Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

fyuchers
lar bilan amalga 
oshirilgan savdolardan biri Yaponiyaning Osako shahridagi “Yodoyo” nomli 
guruch bozori bilan bogʻliqdir. Bu davrda renta toʻlovi uchun guruch hosilidan bir 
qismini oluvchi, yer egalarini kutilmagan ob-havoga tobelik qoniqtirmas, bundan 
tashqari ularga doimo naqd pul zarur boʻlar edi. Shuning uchun ular guruchlarni 
saqlash uchun shahardagi omborlarga yetkazib berishni va omborxona 
qaydnomalari, yaʼni guruch kuponlarini sotishni boshlashdi. Bu kuponlar oʻz 
egalariga kelajakdagi maʼlum bir sanada, oldindan kelishilgan narxlarda 
belgilangan sifatdagi guruchlarga ega boʻlish huquqini berar edi. Natijada yer 
egalari barqaror daromadga, savdogarlar esa guruchni kafolatli yetkazib berilishiga 
va kuponlarni sotishdan qoʻshimcha foyda olish imkoniyatiga ega boʻlishdi. 
Xonma urugʻidan boʻlgan Munexisa ismli savdogar narxlarni kelajakdagi 
oʻzgarishini oldindan aytib berish maqsadida ularning oʻzgarishini grafik, yaʼni 
“yapon shamlari” koʻrinishida aks ettira boshladi, va shu tariqa “chartizm” yoki 
texnik tahlilga asos solindi.
XIX asrning boshlarida aksiyalar boʻyicha 
put opsion
(sotishga huquq) va 
koll opsion
(sotib olishga huquq)lar bilan savdolar London fond birjasida amalga 
oshirila boshlandi, lekin ushbu jarayonda maʼlum bir muammolar ham yoʻq emas 
edi. Jumladan, 1821 yilda opsionlar savdosi bilan bogʻliq holat ancha qaltislashdi. 
Birja qoʻmitasi oʻzining bir qator aʼzolaridan put va koll opsionlarni butunlay man 
etish boʻyicha talabnomalarni oldi, ularning fikricha, birjadagi shartnomalarning 
asosiy qismini tashkil etuvchi bu bitimlar ushbu amaliyot bilan rozi 
boʻlmaganlarning huquqlarini cheklab qoʻymoqda edi.
Lekin shu bilan birga opsionlar bilan savdoga ijobiy munosabatda boʻlgan 
aʼzolar ham yoʻq emas edi va albatta bu holatda vaziyat ularning foydasiga hal 
boʻlayotgan edi. 
Amerika birjalarida tovarlarga va aksiyalarga opsionlar bilan savdo XIX 
asrning 60-yillarida amaliyotga kirib keldi, XX asrning boshida esa Opsionlar 
boʻyicha Brokerlar va Dillerlar Assotsiatsiyasi (Putt and Call Brokers and Dealers 
Association) tashkil etildi. 
1848 yilda Chikago savdo palatasi (Chicago Board of Trade – CBOT) 
tashkil etildi va u sotuvchi hamda xaridorlar oʻzaro tovar ayirboshlash 
operatsiyalarini oʻtkazishlari mumkin boʻlgan joyga aylandi. Dastlabki savdolar 
naqd tovarlar bilan amalga oshirilgan boʻlsa, soʻngra esa savdolar tovarlarni 
kelishilangan narxlarda kelajakdagi maʼlum bir sanada yetkazib berish boʻyicha 
ham amalga oshirila boshlandi. Chikago savdo palatasida roʻyxatga olingan 
birinchi forvard shartnomasi 1851 yil 13 martda qayd etilgan boʻlib, u 300 bushel 
(oʻlchov birligi, 1 bushel=35,2l) makkajoʻxorini yetkazib berishga tuzilgan. 
13
Деривативы. (Серия «Reuters для финансистов»)/Пер.с англ. – М.: Альпина Паблишер, 2002. – 17 с.


59 
Uzoq muddat davomida turli davlatlar fyucherslar va opsionlar bilan savdo 
qilishni cheklab va man etib kelganiga qaramay 1972 yili Chikago tovar birjasi 
(Chicago Mercantile Exchange - CME)da Halqaro valyuta bozori (International 
Monetary Market - IMM) deb ataluvchi yangi boʻlinma tashkil etildi, bu esa ilk 
marotaba tashkil etilgan moliyaviy fyuchers shartnomalari - valyuta fyucherslari 
bilan savdo qiluvchi maxsus birja maydonchasi hisoblandi. Bu paytgacha 
fyucherslarning baʼzaviy aktivi sifatida faqat tovarlardan foydalanib kelingan edi. 
Shu bilan birgalikda shu yili Chikago savdo palatasi aksiyalar boʻyicha fyuchers 
savdolari amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga rad javobini oldi. Bunga javoban 
u 1973 yilda Chikago opsion birjasini (Chicago Board Options Exchange – CBOE) 
tashkil etdi. Shu bilan birgalikda aynan shu yili Fisher Blek va Mayron Shoulz 
oʻzlarining opsionlar narxini aniqlash formulasini eʼlon qilishdi.
70-yillarning oxiriga kelib esa moliyaviy fyucherslar ommaviy tarzda tan 
olindi va ular bilan savdolar dunyodagi barcha birjalarda amalga oshirila 
boshlandi. 
Maʼlumki, birjada savdolar ochiq savdolar orqali amalga oshiriladi. Lekin 
hosilaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha shartnomalar birjadan tashqari holatda ham 
amalga oshirilishi mumkin. Garchi birjadan tashqari forvard va opsion bitimlaridan 
70-yillargacha foydalanib kelingan boʻlsada, faqat 80-yillarga kelib bunday 
savdolar sezilarli darajada ortdi. Aynan mana shu davrda ilk marotaba svoplarning 
oʻrni yaqqol koʻrindi. Dastlabki svoplar ichida shundaylari uchrar ediki, ularda 
majburiyatlar boʻyicha foiz toʻlovlarining almashinuvi, yaʼni bir tomon oʻzining 
qatʼiy foiz stavkasini ikkinchi tomonning suzuvchi foiz stavkasiga almashtirar 
edi
14
. Shu davrdan boshlab sotuvchi va sotib oluvchilar tomonidan moliyaviy 
richag samarasidan intensiv foydalanila boshlanganligi sababli hosilaviy qimmatli 
qogʻozlar riskni xedjirlash vositasidan yuqori daromad keltiruvchi instrumentga 
aylana boshladi. 
XX asrning boshlarida bozor rivojlanishiga sabab boʻluvchi muhim voqea 
yuz berdi, yaʼni 1920 yilda muddatli birja savdolaridagi asosiy element 
hisoblanuvchi kliring palata tashkil etildi.
XX asrning oxiri 90-yillar va XXI asrning boshlarida muddatli savdolarning 
rivojlanishidagi asosiy tendensiyalardan biri bu birjalarning xalqaro miqyosda 
birlashuvi boʻldi. Jumladan, 1997 yili Germaniya va Shveysariya birjalari 
birlashtirilib, Eurex ittifoqi tashkil etildi. 2000 yil Parij, Amsterdam va Bryussel 
(keyinroq ittifoqqa Lissabon birjasi ham qoʻshildi) birjalari birlashtirilib, Euronext 
yagona yevropa birjasi tashkil etildi, soʻngra, yaʼni 2008 yil ushbu birja Nyu-York 
fond birjasi bilan birlashdi. Shimoliy Amerikaning yirik muddatli birja bozori 
CME Group 2007 yil Chikago tovar birjasi (Chicago Mercantile Exchange – CME) 
va Chikago savdo palatasining (Chicago Board of Trade – CBOT) oʻzaro 
birlashuvi natijasida paydo boʻldi. Hozirgi paytda bu ittifoqqa yuqorida qayd 
etilganlardan tashqari Nyu-York tovar birjalari NYMEX (New York Mercantile 
Exchange) va COMEX (Commodity Exchange of New York) ham qoʻshilgan. 
14
Деривативы. (Серия «Reuters для финансистов»)/Пер.с англ. – М.: Альпина Паблишер, 2002. – 19 с.


60 
Hozirgi kunga kelib hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori fond bozorining 
alohida segmenti sifatida rivojlanib kelmoqda, ayniqsa ushbu moliyaviy 
instrumentlar aylanmasini birjadan tashqariga chiqishi sababli ular cheklanmagan 
miqdorda muomalada boʻlish va turli bazis aktivlar boʻyicha, jumladan fond 
indekslari va boshqa hisob koʻrsatkichlari boʻyicha ham muomalaga kiritilish 
imkoniyatiga ega boʻldi. Soʻnggi paytlarda hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori 
boshqa moliyaviy instrumentlarga qaraganda yuqori surʼatlarda oʻsishda davom 
etmoqda va bu esa birjalardagi asosiy volatillik (oʻzgaruvchanlik)ni hosil 
qilmoqda.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin