O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt kimyо-tеxnologiyаsi instituti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə64/67
tarix02.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#47906
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Органика лаб. 2020

Qattiq moddalarni quritishning eng oddiy usuli bu moddani filtr qog‘oz ustida yoki soat oynasida, chinni kosachalarda xona haroratida qoldirish. Bunday usul bilan yengil uchuvchan erituvchilardan kristallantirilgan gigroskopik bo‘lmagan qattiq moddalar quritiladi. Qurish jarayoni haroratga bog‘liq bo‘lib, harorat ortgani sari qurish tezligi ortadi. Ba'zi qattiq moddalar quritish shkaflarida quritiladi. Shuning uchun yuqori haroratda parchalanadigan yoki havo kislorodi bilan oksidlanib ketadigan modda vakuum – quritish shkaflarida quritiladi.

Kimyo laboratoriyasida moddalarni quritishda eksikator, vakuum eksikatorlardan foydalaniladi. Bunda eksikatorning pastki qismiga quritgich moddalar, tarelkasiga farfor kosacha yoki byuksda quritilayotgan gigroskopik modda joylashtiriladi. Quritgich modda quritilayotgan modda tarkibidagi namlikni tortib oladi, natijada modda quriydi.




Reaksiya tezligini va unumini oshirish maqsadida reaksiyalar moddalarni bir-birini aralashtirish bilan olib boriladi. Bunda bir jinsli aralashma hosil bo‘ladi.

Ayniqsa geterogen reaksiyalarda (reaksiyaga kirishuvchi moddalar bir-biri bilan aralashmaydigan suyuqliklar yoki suyuqlik-qattiq modda) moddalar aralashtirilganda ularning bir-biri bilan to‘qnashish soni ortadi, sirti kattalashadi va natijada reaksiya tezligi, unumi oshadi. Aralashtirishning chayqatish, qo‘l bilan aralashtirish, mexanik aralashtirish usullari mavjud.

Reaksiya xona haroratida (ya'ni qizdirmasdan, sovitmasdan) reaksion aralashmaga boshqa modda qo‘shilmasdan olib borilganda chayqatish usulidan foydalaniladi. Bunda aralashma solingan idish vaqti-vaqti bilan chayqatiladi yoki idish berk holda ko‘p marta to‘nkarib tushiriladi. Reaksiya jarayonida gaz va bug‘lar ajralgan holda chayqatish usulini qo‘llab bo‘lmaydi. Tez boradigan reaksiyalarda kam miqdordagi moddalarni aralashtirish qo‘l bilan bajariladi. Bunda kimyoviy stakandagi aralashma shisha tayoqcha yordamida aralashtirib turiladi yoki idish chayqatiladi. Ko‘p miqdordagi moddalar bilan uzoq vaqt reaksiya olib borilganda reaksion aralashmalar mexanik qurilmalar yordamida aralashtiriladi va bu mexanik usul hisoblanadi. Bunda har xil o‘lchamdagi, turdagi aralashtirgichlar meshalkalar ishlatiladi (rasm 13).





20.Rasm Aralashtirgichlar

Mexanik aralashtirishtirishni diametri 4-10 mm bo‘lgan trubkalardan yasalgan shisha meshalkalar yordamida amalga oshirish mumkin. Aralashtirish usuliga qarab har xil tur aralashtirgichlar ishlatiladi. Bo‘g‘zi katta, ochiq silindrsimon idishlar uchun tekis, vintli aralashtirgichlar, bo‘g‘zi tor idishlar uchun shishali, ftoroplastli aralashtirgichlar qo‘llaniladi. Bundan tashqari magnitli, vibratsion aralashtirgichlardan ham foydalaniladi.

Aralashtiriladigan moddaning agregat holatiga ko‘ra, aralashtiradigan qurilmalarga qarab aralashtirish usuli tanlanadi.




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin