AQSH
dollariga nisbatan 4% ga oshgan: (1.23-1.18)/1.18=0.04=4%.
Ayriboshlash kurslarining muhim jihati shundaki
ular mahalliy hamda
xorijiy mahsulotlar bahosiga taʼsir qiladi. Misol uchun Fransiyada ishlab
chiqarilgan mahsulotning AQSH dollaridagi bahosi ikkita omil taʼsirida
belgilanadi: ushbu fransuz mahsulotining yevrodagi bahosi hamda yevro va dollar
oʻrtasidagi ayriboshlash kursi
32
.
Tasavvur qilamiz: Amerikalik firma Fransuz mahsulotini sotib olishni
rejalashtirmoqda. Agarda ushbu mahsulotning bahosi 1000
yevro hamda yevro va
dollar oʻrtasidagi ayriboshlash kursi €1=$1.18 ga teng. Amerikalik firma ushbu
mahsulotni sotib olishni 2 oyga kechiktirdi. Bu orada esa yevroning qadri
dollarnikiga qaraganda oshdi va ular orasidagi ayriboshlash kursi quyidagi holatga
keldi: €1=$1.4. Agarda mahsulotning mahalliy narxi 1000
yevroligicha saqlanib
qolgan boʻlsa, uning dollardagi narxi 1 180 dollardan 1 400 dollarga oshadi.
Barcha bozorlarda sotish va sotib olish narxlari orasida farq boʻlgani kabi foreksda
ham sotish va sotib olish narxlari orasida farq mavjud hamda ushbu narxlar va ular
orasidagi farq quyidagicha nomlanadi:
Sotib olish narxi - ask price
Sotish narxi- bid price
Ular orasidagi farq- spread
Ular quyidagi koʻrinishda boʻladi (7.1-jadval)
7.1-jadval
Dostları ilə paylaş: