O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə89/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179
ITM UMK (2)

Ijodning asosiy xususiyati – erkinlikdir. Shuning uchun ham N.A. Berdyaev “Mening falsafamdagi o‘ziga xoslik eng avvalo, shundaki, men unga borliqni emas, erkinlikni asos qilib oldim”3 deydi. O‘z navbatida faylasuf ijoddagi erkinlik haqidagi qarashlari asosida hatto unga Xudo ham hukmronlik qilolmasligini ta’kidlaydi. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, inson agar o‘z holiga qo‘yilmaganida, uning inson deb nomlanishi ham mumkin emasdi. Shuning uchun ham ijodkor inson dunyoni o‘zgartirishda Xudoning hamkori bo‘lish imkoniyatiga ega. Sevmoq – erkinlik, ijod esa erkinlik mevasidir. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Zotan, ijodiy mehnatni o‘z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olim bo‘ladi.
Kishi fikr erkinligi, so‘z erkinligi, g‘oya erkinligi, mavzu erkinligi, uslub erkinligi va boshqa shu kabi ijodiy erkinliklar tizimiga ega bo‘lsagina, ulardan o‘z o‘rnida foydalana olsagina, haqiqiy ijodkor bo‘lishi mumkin. Ijodkorga, siyosiy-mafkuraviy zo‘ravonlik qilish, uni majburlash, qo‘rqitish orqali ta’sir ko‘rsatish kabi hodisalar o‘lim bilan teng.
N.A.Berdiyaev ta’kidlashicha, “Haqiqatdan ham, ijod qilishda insonning daholik darajasi xudo timsolining undagi aksiga o‘xshasa, ijoddagi orginallik tabiatdagi reallikni in’ikos etishga o‘xshaydi”1. Shu bois ham inson adabiy asarlarni yozishga katta qobiliyati bo‘lsa ham, davlatni boshqarish yoki kashfiyotlar qilishga kuchi etmasligi mumkin. Bu holat bilan biz insondagi ijodkorlik bu ko‘proq tashqi realizatsiyaga emas, balki ichki ijodga taalluqli ekanligini his etamiz. Zero, ijodkorlik inson shaxsining o‘ziga xos sifatidir, ya’ni maxsus qobiliyatni talab qilmaydi. Shuning uchun ham odamda katta qobiliyat va insoniy fazilat namoyon bo‘lsa, mehnat bilan daholik darajasiga etishi mumkin.
“Iste’dod,- deb yozadi B.Qodirov,- ko‘p qirrali, murakkab, ham irsiy-biologik, ham ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir”2. Shu o‘rinda, “...iste’dodning asosiy belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: yuqori darajada sinchkov nazar yoki sezgirlik; biror bir ish bilan shug‘ullanganda, unga burunlay berilish; bilishga intilishning kuchliligi, jo‘n mashg‘ulotlardan qochish, javobi tayyor va oson masalalarga qiziqmaslik, ularni yoqtirmaslik; antiqa, ziddiyatlarga to‘la, murakkab muammolar echimini izlash; tanqidiy tafakkur tarzi, jumladan, o‘z-o‘zini tergab turish; mudom kamolotga intilish, o‘z oldiga murakkab, o‘ta qiyin maqsadlarni qo‘ya olish..” deb ko‘rsatib o‘tadi.
Ijod - bu buyuk ijodkor mahsulidir. Shu ma’noda, “Ijodkorlik, – deb yozadi S.L.Frank, – faqat Xudoga nisbatan qo‘llansa bo‘ladi, chunki hech bir yaralmish, jumladan inson ham o‘zidan - o‘zi yarata olmaydi”3. Shu nuqtai nazardan, Xudo yaratuvchi degan maxsus ma’noda dunyo yaralishi mo‘‘jizali, ya’ni yo‘qdan bor qilishdek, deb o‘ylansa, bunda ijod mutloqlikka taalluqli yagona hodisadir.
S.L.Frank “Agar inson ruhi yaratuvchi – Xudoga taalluqli ekan, bu – ijod tamoyiliga kira oladi, aks holda bu so‘zning o‘zi u uchun bemano bo‘lardi”4,- deb yozadi. Shu ma’noda, S.L.Frank, har qanday inson u yoki bu darajada yaratuvchidir, deydi. Zero, borliqning har qaerida ijod mavjud, agar u inson ichki muhitidan kelib chiqsa, har qanday hunarmand muhabbat va did bilan ishlaydigan, ishga o‘z shaxsini qo‘shayotgan ma’noda ilhomlanib yangi ijod namunalarini yaratadi. Darhaqiqat, ijodiy ilhom tajribasida, odamni oliy ijodiy ibtido bevosita insoniy ijodiy harakatga undaydi, ya’ni ilohiy ilhom orqali inson o‘zini yaratuvchi bilan uyg‘unlikda his etadi. Bu degani inson aynan ijod asosida o‘zining kelib chiqishini hayotning ilk ijodkori bilan bog‘laydi. Shu boisdan ham yaratuvchilik bobida inson ko‘proq o‘zini Xudoning o‘xshash timsoli sifatida his qiladi.
Insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, go‘zallikka, kamolotga intilishi, qobiliyatlarini namoyon etishga, asosan ijod etishga urinishi – uning ma’naviy ehtiyojidir. Ijod sirli, tushuntirib bo‘lmas hodisa hisoblanadi. Biz agar konkret empirik sabab va holatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, unda shaxsning ilohiylik tabiati ko‘proq namoyon bo‘lishini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ayni shu ma’noda, Xudo odam ijodining oxirgi sabab va imkoniyatidir. Yaratuvchi uchun ijod ichki ovoz yoki daholik shaklida bo‘lishidan qat’i nazar, mangulikni his qilish hamda dunyoga nisbatan to‘lib-toshib ketayotgan muhabbatini o‘zi yaratgan kashfiyotiga joylashdir. Darhaqiqat, ijod inson faoliyatining shunday o‘ziga xos turiki, unda tafakkur, bilim va ilohiy ilhom mujassamligi moddiy yoki ma’naviy boylik yaratadi. Inson, jumladan, olim fanga noma’lum bo‘lgan qonunlarni kashf etishi, yangi uskuna ixtiro qilishi, yangi ilmiy, badiiy asar yaratishi mumkinligi ilmiy ijodning badiiy tafakkur bilan bog‘liqligini ifodalaydi. O‘z navbatida badiiy ijod ham ilmiy tafakkurga oiddir. Ilmiy ijod esa texnik faoliyat bilan uzviylikka egadir.
Odam mudom muayyan maqsadga intiladi va tabiiyki, o‘zini konkret faoliyat turi bilan bog‘laydi. O‘z kasbining barcha jihatlarini anglab olganidan so‘ng, faoliyatda ijodkorlikning rolini tushunadi. Masalan, o‘qituvchi dasturda belgilangan masalalarni yoritishi mumkin, ayni paytda shu masalaga ijodiy yondashib, turli interfaol usullardan foydalanishi, muammoga oid yangi ma’lumotlarni talabalarga etkazish bilan ularning faollashishiga ta’sir qilishi mumkin.
Umuman olganda, insonga ijodkorlik xos, ammo u faqat o‘z mohiyatini anglab etsa, ijodkorga aylanadi, qachonki o‘zining oliy maqsadiga erishsagina, buyuklikni his qiladi. Binobarin, u nima ish bilan shug‘ulanishidan qat’i nazar, o‘zining insoniy tabiatini yo‘qotmasligi lozim.
A.Kamyu asarlarida ijod shaxsning ekzistensial muammosi sifatida talqin etiladi. A.Kamyu ta’limotida ijod haqiqiy olamda mavjud bo‘lishning absurdligiga qarshi tug‘yon sifatida tushuniladi1. Ijod unda absurdlikni engib o‘tish usuli sifatida tasavvur qilinadi.
Inson doimo o‘zini katta qobiliyat egasi, deb hisoblasa-da, unga bolalarcha soddalik xos. Soddalik ichki va ayni paytda qobiliyatdan yiroq bo‘lgan hodisadir. Biroq u inson qaysi sohada ishlashidan qat’i nazar, ma’lum ma’noda ijodning muhim jihatlarini shakllantirish imkoniyatini beradi, ya’ni soddalik orqali inson o‘z ijodi orqali dunyoni yangitdan ochadi, oldin kuzatilmagan va ko‘rilmagan yangiliklarni kashf etadi. Demak, ijodkorlik soddalik bilan hamohang bo‘lib, unda insonning samarali mehnati ijodiy faoliyatni namoyon qiladi. Buning uchun insonni ilhomlantirish va hayotga bo‘lgan muhabbatini oshirishda ijodga alohida urg‘u berish lozim. Zero, bir tomondan ijod bu yaratuvchilik bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tabiatdagi takrorlanmas asllik (orginallik)dir.
Shu bois, ijod bu o‘tmish bilan kelajakni bog‘lab turuvchi va avlodlararo munosabatlarni ta’minlovchi ob’ektiv hodisadir. Binobarin, dastlabki ijod o‘tmish natijasi emas, u tarixiy yoki kosmik davrda amalga oshirilmaydi, bog‘liqlikni bilmaydi, ekzistensial vaqtda amalga oshiriladi”1. Bizningcha, tarixiy davrda ijod paradoksal ravishda kelajakdan keluvchi voqelik sifatida tasavvur qilinadi. SHu ma’noda ijod profetik xususiyatga ega. Haqiqatdan ham, agar yangi eskisidan kelib chiqadigan bo‘lsa, ikki elementlarning yangi jamlamasi hisoblanadi va bu ijod so‘zining aniq manosiga to‘g‘ri kelmaydi. Ijod – bu dunyoga prinsipial yangilik kiritish demakdir. Ijod – bu konstruktiv yaratuvchanlikdir.
Ko‘p hollarda “Ijod – bu kashfiyot va ixtiro qilish jarayoni bilan bog‘liq murakkab jarayondir”2 deb e’tirof etiladi. Bunda ijodning faqat ilmiy faoliyat natijasi ekanligi qayd qilingan. Fikrimizcha, ijod bu faqat ilmiy faoliyat mahsuli emas. Balki, g‘ayritabiiy ahamiyat kasb etgan fikr-mulohaza va faoliyat natijasidir.
“Ijod, – deb yozadi Z.Davronov, – bu – izlanuvchining ma’lum yangilik yaratish uchun ob’ektga qaratilgan shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchi hissiy bilim va tuyg‘ularni amalga oshiruvchi jarayondir”4. Bu fikrda ham ma’lum bir haqiqat unsurlari mavjud. Chunki ijod faqatgina qobiliyatga tayanuvchi shaxsiy faoliyat mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki o‘zining ob’ektiv taraqqiyot manbalariga ega bo‘lgan murakkab va serqirra hodisadir. Bunday murakkablik, ayniqsa, ijodiy faoliyatga xos yaratuvchanlikda yorqin namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ijodiy faoliyat mahsuli samarasi, ya’ni insonning badiiy, ilmiy, texnik tafakkuri mahsuli bo‘lgan asarlari, ilmiy ratsionalizatorlik ishlari majmui ham ijod mahsuli deyiladi.
A.Azizqulov “Ijod insonni yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishga qaratilgan murakkab ruhiy-ma’naviy faoliyatdir. Inson tomonidan tabiiy borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish faoliyati faqat ijodiy yondashuv natijasida sodir bo‘ladi. Aynan, ijodkorlik faoliyati orqali inson tabiatdan ajralib chiqdi va uni o‘ziga bo‘ysundirdi”4deb yozadi. Mazkur fikrda ijodning umumfalsafiy mazmun-mohiyati ochib berilgan bo‘lsa-da, uning aniq ilmiy asosi e’tibordan chetda qolganligini kuzatamiz.
Ushbu rang-barang ta’riflar ijodning murakkab hodisa ekanini, uning ilmiy-nazariy masalalari hali to‘la va mukammal ishlab chiqilmaganini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, ijodning namoyon bo‘lishini sun’iy yo‘l bilan tushuntirib berishimiz qiyin. Ijod bu original tushunish va tushuntirishdan iborat bo‘lgan murakkab fenomen. Shunday bo‘lsa-da, yuqorida keltirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda, uning quyidagi ta’rifini berishimiz maqsadga muvofiqdir: ijod bu shaxsiy nuqtai nazar yoki ongimizda har soniya o‘tadigan mulohazalardan iborat emas. U kamdan-kam hollarda inson miyasiga keladigan, ehtimol hayotda bir necha marta bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarayondir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin