O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t
116
X bob. MOLIYA BOZORI TAHLILI 10.1. Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari Investitsion jarayonning asosiy masalalaridan biri – bu qimmatli qogʻozlar
tahlili (security analysis) hisoblanib, oʻz ichiga qimmatli qogʻozlar-ning alohida
turlarini (yoki guruhlarini) va ularning bozorlarini oʻrganadi. Bunday tahlilning
investitsion jarayondagi asosiy maqsadlaridan biri – bu vaqtning tanlab olingan
joriy momentida notoʻgʻri baholangan qimmatli qogʻozlarni aniqlash.
Xorijiy amaliyotda moliya bozori boʻyicha fundamental (fundamental
analysis) va texnik (technical analysis) tahlil keng qoʻllaniladi. Fundamental tahlil
ham, texnik tahlil ham, shuningdek boshqa tahlil usullari ham oʻziga xos
afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Bunga moliya bozorlarining oʻzaro farqli
jihatlari, tartibga solish mexanizmlari, ichki va tashqi omillar taʼsiri kabilarni sabab
sifatida koʻrsatish mumkin.
Qimmatli qogʻoz tahlilida uni real (fundamental usulga asoslangan) yoki
bozor (texnik usulga asoslangan) bahosi hamda uning real va bozor daromadliligi
koʻrsatkichlari baholanadi, chunki ular fond bozori qatnashchilarini koʻproq
qiziqtiradi. Yuqoridagi misoldan kelib chiqib, na texnik va na fundamental, na
aralash usul ushbu koʻrsatkichlarning obyektiv bahosini bera olmasligini tushunish
qiyin emas.
Chunki qimmatli qogʻozning oʻz bazisiga ekvivalentliligi darajasi har ikkala
usulda har doim aytilgan mezonlar talabiga mos toʻliq namoyon boʻlavermaydi,
demak, ularning yordamida hisoblangan koʻrsatkichlar bahosi obyektiv boʻlmaydi.
Ushbu qonuniyatni koʻrish uchun quyidagi nazariy fikr-mulohazalarni keltirish
mumkin.
Maʼlumki, aksiyaning real bahosi fundamental usul yordamida emitentning
moliyaviy hisobotlari koʻrsatkichlari asosida hisoblanib, aksiyani joriy ichki
(balans) bahosini ifodalaydi. Lekin aksiyaning bozordagi talab va taklif (bozor
konʼyunkturasi) asosida shakllanuvchi bozor narxi aksiyaning real bahosidan
qandaydir mavhumligi bilan farq qilishi mumkin, chunki bozor narxi koʻpincha
koʻzga tashlanmaydigan spekulyativ bozorda vujudga keluvchi sirli tendensiyalarni
ham oʻz ichiga oladi.
Bunday tendensiyalar odatda spekulyativ bozorning oldindan har doim ham
toʻliq idrok qilib boʻlmaydigan jarayonlarni risklar va turli omillar (jumladan
spekulyativ savdo qatnashchilarining subyektiv tarzda hohish va imkoniyatlarining
ehtimoliy oʻzgarishi, yaʼni refleksivlik nazariyasiga asosan) taʼsiri ostida kechishi
evaziga hosil boʻladi. Demak, aksiyaning oʻz bazisiga ekvivalentlilik darajasi
asosida obyektiv bahosini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi murakkab boʻlgan
omil va jarayonlar tahlil amaliyotining mavjud usullari uzluksiz takomillashuv
jarayonida yoki ularning asosida yangilari paydo boʻlib kelmoqda. Bu jarayonning
obyektiv mahsuli sifatida qimmatli qogʻozlarni sekyurimetrik tahlili usulini alohida
117
koʻrish maqsadga muvofiq, chunki u yuqorida keltirilgan baʼzi holatlarni bartaraf
qilishning ozmi koʻpmi imkonini berishi mumkin.