Sovituvchi aralashmalar
tuz
|
m*
|
t0, 0C
|
tuz
|
m
|
t0, 0C
|
tuz va suv
|
CH3COONa . 3H2O
|
85
|
-4,7
|
CaCl2 . 6H2O
|
250
|
-12,4
|
NH4Cl
|
30
|
-5,1
|
NH4NO3
|
60
|
-13,6
|
NaNO3
|
75
|
-5,3
|
NH4SCN
|
133
|
-18,0
|
Na2S2O3 . 5H2O
|
110
|
-8,0
|
|
|
|
tuz va muz
|
CaCl2.6H2O
|
41
|
-9,0
|
NaNO3
|
59
|
-18,5
|
Na2S2O3.5H2O
|
67,5
|
-11,0
|
(NN4)2SO4
|
33
|
-21,2
|
KCl
|
30
|
-15,8
|
NaCl
|
125
|
-40,3
|
NH4NO3
|
60
|
-17,3
|
CaCl2.6H2O
|
143
|
-55,0
|
*m – 100 g suv yoki muzga mos keladigan tuz massasi
Kimyoviy reaksiyalarni o‘tkazishda reaksiya uchun olingan boshlang‘ich moddalar “quruq” ya'ni tarkibida suv (namlik) bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun moddalar quritiladi. Quritish bu moddaning agregat holatidan qat'iy nazar uning tarkibidagi (namlikni) yo‘qotish jarayonidir. Quritish jarayonida quritilayotgan modda parchalanmasligi yoki kimyoviy o‘zgarishlarga uchramasligi zarur.
Quritishning fizik va kimyoviy usullari mavjud bo‘lib bu usullardan biri quritilayotgan moddaning fizik, kimyoviy xossalariga, uning agregat holatiga va qay darajada quritish kerakligiga qarab tanlanadi. Moddalarni “absolyut” quritib bo‘lmaydi. Quritish harorat va quritish vositalariga bog‘liq.
Quritilayotgan moddalardan quruq gaz (havo) o‘tkazish, moddani qizdirish yoki vakuumda ushlash yoxud sovitish - bu quritishning fizik usulidir. Kimyoviy quritish usulida quritishda qurituvchi reagentlardan foydalaniladi.
Gazlarni quritishning bir necha xil usullari bo‘lib, bulardan biri gazlar suv tortuvchi suyuqlik (ko‘pincha kons. H2SO4 olinadi) qatlamdan o‘tkaziladi. Bunda suv tortuvchi suyuqlik U-simon trubkaga yoki Dreksel sklyankasiga solingan bo‘ladi (rasm 12).
19.Rasm Gazlarni quritish: 1) Dreksel sklyankasi, 2) qurituvchi granulalari solingan kolonka, 3) U-simon trubka, 4) sovitish lovushkalar
Ikkinchisi, gazlar maxsus kolonkalarga solingan qurituvchining granulalaridan o‘tkaziladi. Keyingisi – havo va gazlarning quritishning eng samarali usuli bu – gazlarni sovitish suyuq azot yoki atseton – “quruq muz” sovituvchi aralashma solingan “lovushka” dan gazlar oqimi o‘tkazilganda gaz tarkibidagi suv lovushkaning sirtida muzga aylanadi. Gazlarni quritishda quritgichlar sifatida sulfat kislota, fosfor angidrid, natron ohagi va boshqa moddalar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |