55
V bob. HOSILAVIY QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI
5.1. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning iqtisodiy mohiyati va ularning
oʻziga xos xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti turli bozorlarning jamlanmasi sifatida namoyon boʻlar
ekan, unda moliya bozorining oʻrnini alohida ajratib koʻrsatishimiz mumkin,
modomiki aynan ushbu bozor izchillik bilan bir tomondan ikkinchi tomonga,
iqtisodiyotning kam rentabelli tarmoqlaridan daromadli
sohalariga kapitallarning
oqimiga imkon yaratib beradi. Buning natijasida esa moliya bozori iqtisodiyotning
tarmoqlari oʻrtasida kapitalni qayta taqsimlanishini taʼminlab, tarmoqlarning
daromadlilik darajalarini oʻzaro tenglashtirishga yordam beradi.
Boʻsh turgan mablagʻlarni investitsiyalarga
aylanishi moliya bozorida
amalga oshirilar ekan, soʻnggi paytda uning tarkibida hosilaviy qimmatli qogʻozlar
segmenti tobora asosiy oʻrinni egallab borayotganligini koʻrishimiz mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisi”dagi Qonunida
hosilaviy qimmatli qogʻozlarga quyidagicha taʼrif berilgan: “
Qimmatli
qogʻozlarning hosilalari
— oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan
huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va
yuridik shaxslar tomonidan
opsionlar, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar, depozitar
tilxatlar va boshqa
moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlar”
8
dir. Ushbu bobda
biz hosilaviy qimmatli qogʻozlar, ularning oʻziga
hos xususiyatlari, qoʻllanilishi
haqida fikr yuritamiz.
Shartnoma shartlarini bajarish muddatlari nuqtai nazaridan bozorlar
Dostları ilə paylaş: