O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə85/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179
ITM UMK (2)

Muammo va masala. Ko‘pincha muammo masala bilan bog‘lanadi va hatto u bilan tenglashtiriladi, bunda muammo muhim, murakkab masala ekanligi qayd etiladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu fikr uncha to‘g‘ri emas. Har qanday muammo masala bilan bog‘liq, deb aytish mumkin, biroq har qanday masala ham muammo bo‘la olmaydi. Muammo masalada o‘zining to‘liq ifodasini topadi. Har qanday muammo o‘zagini bosh masala tashkil etadi. Murakkab muammo bir qancha alohida muammolarga bo‘linishi va tegishli ayrim masalalarda o‘z ifodasini topishi mumkin. Biroq muammoning muhim xususiyati shundaki, uni echish, uni ifodalovchi masalalarga javob topish uchun «eski» bilim doirasidan chetga chiqish lozim. Umuman masalaga kelsak, uni echish uchun «eski» bilimning o‘zi kifoyadir. Bunday masala, qay darajada muhim va murakkab bo‘lmasin, fan uchun muammo hisoblanmaydi.
Nafaqat muammo bilan masalani, balki muammo bilan muammo g‘oyasini ham farqlash lozim. G‘oyada muammoni echish yo‘llari ko‘rsatilmaydi, balki u faqat qo‘yiladi. Rivojlantirilgan muammoda esa uni echish yo‘llari ham ko‘rsatiladi. Odatda, «barvaqt» ko‘tarilgan, ya’ni «echish yo‘llari» hali aniqlanmagan muammolar g‘oya darajasida qoladi. Ayni vaqtda, muammoni rivojlantirish uni echish demakdir.
Garchi muammoni qo‘yish va uni echish sifat jihatidan har xil jarayonlar bo‘lsa-da, ularni aniq farqlash mumkin emas. Muammoni qo‘yish bir vaqtning o‘zida uni echishga kirishishdir. Tadqiqotchi muammoni qo‘yish yo‘lida qancha ilgarilagan bo‘lsa, u muammoni echishga shuncha yaqinlashadi. Tadqiqot ob’ekti haqidagi bilimning to‘liq emasligi soxta muammolar tug‘dirishi mumkin (masalan, «mangu dvigatel» muammosi).
SHunday qilib, muammo – bilish jarayonining rivojlanishi mobaynida ob’ektiv tarzda yuzaga keluvchi, echimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmuidir.
Muammoli vaziyat va uning ahamiyati. Mavjud faoliyat strategiyalari va o‘tmish tajribasi insonga yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etish imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida tushuntirish mumkin emasligini ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning echimini topish bilan yakunlanadi. Muammoli vaziyatni belgilash fikrlashga doir harakatni, amalni, mulohazalarni yoyishning boshlang‘ich asosi hisoblanadi. O‘rganilayotgan maqsadlarda kerakli axborotning va insonning bilimlari tegishli ma’lumotlar olishga etishmasligi vaziyatning noaniqligini kuchaytirib yuboradi. Oqibatda esa, izlanuvchi o‘z maqsadiga etaklovchi ko‘plab muqobilliklarga duch keladi. Bunda u mazkur muqobil g‘oyalarning ichidan izlanayotgan maqsadlarga olib boruvchi eng adekvatrog‘ini tanlashi kerak bo‘ladi. SHuning uchun ham yangi g‘oyalarning muqobilini tanlashga doir fikrlash amallari muammo tushunchasining funksional vazifalarining mohiyatini tashkil qiladi. Bu esa fikrlashning muammoviyligining o‘ziga xos xossalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi har xil omillar bilan belgilanadi. Avvalo, u dalilni asoslangan xususiyatga ega bo‘lgan mavjud nazariy bilim yordamida tavsiflash mumkin bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Bu erda muammoli vaziyat ko‘p jihatdan bizga hali aniq bo‘lmagan ob’ektiv mavjud hodisalar ta’sirida yuzaga keladi. Biroq muammoli vaziyat ba’zan mavjud nazariy dasturni rivojlantirish va kengaytirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Muammoli vaziyat shaklan sub’ektiv, biroq mazmuniga ko‘ra ob’ektivdir. Amalda u tadqiqotchi oldida kuzatishlar va eksperimentlarning empirik bilimlar – dalillar va qonunlar shaklida ifodalanuvchi yangi natijalari bilan o‘z tasdig‘ini topgan nazariy bilimlarning birikuvi ko‘rinishida yuzaga keladi. Ko‘pincha muammoli vaziyat jamiyatning amaliy yoki nazariy manfaatlari nuqtai nazaridan o‘zini namoyon etadi. Uni moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanish jarayoni, shu jumladan fan nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, unga davlat va jamiyatning munosabati, davlat va jamiyatning uni echishdan manfaatdorligi tayyorlaydi. Muammoli vaziyatning aniqlanishi va hal qilinishiga ijtimoiy-tarixiy muhit sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. U ilmiy kashfiyotga imkoniyat yaratishi, biroq uning olinishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin.
Muammoli vaziyatda olimning o‘ziga xos xususiyatlari, chunonchi: uning kasbiy tayyorgarlik darajasi, muammoda mo‘ljal ola bilishi, qotib qolgan eskicha qarashlardan uzoqlasha olishi, zehnining o‘tkirligi va hokazolar ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishda shaxsiy-psixologik tusdagi masalalarni ham o‘rganishga to‘g‘ri keladi, chunki bu vaziyatni olim o‘z boshidan kechiradi va unda olimning intuitsiyasi, tafakkur uslubi va hokazolar namoyon bo‘ladi.
Muammoli vaziyatning pirovard negizi amaliyot hisoblanadi. Bizning ob’ekt haqidagi bilimlarimiz etarli emasligi ayon bo‘lib, «salbiy» natijalar olinadi, amaliyot yangi muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda fan nisbatan mustaqillikka, o‘z rivojlanishining ichki mantiqiga, o‘z ichki qarama-qarshiliklariga ega ekanligi, bu omillar ham muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirishini unutmaslik lozim. Bunday holatga fanning ko‘pgina sohalari: matematika, nazariy fizika va hokazolarda duch kelish mumkin.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin