96
5.
―Yangi mintaqalashuv‖ nimani anglatadi? Nega u ko‗pgina hollarda
―strategik mintaqalashuv‖ deb ataladi?
6.
Megamintaqaviy integratsiyaning namoyon bo‗lish shakllarini aytib bering.
Jahonning yetakchi makromintaqalarini sanab bering.
Ular AQSH va global
raqobatning boshqa markazlarining geoiqtisodiy manfaatlari bilan qanday bog‗liq?
97
6-bob. GLOBAL MOLIYA VA VALYUTA TIZIMINING
SHAKLLANISHI
Reja
6.1. Jahon moliyaviy bozorlarning maqsadi va asosiy vazifalari
6.2. Moliyaviy bozorning asosiy ishtirokchilari
6.3. Xalqaro moliyaviy bozor va globallashuv jarayonlari
6.4. Jahon kapital bozori tahlili. Kapital eksporti - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
ilg‗or shakli sifatida
6.5. Jahon valyuta tizimini shakllanishi
6.1. Jahon moliyaviy bozorlarning maqsadi va asosiy vazifalari
Moliyaviy bozorlarning tahlili yoki moliyaviy prognozlash mazkur bozorlar
kon‘yunkturasini baholash va ulardagi baholar o‗zgarishini prognozlashdan iboratdir.
Boshqacha
qilib aytganda, agarda moliyaviy tahlil pul (mablag‗) qo‗yilmalari yoki
qandaydir moliyaviy operatsiya yohud tijorat bitimi amalga oshirilishidan qanday
samara (daromad) olinishini
aniqlash imkonini bersa, moliyaviy bozorlarning tahlili
vaqtning muayyan bir oralig‗ida mablag‗larni qayerga investitsiya qilish
samaraliroq
ekanligini bilish imkonini beradi.
Moliyaviy bozor:
-
xalqaro kreditlar bozori;
-
valyuta bozori;
-
qimmatli qog‗ozlar bozori;
-
sug‗urta va pensiya fondlari bozori;
-
hosilaviy moliyaviy instrumentlar bozori.
Moliyaviy bozorlardagi operatsiyalarning mohiyati valyutalar (qimmatli
qog‗ozlar) kurslarining farqi, tovar-xom ashyo birjalaridagi tovarlar baholarining yoki
qimmatli qog‗ozlar kotirovkalari indekslarining o‗zgarishi sifatida daromad olishdan
iboratdir. Moliyaviy bozorni tahlil qilishning maqsadi – minimal xavf-xatar sharoitida
maksimal daromad olinishini ta‘minlashdir. Moliyaviy bozorlarning tahlili maqsaddan
kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni hal qiladi:
98
-tovarlarga bo‗lgan baholar,
valyuta kurslari, qimmatli qog‗ozlar kotirovkalari
va ishbilarmonlik faolligi indekslarini prognozlash uchun bozorlar kon‘yunkturasini
baholash;
-baholar (kurslar, kotirovkalar) o‗zgarishiga ta‘sir etgan
omillarning tahlili va
ularning bozorga ta‘sir muddatlari bo‗yicha tasnifi, ob‘ektiv va sub‘ektiv omillarning
ajratib ko‗rsatilishi. Ya‘ni, baholar o‗zgarishiga bo‗lgan qandaydir omillarning ta‘siri
tugaganligini, agarda tugamagan bo‗lsa unda ushbu holat qachon yuzaga kelishi
mumkinligini aniqlash zarur (masalan, u yoki bu mamlakat qishloq xo‗jaligidagi
xosilsizlik, hokimiyatning o‗zgarishi, kursning o‗zgarishi, harbiy harakatlar va boshqa
shu kabilar);
-kelgusida baholar o‗zgarishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan
omillarni aniqlab
topish va bunday o‗zgarishlarni baholarga bo‗lgan ta‘sir darajasini prognozlash;
-sub‘ekt o‗z operatsiyalarini amalga oshiradigan bozorning chuqur tahlili va
uning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash;
-o‗xshash bozorlarning taqqoslama tahlili;
-moliya bozoridagi o‗yinning aniq belgilangan strategiya
va taktikasi hisobiga
tavakkalchiliklarni pasaytirish yo‗llarini qidirish.
Dostları ilə paylaş: