25-tajriba. Oqsillarning biuret reaksiyasi Kerakli reaktivlar: oqsil eritmasi, 10 % li o‘yuvchi natriy eritmasi, mis kuporosining suyultirilgan (deyarli rangsiz) eritmasi.
Jihozlar: probirkalar, pipetkalar.
Ishni bajarish tartibi: Probirkaga 1-2 ml oqsil eritmasi quying va unga shuncha xajm ishqor va mis kuporosining suyultirilgan eritmasidan qo‘shing. Aralashma qizil – binafsha rangli bo‘lib qoladi. Bu oqsillar tarkibidagi amid bog‘larning borligidan dalolat beradi.
Nazorat savollari Oddiy va murakkab oqsillarga misollar keltiring.
Oqsillar inson organizmida qanday vazifalarni bajaradi?
Oqsillarga xos ksantoprotein reaksiyasi uchun kerakli reaktivlar va jarayoninig borish ketma-ketligini so‘zlab bering.
Aromatik aminokislotalarga misollar yozing.
Oqsillarning biuret reaksiyasida qizil binafsha rang xosil bo‘lishini tushintiring.