23-tajriba. Disaharidlarning ko‘mirlanishi Laboratoriya ishidan maqsad: Ushbu laboratoriya ishida talabalar, uglevodlar monosaharidlar, polisaharidlar ularning tuzilishi nomlanishi, olinishi va kimyoviy xossalaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun laboratoriya sharoitida disaharidlarning ko‘mirlanish jarayonini molekulaning tuzilishiga bog‘liqligini tajriba orqali ko‘radilar.
Kerakli reaktivlar:saharoza va maltoza (yoki laktoza) larning 10% li eritmasi, natriy gidroksidning 40% li eritmasi.
Jihozlar: probirkalar, qaynatar, gaz gorelkasi (yoki spirt lampasi), probirkalar.