O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


III. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko’rsatma va tavsiyalar



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə6/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
ITM UMK (2)

III. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko’rsatma va tavsiyalar:
Seminar mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Fan va uning jamiyatdagi o‘rni.

  2. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish.

  3. Fan va ilmiy-tadqiqot.

  4. Ilmiy-tadqiqotni metodologik asoslari.

  5. Ilmiy tadqiqotning yo‘nalishini tanlash va mavzuni asoslash.

  6. Ilmiy tadqiqotda innovatsiya va novatsiyalar, kashfiyot va ixtirolar.

  7. Muammo va dalil ilmiy tadqiqotning boshlang’ich asosi.

  8. Ilmiy tadqiqotda tushunish va tushuntirishning ahamiyati.

  9. Ilmiy maktab, metod va metodologiya ilmiy tadqiqotni tashkil etish usuli.

  10. Ilmiy tadqiqotda axborot va axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari.

  11. Muammo va dalil ilmiy tadqiqotning boshlang’ich asosi.

  12. Olimning professional va ijtimoiy mas’uliyati.

  13. Ilmiy informatsiyani izlash, jamlash va qayta ishlash. Ilmiy ishlar va ilmiy ishni yozish.

  14. Ilmiy ishlarni badiiy jihatdan rasmiylashirish va himoya qilish.

  15. Ilmiy grant uchun materiallarni tayyorlash metodologiyasi.

Seminar mashg‘ulotlar multimediya guruhlari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi. “Keys-stady” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar mul’timedia qurilmalari yordamida uzatiladi.


Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan kafedra tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar.


IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar:
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

  • Fandagi asosiy ilmiy konsepsiyalar.

  • Innovatsiya siyosati, maqsadi, vazifalari, amalga oshirish dastlabki va yo‘nalishlari.

  • Ilmiy tadqiqot tushunchasi, predmeti va ob’ekti.

  • Bilish nazariyasi.

  • Ilmiy tadqiqot metodi va uning guruhlanishi.

  • Ilmiy ish tarkibi, yozish tartibi va rasmiylashtirilishga qo‘yiladigan talablar.

  • Ilmiy ish kirish qismini taayyorlash xususiyatlari.

  • Ilmiy ish xulosasini tayyorlash qoidalari.

  • Ilmiy ishlarni himoyaga tayyorlashni xususiyatlari. Avtotererat tayyorlash.

  • Fаn ijtimоiy-mаdаniy hоdisа.

  • Fanlarning tasnifi.

  • Ilmiy tadqiqotning namoyon bo’lish shakllari.

  • Ilmiy tadqiqotning tiplari.

  • Ilmiy tadqiqotda innovatsiya va novatsiyalar, kashfiyot va ixtirolar uyg’unligi.

  • Ilmiy maktablarning ijtimoiy tarixiy jihatlari, amal qilish dinamikasi.

  • Asosiy metodologik yondashuvlar va tamoyillar.

  • Muammo va dalil ilmiy tadqiqotning boshlang’ich asosi.

  • Ilmiy tadqiqotda axborot va axborot texnologiyalarining ahamiyati.

  • Olimning professional va ijtimoiy mas’uliyati. Ilmiy jamoada korrupsiya va uning oldini olishning usul va vositalari.

Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, talaba ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini, o‘quv va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, ijodiy faoliyatni amalga oshirish talab etiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishli:
1.Darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini o’zlashtirish.
2.Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish.
3.Nazorat qilishni avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash.
4.Maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha fanlar bilimlari yoki mavzulari ustida ishlash.
5.Yangi texnikaviy apparaturalarni va zamonaviy texnologik jarayonlarni o‘rganish.
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

3.


Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin