Xulosalar. Metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog‘liq bo‘lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak».
Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.
Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Ilmiy maktab nima, uningmetod bilan farqi va aloqasini ta’riflang
Hozirgi zamon metodologiyasiga ta’rif bering
Ilmiy metodning uch jihatliligini asoslang?
Ilmiy metodning o‘ziga xos belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?
Ilmiy bilishning barcha metodlarini umumiyligi va qo‘llanish darajasiga qarab guruhlarga bo‘linganligini tushuntiring?
Muvofiqlik va to‘ldiruvchanlik tamoyilining o‘zaro farqi nimada namoyon bo‘ladi?
Reduksiya va yaxlitlik tamoyilining o‘zaro farqini ko‘rsating.
Kontrreduksiya tamoyilining o‘ziga xosligini tushuntiring.
Ayni bir ob’ektni har xil darajada ko‘rish imkonini beruvchi reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiya tamoyillarini aytib bering.
Ilmiy tadqiqot metodlarining o‘zaro aloqadorligi qanday namoyon bo‘ladi?
Metod va metodologiyaning o‘zaro mutanosibligini asoslang.
7-MAVZU: OQILONALIK VA ILMIY TАDQIQОT MЕTОDОLОGIYASI UYG’UNLIGI