O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


-MAVZU. ILMIY ISHLARNI BADIIY JIHATDAN RASMIYLASHIRISH VA HIMOYA QILISH. ILMIY GRANT UCHUN MATERIALLARNI TAYYORLASH METODOLOGIYASI



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə127/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   179
ITM UMK (2)

14-MAVZU. ILMIY ISHLARNI BADIIY JIHATDAN RASMIYLASHIRISH VA HIMOYA QILISH. ILMIY GRANT UCHUN MATERIALLARNI TAYYORLASH METODOLOGIYASI


Reja:



  1. Dissertatsiyani rasmiylashtirish.

  2. Dissertatsiyaga qo‘yiladigan talablar

  3. Dissertatsiya matnining rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar.

  4. Dissertatsiya avtoreferatiga qo‘yiladigan talablar.

  5. Dissertatsiya avtoreferati matnining rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar.

  6. Fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovida ishtirok etish uchun vazirliklarga topshiriladigan ilmiy loyihalar va ular bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar.



Dissertatsiyani rasmiylashtirishda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:

Matn tahririy jihatdan ravon, xatosiz va uni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga muvofiq hamda mantiqiy bog‘liqlikda bo‘lishi;


Dissertatsiyaning tarkibiy qismlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikda hamda tushunarli ravishda mantiqiy izchillikda yoritilishi;
Har bir bobda ishning mazmun-mohiyati tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda tizimli ravishda ochib berilishi;
Har bir bobning oxirida tadqiq qilingan muammolar bo‘yicha xulosa va takliflar berilishi;
Bayon qilingan xulosa dissertatsiya tadqiqotining mantiqiy hosilasi sifatida ishonchli manbalar asosida aniq va qisqa ifodalanishi, chuqur fikr-mulohazalar, etarli ilmiy dalillar asosida isbotlangan bo‘lishi.
Dissertatsiya avtoreferatida tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ishning ilmiy yangiligi, amaliy va ilmiy natijalarining amaliyotga joriy etilganligi hamda ishning mohiyati ochib
berilganligi, shuningdek xulosalari bayon etilishi lozim.


1-§. Dissertatsiyaga qo‘yiladigan talablar

Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.


Dissertatsiyaning titul varag‘i mazkur Qoidalarning 1 va 1a-ilovalariga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:
mundarija;
kirish (dissertatsiya annotatsiyasi);
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
shartli belgilar va atamalar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
ilovalar (mavjud bo‘lsa).
Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va paragraflarning nomlanishi hamda ularning beti ko‘rsatiladi.
Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati to‘g‘risida qisqa, lekin yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy ma’lumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, aniq va ravon bo‘lishi kerak.
Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak:
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati; tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (DSc) dissertatsiyasi uchun); muammoning o‘rganilganlik darajasi;
dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi;
tadqiqotning maqsadi;
tadqiqotning vazifalari;
tadqiqotning ob’ekti;
tadqiqotning predmeti;
tadqiqotning usullari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqotning amaliy natijalari;
tadqiqot natijalarining ishonchliligi;
tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati;
tadqiqot natijalarining joriy qilinishi;
tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi;
tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi;
dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi. Asosiy qism - boblar va paragraflardan tashkil topadi. Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (DSc) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim.
Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa
tahririy jihatdan puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib,
bandlangan (raqamlangan) holda rasmiylashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati dissertatsiya matnida havola qilingan barcha ilmiy va boshqa nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi:
normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar;
monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar; foydalanilgan boshqa adabiyotlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan
adabiyotlarni ro‘yxatga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dissertatsiyada foydalanilgan materiallar manbai, uning muallifi va nomi to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok
etgan hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, ular dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida qayd etilishi shart.
Dissertatsiyaning shartli belgilar va atamalar ro‘yxati qismida dissertatsiya matnida nisbata ko‘p uchraydigan maxsus belgilar va qisqartma so‘zlarga izoh berilishi kerak.
Dissertatsiyaning ilovalari dissertatsiyaning asosiy matni bilan birga bitta jildga jamlangan yoki alohida jild shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilovalarga dissertatsiya matnini to‘ldiradigan va tasvirlaydigan yordamchi materiallar kiritilishi mumkin. Ilovalarning ketma-ketligi dissertatsiya matnida ularga havola qilish tartibiga mos kelishi kerak.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin