Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti va investitsiyalar oʻsish sur`atlarining oʻzgarishi 12
Yillar
|
Yalpi ichki mahsulot (mlrd. AQSh dollari)
|
Oldingi yilga nisbatan %
|
Investitsiyalar, (mlrd. AQSh dollari)
|
Oldingi yilga nisbatan %
|
2013
|
47.2
|
108.0
|
13
|
111.3
|
2014
|
51.1
|
108.1
|
14.6
|
110.9
|
2015
|
55.2
|
108.0
|
15.8
|
109.5
|
2016
|
59.5
|
107.8
|
16.6
|
109.6
|
2017
|
48.7
|
105.3
|
11.9
|
109.7
|
Yuqoridagi jadvalda koʻrinib turibdiki, Respublikamizda YaIMning oʻsishi yuqori darajadadir. 2017-yilda YaIM 48.7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan boʻlsa, bu 2016-yilga nisbatan 5.3 foizga oʻsgan. Bunday natijaga erishishda, investitsiyalar oqimining koʻpayishi muhim rol oʻynaydi. E`tibor qaratadigan boʻlsak, 2017-yilda mamlakatimizga 11.9 milliard AQSh dollarida investitsiya jalb etilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2016 yilga nisbatan deyarli 9.7 foizga oʻsgan.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal sur`atlarda oʻsishini quyidagi omillar belgilab bermoqda:
-mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi;
-valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy oʻzgarishlar;
-mamlakatning soliq mexanizimini takomillashtirishning aniq yoʻnalishlari belgilanganligi;
-soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi qaror va qonunlarning ishlab chiqilganligi;
-jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx konyukturasining vujudga kelganligi.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3 mlrd AQSh dollaridan koʻproq, asosan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi. Iqtisodiyotga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarning tarmoq tarkibida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha jalb etilishiga e`tibor beradigan boʻlsak, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan xorijiy investitsiyalar tarkibida togʻ-kon sanoat ulushi yetakchi oʻrinni saqlab turibdi va shu bilan birgalikda pasayish tendensiyasiga ega. 2016-yil togʻ-kon sanoatining ulushi jami xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 31,1 foizini tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2017-yilda 56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa koʻpayish tendensiyasiga ega boʻlib, 2016-yilda 27,4 foizni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2017-yilda 14,8 foizni tashkil etdi.
1.1-rasm. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilish dinamikasi foizda13
Rasmda xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilish dinamikasi (% hisobida) berilgan boʻlib, 2017-yilda jami investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar 26,9 foizni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 4,6 foizga oʻsgan. Shuningdek, 2017-yilda jami investitsiyalar tarkibida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ulushi 20,4 foizni tashkil etgan holda, jami xorijiy investitsiyalar tarkibida esa 76 foizni tashkil etdi.
2017-yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar boʻyicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda – 9016,3 mlrd. soʻm, axborot va aloqa – 467,4 mlrd. soʻm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda – 10,5 mlrd. soʻm, metallurgiya sanoatida – 10,4 mlrd. soʻm va boshqa koʻplab faoliyat turlari boʻyicha investitsiyalar oʻzlashtirildi. Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishda – 458,8 mlrd. soʻm, tabiiy gaz chiqarish – 451,5 mlrd soʻm, aloqa – 544,0 mlrd. soʻm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 149,7 mlrd. soʻm va boshqa oʻnlab faoliyat turlari boʻyicha oʻzlashtirildi. Yaponiya davlati investitsiyalari hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar loyihalari quyidagilardan iborat: quruqlikdagi va quvur transportida – 445,3 mlrd. soʻm, elektr, gaz, va bugʻ bilan ta`minlash, havoni konditsiyalashda – 387,9 mlrd. soʻm, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda– 209,5 mlrd. soʻm hamda aloqa faoliyat turida – 90,0 mlrd. soʻm 14.
Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha olingan natijalarga qaraganda, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan Oʻzbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega boʻlishi muhimdir. Markaziy Osiyoning koʻpgina mamlakatlari qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarish sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishdi, Oʻzbekiston esa togʻ-kon, qishloq xoʻjaligi, energetika, xizmat koʻrsatish, toʻqimachilik va sayyohlik sohalarida koʻplab toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirdi. Shunga qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar koʻpligi sababli mamlakatlar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi. Nihoyat, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta`minlash muhimdir, biroq Oʻzbekistonga nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar koʻproq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli emas edi, biroq Oʻzbekiston hukumati mintaqaning boshqa mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qoʻlladi.15
2018-yil davomida davlat aktivlari sotilishi boʻyicha roʻyxatga olingan 1153 oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha 478,9 mln. AQSH dollari hamda 2 888,0 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 15 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga koʻra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 152,4 mln. AQSH dollari va 1111,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 9913 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.
2018-yil davomida 1153 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 29 ta shartnoma bekor qilindi, 63 ta shartnoma boʻyicha investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarildi va qabul qilindi.
2018-yilda davlat aktivlari sotilishi boʻyicha roʻyxatga olingan 1061 ta oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha 478,7 mln. AQSH dollari va 2 692,0 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 13 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga koʻra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 152,1 mln. AQSH dollari va 1 012,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 8177 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Amaldagi shartnomalarga koʻra, yil boshidan investorlar tomonidan 6,2 mln. AQSH dollari va 183,2 mlrd. soʻm investitsiya kiritilishi belgilangan boʻlib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 5,5 mln. AQSH dollari va 128,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Hisobot davrida 63 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 12 ta sotib olish qiymatida va 51 ta “nol” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy 245 ming AQSH dollari va 93,2 mlrd. soʻm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 1736 ta ish oʻrinlari yaratilgan.
Shu bilan birga, yil boshidan 33,1 mln AQSH dollari va 612,7 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 121 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan boʻlib, shundan:
-118 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va boʻsh turgan binolar “nol” xarid qiymatida 33,1 mln AQSH dollari va 609,0 mlrd. soʻm investitsiya kiritish majburiyati bilan;
-3 ta davlat aktivi 3,7 mlrd. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan sotib olish qiymati bilan sotilgan.16
1.2 Hududlarda amalga oshirilayotgan investitsion siyosatining mazmun mohiyati, nazariy-huquqiy asoslari
Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizmini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi yangi tahrirda, “Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi.Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining subyektlari va obyektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari kabilar aniq belgilab berilgan. Biroq, bu kabi mamlakatda investitsion faoliyatni ragʻbatlantiruvchi qonuniy-huquqiy bazaning mavjudligi bozor munosabatlarining rivojlanganligini belgilamaydi. Bugungi kunda mamlakatda investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirmoq zarur. Davlat mazkur qonunlar doirasida investitsion faoliyatning turli subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu tartibning qanday oʻrnatilganligiga qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin. “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi qonun Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblarini belgilab beradi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining mulklarini, mulkchilikning qanday shaklida boʻlishidan qat`iy nazar, manfaatlarini va huquqlarini xalqaro huquqning qabul qilingan umumiy me`yorlariga muvofiq ravishda himoya qilishni ta`minlaydi. Bu qonun Oʻzbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga uygʻunlashishi uchun huquqiy asosni yaratadi.Ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalarni amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish, chet el sarmoyalari soliq tartiblarini belgilab beradi, xorijiy investorlarning samarali faoliyat koʻrsatishini kafolatlaydi va Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga koʻmaklashish, uni jahon xoʻjalik aloqalariga kiritish maqsadida chet el moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan foydalanishga qaratilgan. Investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari tarkibida eng muhim sifatida Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni hisoblanadi.
Davlat investitsiya siyosati-bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga oʻtish, ustuvor investitsion loyihalarni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yigʻindisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda koʻproq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.
Davlat investitsiya siyosatining ustivor yoʻnalishlari deb quyidagilar hisoblanadi:
-investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish boʻyicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik-huquqiy bazasini takomillashtirish;
-iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish;
-investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
-davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funksiyalarini yanada takomillashtirish.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda iqtisodiyotning barcha sohalarida oʻzgarishlar, tarkibiy islohotlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion siyosati, uning ustivor yoʻnalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bogʻliq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar oʻtkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. “Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi17.” “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida ham davlatimiz rahbari topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda 2017-yil 28-noyabrdagi “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3408–sonli Prezident qarori ijrosi doirasida tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish borasida bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizim korxonasi hamda “Rudell” MChJ(ma`suliyati cheklangan jamiyat) ta`sischiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Shumanay tumanidagi sobiq paxta tozalash korxonasi oʻrnida soha korxonalari uchun zarur boʻlgan brezent matosi ishlab ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Shumanay Teks” MChJ(ma`suliyati cheklangan jamiyat) tashkil etildi.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 6,7 mln. dollar boʻlib, shundan korxonaning oʻz mablagʻlari 3,6 mln dollarni, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bankining kreditlari 3,1 mln dollari tashkil etadi. Loyiha doirasida Hindiston, Yaponiya va Turkiya davlatlarining ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan 3,1 mln dollari qiymatidagi zamonaviy texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha import shartnomalari imzolandi. Mazkur toʻqimachilik kompleksi 2019-yilda toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 2019-yilda loyihani toʻliq amalga oshirilishi natijasida 495 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.
“Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chiqdi
“Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori 2018-yil 20-iyunda qabul qilinib, bu ham hududlarimizga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida qilinishi kerak boʻlgan vazifalarni belgilab beradi.
Oʻzbekistonning qonun hujjatlari bilan quyidagilar ta`minlanadi:
-investitsiya faoliyatining milliy va chet ellik subyektlari uchun barcha qulayliklar;
-chet ellik investorlar huquqlarining davlat kafolatlari, zarur hollarda qoʻshimcha kafolatlar va himoya tadbirlari;
-mablagʻlardan foydalanish va mablagʻlarni oʻtkazish kafolatlari, investitsiya faoliyati toʻxtatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari;
-ochiq axborotlardan erkin foydalanish.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish (tenderlar oʻtkazish, kontraktlar tuzish va ularni roʻyxatga olish, tarmoq jadvallarining, investitsiya majburiyatlarining bajarilishi), mahalliylashtirish dasturlari monitoringi sohasida: sanoatni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlariga, tarmoq dasturlariga va investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqadi, kelishadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi; ijro etuvchi agentlik tuzilmasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari loyihani amalga oshirish tarmoq jadvaliga muvofiq ularni foydalanishga topshirishga qadar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta`minlaydi; tender hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda kelishilishini ta`minlaydi, tender (tanlov) savdolari oʻtkazilgunga qadar xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar bozori konyunkturasini marketing yoʻli bilan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda oʻrganadi; tender (tanlov) savdolari oʻz vaqtida oʻtkazilishini, kontraktlar tuzilishini belgilangan tartibda ta`minlaydi, ularni ekspertizadan va roʻyxatdan oʻtkazadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, xalqaro qoidalarga hamda tegishli xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining tartib-qoidalariga muvofiq tuzilgan kontraktlar boʻyicha asbob uskunalar, materiallar yetkazib berish hamda ishlar va xizmatlarni bajarish monitoringini amalga oshiradi; imzolangan kontraktlar boʻyicha investitsiya bitimlarining xorijiy sheriklari, yetkazib beruvchilar va pudratchilar, investitsiya loyihalarini tuzilgan kontraktlarga qat`iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida moliyalashtirish boʻyicha vakolatli banklar tomonidan majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib boradi;
Davlat investitsiya dasturi va boshqa dasturlar, shu jumladan, tarmoq dasturlarini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi; investitsiya loyihalari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni kelishilgan shakl boʻyicha muntazamlilik asosida Iqtisodiyot vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etadi. Investitsiyalar va kreditlar jalb etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va tahlil qilish asosida ularni tezkor bartaraf etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va ushbu yoʻnalishda ish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Shuni ta`kidlash joizki, investitsiya faoliyatini boshqarish loyiha tashabbuskorlari va banklar zimmasida boʻladi, balki davlat tomonidan yaratilgan me`yoriy-huquqiy tizim, jumladan, investitsiyalar bilan shugʻullanuvchi muassasalarning roli, soliq va bojxona imtiyozlari, monetar omillar, investitsiya dasturi va boshqalar investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish va samarali boshqarish imkonini beradi.
1.2-jadval18
Dostları ilə paylaş: |