118
Bunda aksiyaning ichki va joriy bozor kursi orasidagi tafovut toʻgʻrisidagi
informatsiya
tahlilchi
uchun
muhim
ahamiyatga
ega.
Analitik-
fundamentalchilarning fikricha: aksiyani notoʻgʻri baholanishining har qanday
holati keyinchalik bozor tomonidan toʻgʻrilanadi: past baholangan aksiyalar kursi
tezroq oshadi, oshirilib baholangan aksiyalarning kursi esa oʻrtacha bozor kursiga
qaraganda sekinroq oʻsadi.
Fundamental tahlilga taʼsir eʼtuvchi
omillar
ni keltirib oʻtamiz:
–
iqtisodiy omillar;
–
siyosiy omillar;
–
turli mish-mishlar va kutilishlar
–
fors-major holatlari.
Fundamental tahlil quyidagi yoʻnalishlar doirasida amalga oshiriladi:
1. Makroiqtisodiy tahlil, bunda quyidagi omillarni hisobga olingan holda
iqtisodiyot va moliya bozorining holati baholanadi:
- YAIM, bandlik, inflyatsiya, foiz stavkasi, valyuta kurslari va h.k.;
- monetar va fiskal siyosat, ularning bozorga va investitsiya muhitiga taʼsiri
koʻrib chiqiladi;
2.
Industrial tahlil, bunda iqtisodiyotdagi faollik sikli (davri), uning
indikatorlari hamda tarmoqlarni faollik darajasiga nisbatan va rivojlanish davrlari
boʻyicha tasniflash amalga oshiriladi, umuman olganda tarmoqlarning
parametrlarni bozor konʼyunkturasi trendidan ogʻishlari tahlil qilinadi va prognozi
amalga oshiriladi, tarmoq rivojlanishining sifati tahlil qilinadi;
3. Aniq bir kompaniya tahlili, bunda kompaniyadagi
korporativ boshqaruv
holati va rivojlanishi istiqbollari, tashkiliy va biznes faoliyati sharoitlari, moliyaviy
koʻrsatkichlari, biznesi bahosi, bozordagi nufuzi va boshqa koʻrsatkichlari tahliliy
baholanadi;
4. Qimmatli qogʻozlar bahosini va ularning portfelini modellashtirish.
Qimmatli qogʻozlar bahosini modellashtirishda fond bozorining tuzilmasi
hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning kichik miqdori bilan bogʻliq bitishuvlar har
kuni amalga oshiriladigan tor bozor ularning sezilarsiz miqdoriga oʻta sezgir
boʻlganligi uchun narxlar bunday bozorda boshqarilishi mumkin, yaʼni bir nechta
bitishuvlarni amalga oshirish hisobiga kursning kutilgan darajadagi oshishi yoki
pasayishiga erishish mumkin. Keng bozorda esa yirik
bitishuvlar ham undagi
narxlarga unchalik taʼsir koʻrsatmaydi, chunki bunday bitishuvlar har kuni amalga
oshiriladi.
Taʼkidlash joizki, fundamental tahlil usulidan 1974 yilga kelib Benjamin
Grexem va Djeyms Ri voz kechib, yangicha yondashuvni ishlab chiqqanlar
44
.
Ularning fikricha, fond bozori samarali boʻlganligi sababli, noeffektiv qismlari
kamayib
bormoqda, bu esa oʻz navbatida aniqlanishi mumkin boʻlgan baʼzi
samarasiz kompaniyalar aksiyalari bilan bogʻliq. Shu maqsadda ular bunday
kompaniyalarni aniqlash uchun maʼlum mezonlar toʻplamini taklif qildilar.
44
Paul Blustein, “Ben Graham’s Last Will and Testament”, Forbes (August 1, 1997), pp.43-45; and James B.Rea,
“Remembering Benjamin Graham-Teacher and Friend”, Journal of Potfolio Menegement, 3, no.4 (Summer 1997),
pp/62-72; Шарп У., АлександерГ., Бэйли Дж. Инвестиции: Пер. с англ.-М.: Инфра М, 1999.-сс.579-580.
119
Grexem-Ri yondashuvini texnik tarzda qoʻllash mumkin, chunki
kompaniyaning joriy moliyaviy holatini formal tekshirish va moliyaviy
hisobotlaridan olingan baʼzi koʻrsatkichlarni kompaniyaning aksiyalarini joriy
kursi va daromadliligini obligatsiyalarning AAA reytingi bilan solishtirishdan
iborat. Bunda quyidagi 10-ta sodda savolga “ha yoki yoʻq”
degan javob berish
talab qilinadi 10.1-jadvalda keltirilgan.
10.1-jadval
Dostları ilə paylaş: