Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida 330


“NAVOIY”, “ANGREN”, “JIZZAX” erkin iqtisodiy zonalari faoliyati tahlili



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə8/18
tarix28.08.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#140796
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Орипов М

2.1. “NAVOIY”, “ANGREN”, “JIZZAX” erkin iqtisodiy zonalari faoliyati tahlili


Erkin iqtisodiy zonalarni (EIZ) tashkil etish ahamiyati shundan iboratki mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma`muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti boʻlgan maxsus ajratilgan hudud hisoblashimiz mumkin. “Navoiy” EIZning aynan Navoiy viloyati hududida tashkil etishining bir qancha sabablari bor. Jumladan, Oʻzbekistonni oʻzining salohiyatli hamkori, deb tanlangan har bir xorijiy kompaniya, uning 5 ta yirik va nisbatan barqaror rivojlanayotgan jahon bozorlariga yaqinligini hisobga oladi. Bular MDH davlatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlaridir. Qoʻshimcha tarzda Navoiy viloyatida turli xildagi tabiiy boyliklarining mavjudligi va xomashyolar manbalarining yaqinligi transport xarajatlarini kamaytiradi, u yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxining pastroq boʻlishiga imkon beradi. Yevroosiyo transport tizimidagi muhim ahamiyatga ega transport yoʻli aynan Oʻzbekiston orqali oʻtadi. “Navoiy” EIZ yaqinidan esa Yevropa va Xitoyni bogʻlovchi eng yaqin “E-40” avtomagistrali hamda Markaziy Osiyo, Janubiy Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Fors koʻrfaziga chiquvchi temir yoʻl oʻtadi. Xitoy–Yevropa yoʻnalishi boʻyicha avtomobil transportida yuk tashish Oʻzbekiston orqali amalga oshirsa, Xitoy-Rossiya chegaralaridan oʻtuvchi marshrutga nisbatan yoʻl 1000 km ga qisqaradi va albatta, transport xarajatlari ham shunga muvofiq tarzda kamayadi. Konteyner poyezdi Toshkentdan Bandar-Abbos portiga 7 sutkada, Toshkentdan Tehron orqali Istanbulga 10 kunda yetib boradi, bu yuklarni Oʻzbekistonni chetlab oʻtgan yoʻldan emas, balki yaqinroq yoʻldan tashish, masofani ikki barobar qisqartirish imkonini beradi.20
Navoiy hududi orqali temir yoʻlning barcha asosiy trassalari oʻtgan. U Janubda Eron va Turkiya portlariga, Gʻarb va Shimolda Qora dengiz va Boltiq dengizi portlariga chiqadi. Xitoy bilan Yevropani bogʻlovchi eng qisqa temir yoʻl marshruti ham aynan Navoiy orqali oʻtadi. “Gʻuzor – Boysun – Qumqoʻrgʻon” temir yoʻlining ishga tushirilashi bilan Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonga tranzit yuklarini tashish yoʻli ancha qisqardi.
Erkin iqtisodiy zona hududida 26 kmli avtomobil yoʻli mavjud21 , ushbu yoʻl orqali ishlab chiqarish obyektlariga kerakli boʻlgan asbob-uskunalarni, jihozlarni tashishga, qurilayotgan obyektlarga qurilish mollarini, ishlab chiqaruvchi sexlarga zarur xomashyo va materiallarni yetkazib berishda foydalanish mumkin.
2008-yilning noyabr oyida “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Koreyaning “Korean Air” kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Unga koʻra, Navoiy xalqaro aeroporti bazasida “Navoiy” EIZ hududida “Korean Air” kompaniyasi bilan hamkorlikda MDH mamlakatlarida yagona transkontinental intermodal logistika markazi tashkil etildi. Bugungi kunda “Navoiy” aeroporti barcha zarur zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta`minlangan xalqaro aeroport maqomiga ega. U barcha turdagi havo transportlarini, shu jumladan, dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi hisoblangan Boing-747 va AH-124 samolyotlarini ham qabul qila oladi22.“Navoiy” EIZdan 2000 km radiusda 11 ta mamlakat, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoyning 40 dan ortiq yirik shaharlari joylashgan23 . Havo transportidan foydalanib, yuklarni tashishda Oʻzbekiston orqali oʻtadigan havo yoʻlaklaridan foydalanish – xarajatlarni va vaqtni sezilarni darajada tejash imkonini beradi. Janubiy – Sharqiy Osiyodan Yevropaga Navoiy orqali uchilsa, Dubay orqali uchilganiga nisbatan masofa 1000 km.ga qisqaradi. Shunda parvoz 1,5 soatgina davom etib, har bir avialaynerdan 15 tonna yoqilgʻi iqtisod qilinadi.
Erkin iqtisodiy zona rezidentlari yer, mol-mulk, foyda, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari, yagona soliq toʻlovi (kichik korxonalar uchun), yoʻl jamgʻarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari umumiy ta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash, jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan belgilangan tartibda ozod etilgan. Ya`ni, investitsiyalar hajmi 3 milliondan 10 million yevrogacha boʻlsa, 7 yilga, 10 dan 30 million yevrogacha 10 yilga, foyda soligʻi va YaST stavkalari 5 yil muddatga 50 foizgacha, 30 million yevrodan ortiq boʻlsa, 15 yilga, foyda va YaST stavkalari 10 yilga 50 foizgacha pasaytiriladi24.
Bu imtiyozni qoʻllash Navoiy EIZ hududida alohida soliq rejimini ta`minlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
Imtiyozning amal qilish muddati yuridik shaxs EIZ qatnashchilari reestriga kiritilgan sanadan boshlab hisoblanadi. U imtiyozni qoʻllash huquqiga ega boʻlgan oydan boshlab amal qilish muddati tugagunga qadar foydalanadi. Imtiyozni qoʻllash huquqi toʻgʻridan-toʻgʻri investistiyalarning belgilangan hajmiga erishilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
EIZda faoliyatni amalga oshirish uchun 19 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan. Shundan 16 tasi qoʻshma, 2 tasi shoʻba korxonasidir. “Olive Telekom” qoʻshma korxonasi, “Uzkor LIGHTING” MChJ QK Navoiy shahridan, “Hansang-Pharm” MChJ QK esa Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan. Bugungi kunda bu yerda 12 ta korxona faoliyat yuritmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida bojxona rejimi hamda alohida soliq rejimini ta`minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori talablariga asosan 9 ta korxona 7 yilgacha muddatda imtiyozga ega boʻlib, 2017-yilning toʻqqiz oyida jami 3 milliard 184.5 million soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalandi. (2.1-jadval)
2.1-jadval
Navoiy viloyatining asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari25








Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin