Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida 330


Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə5/18
tarix28.08.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#140796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Орипов М

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan va ilovalardan iborat.
I BOB. HUDUDLARDAGI KORXONALARGA MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB QILISHDA INVESTITSION SIYOSATINING TASHKILIY HUQUQIY VA NAZARIY ASOSLARI

    1. Iqtisodiyotda korxona va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb etishning zarurligi va ahamiyati

Bugungi kunda zamon taraqqiyot etayotgan bir vaqtda davlatlar ertangi kelajagi va bugunini oʻylab turli xil ishlar olib boradi. Bunga sabab davlatlarning rivojlanishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ertangi kelajagi uchun ularni ish bilan ta`minlash maqsadida mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilib oʻzi bosh islohatchi boʻlib turli xil sohalarga moslashgan faoliyat olib borishga harakat qiladi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirish, ularning texnik iqtisodiy asoslanishi va ekspertizasi, loyihaviy tahlil, loyihalarning samaradorligini baholash va monitoringi kabi bir qator yangi koʻplab tushuncha va iqtisodiy bilimlarni kashf etishi ularning bugungi iqtisodiy hayotimizda naqadar muhimligini anglab olishimizga sabab boʻlmoqda. Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan hududlarda investitsion muhitni yaxshilash uchun qilinayotgan investitsiya loyihalari, asosan, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan boʻlib, shuning bilan birgalikda ichki bozorni, mahalliy xom ashyolarga tayanilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan toʻldirishga qaratilmoqda. Bu esa respublikamizda milliy ishlab chiqarishning yanada rivojlanishi, iqtisodiy faol mulkdorlar sinfining tobora shakllanib borishi, ishbilarmonlik, tadbirkorlikning, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning taraqqiy topishi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan holda ular istiqboli uchun ham oʻz ijobiy ta`sirini koʻrsatmoqda.
Bu holat, eng avvalo, mamlakatda mazkur yoʻnalishda davlat tomonidan maqsadli, faol va samarali investitsiya siyosatini yuritilishi, investitsiya jarayonlarining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarning yaratib berilayotganligi hamda uni tartibga solish va qoʻllab quvvatlashning ta`sirchan mexanizmi ishlab chiqilganligi bilan uzviy bogʻliqdir.
Oʻzbekistonda investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya`ni neft va ximiya sanoati, transport, energetika, yer osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlab chiqarishga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim. “Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo‘shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‘ridagi Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.8” Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun, eng avvalo, qulay investitsiya muhitini barpo etish shart sanaladi. Qulay investitsiya muhiti investorning u yoki bu davlat iqtisodiyotiga mablagʻ sarflash uchun shart-sharoitlarning qulayligini, ya`ni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning yaratilganligini baholashdagi barcha hisob kitoblar majmuasini oʻz ichiga oladi. Investitsiya muhitining jozibadorligi unga ta`sir qiluvchi omillar darajasiga bogʻliqdir.
Iqtisodiyotda korxona va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta boʻlib u quyidagilar bilan izohlanadi:
birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import oʻrnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yoʻnaltirish va pirovardida aholining me`yordagi turmush darajasini ta`minlash imkonini yaratadi;
uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali oʻsib borayotgan aholini ish joylari bilan ta`minlaydi;
toʻrtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnika bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
beshinchidan, tabbiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga koʻmalashadi va hokazo.
Milliy iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini qiymatini baholashni muvaffaqiyatli amalga oshirish yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishiga imkon beradi. Bu esa quyidagi jihatlari bilan bogʻliq boʻladi:
-xorijiy davlatlardagi korxonalar bilan Oʻzbekistondagi eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarining shakllanishiga koʻmaklashishi;
-yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi;
-eksportning intellektual mulk obyektlari litsenziyalarini hamda nau-xau shaklida texnik tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar koʻrsatish kabi turlarini rivojlantirish yoʻli bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarining jahon xoʻjaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish va hokazolar.
Jahon iqtisodiyotining, shu jumladan Oʻzbekiston iqtisodiyotining ham kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bogʻliqligini bugungi kunda har bir bilim sohibi anglab yetganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan chet el investitsiyalarini kengrok jalb etish ularning mamlakatimizda oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarining samarali ijrosini ta`minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bogʻliqligini tushunib olish qiyin emas.9 Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabr yangi tahriridagi “Investitsiya faoliyati to‟g‟risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq:
-investitsiyalar-qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;
-investor-investitsiya faoliyati obyektlariga oʻz mablagʻlarini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
-investitsiya majburiyati-investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning oʻzi qabul qiladigan majburiyati;
-investitsiya faoliyati-investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlari majmui;
-investitsiya faoliyati ishtirokchisi-investorning buyurtmalari bajarilishini ta`minlovchi investitsiya faoliyati subyekti.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va jadal rivojlantirishni ta`minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan korxona va tashkilotlarga hamda iqtisodiyotimizga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni hajmini oshirishga va hukumat kafolati ostidagi investitsiyalarni pasayishiga olib kelinmoqda, bu esa xususiy sektordagi investitsiya loyihalarini koʻplab amalga oshirilishiga sabab boʻlib, yangidan yangi korxona, zavod, fabrikalarni ishga tushirilganligini guvohi boʻlishimiz mumkin. Bu esa oʻz navbatida tez sur`atlarda oʻsib kelayotga aholini ish bilan ta`minlab, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarib, mamlakat iqtisodiyotiga valyutani olib kirishiga hamda import oʻrnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qilmoqda.
Investitsion jozibadorlik obyekt sifatida muayyan bir miqyosda, ya`ni bironta loyiha, korxona, mintaqa, tarmoq hamda mamlakat darajasida koʻtarilishi mumkin. E`tiborli jihati shundaki, mazkur tizimda korxona asosiy tayanch nuqta hisoblanib, har bir investitsiya loyihasi muayyan bir korxona miqyosida amalga oshiriladi, ushbu korxona esa iqtisodiy faoliyat turidan kelib chiqib, muayyan tarmoqqa (sohaga) tegishli boʻladi.2019-yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018-yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 2018-yil 1 milliard dollardan ziyod investitsiyalar oʻzlashtirilgan boʻlib, 133 ta yangi korxona ishga tushirilgan. 2019-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokida 209 ta hududiy loyiha amalga oshirilib, 1,9 milliard dollar yoki oʻtgan yilga nisbatan 2 barobar koʻp mablagʻ oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan. E`tiborli jihati shundaki 84 ta loyiha doirasida xalqaro moliya institutlari va donorlarning 2,7 milliard dollar mablagʻini oʻzlashtirish koʻzda tutilgan va bu loyihalar oʻz navbatida Vazirlar Mahkamasi komplekslari kesimida tahlil qilinib, ularni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab berildi10 ” Oʻzbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiyotda, ayniqsa uning ustuvor tarmoqlarida sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish borasidagi siyosatni amalga oshirishda bevosita xorijiy investistiyalarni ragʻbatlantirish siyosatini yoqlaydi. Qulay investistion iqlim mamlakat tarmoqlarida tuzilmaviy oʻzgarishlarni tez amalga oshishiga, xorijiy investistiyalar hajmi oshishiga yordam bermoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.11Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu–investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat. Shuning uchun ham, xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni oʻzlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi(1.1-jadval).
1.1-jadval

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin