Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

“Swap” turidagi amallar. 
Mazkur atama iqtisodiy adabiyotda tez-tez 
foydalaniladi. Oltin bozoriga nisbatan qoʻllanilganda u bir vaqtda teskari bitimni 
amalga oshirish bilan metallni oldi-sotti qilish kabi talqin qilinishi mumkin. 
Mazkur bitimlarning hajmi spot turidagi amallar hajmidan ortadi, chunki oltin 
svoplar qimmatbaho metallar bozorining holatiga spot bitimlari kabi uncha kuchli 
taʼsir qilmaydi. Bu amallar boʻyicha standart bitim 32 ming unsiyani (1 tonnani) 
oʻz ichiga oladi.
 
 


109 
Amalda oltinli svoplarning uch turini ajratish qabul qilingan:
- vaqt boʻyicha svop (moliyaviy svop);
- metallning sifati boʻyicha svop;
- joylashgan joyiga koʻra svop.
Vaqt boʻyicha svop (moliyaviy svop)
svoplarning klassik turidir. U naqd va 
shoshilinch kontrbitimning qoʻshilishidan iborat: aynan bir xil miqdordagi metallni 
spot shartida xarid qilish (sotish) va forvard sharti bilan sotish (xarid qilish). Ancha 
yaqin bitimbitimning ijro etilishi sanasi valyutalash sanasi deb aytiladi, muddati 
boʻyicha ancha uzoqlashtirilgan ijro etish sanasi esa - svopni tugatish sanasi deb 
aytiladi. Bitim amalda istagan muddatga tuzilishi mumkin: bir kundan bir necha 
yilgacha boʻlgan muddatga. Svop bitimining odatdagi muddatlari 1, 3, 6 oy va bir 
yil hisoblanadi. Operatsiyaning mohiyati svop muddati oʻtishi bilan oltinni sotib 
olish huquqini saqlab qolgan holda oltinni valyutaga konvertatsiya qilish 
imkoniyatidan iborat. Shartnomaning amal qilishi muddati oxirida tomonlar 
bitimning muddatini uzaytirish yoki teskari hisob-kitoblarni amalga oshirib svopni 
bekor qilish toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin. Keyingi yillarda svop 
operatsiyalari keng ommalashdi. Dastavval, shu usulda mablagʻlarni jalb qilish 
dollarli depozitlarni jalb qilishga qaraganda foydali ekanligi ravshan, chunki 
svoplar boʻyicha foizli stavkalar ancha past. Bundan tashqari, oltinni zararsiz jalb 
qilish imkoniyati yaratilib, bundan bank, masalan, metall hisob-varaqlari boʻiycha 
qoldiqlarni boshqarish uchun foydalanish mumkin. Nihot, bu operatsiyalar 
markaziy banklar oʻrtasida ommabopdir. Bu hol, oʻz oltin zahiralarini 
konvertatsiya qilishni istab, ular oʻz harakatlari oltin bozoriga jiddiy taʼsir 
qilmasligidan xavotir olmasalar ham boʻladi; bevosita sotuvlar oʻrniga bozorda 
oltin kontragentlar oʻrtasida koʻchib yuradi. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin