Reaksiya quyidagicha boradi:
10- tajriba. Etilenning yonishi
Reaktiv va jihozlar: hosil bo‘layotgan etilen, tigel.
Ishning borish tartibi: Nay uchidan chiqayotgan etilen yondiriladi. Etilenni yondirayotganda, uning alangasi metan alangasiga qaraganda ravshan bo‘lishiga ahamiyat bering. Etilen alangasiga kiritilgan tigel qorakuya bilan qoplanadi.
11- tajriba. Atsetilen olish
Kerakli reaktivlar: suv, kalsiy karbid bo‘lakchalari.
Jihozlar: probirka, gaz o‘tkazgich nay, tiqin.
Ishning borish tartibi: Probirkaga 2-3 ml suv quyib, ustiga kalsiy karbidning kichik bo‘lakchasidan 1-2 dona tashlab, tezda probirkaning og‘zini nayli tiqin bilan berkiting. Gaz o‘tkazgich nay ustiga to‘nkarilgan probirkada atsetilen yig‘iladi. Bir ozdan so‘ng probirkaga yig‘ilgan gazni yoqing. Bunda atsetilen dud chiqarib yonadi. Shundan keyin atsetilenni nay uchidan chiqayotgan vaqtida yondiring. Havo yetarli bo‘lganda ajralib chiqayotgan atsetilen juda ravshan alanga berib yonadi. Atsetilenning yonishini metan va etilenning yonishi bilan taqqoslang.
Dostları ilə paylaş: |