Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida 330


Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadigan rasmiy muassasalar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/18
tarix28.08.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#140796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Орипов М

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadigan rasmiy muassasalar



Investitsiya faoliyatini boshqaruvchi muassasalar

Vazifalari

1

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti

Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi: - investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda, chet el investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur hukumat qarorlarini ishlab chiqish; - davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar va idoralar ishini tashkil etish va boshqala

2

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa tegishli vazirliklar

Investitsiya siyosatini va dasturlarini ishlab chiqish va boshqalar

3

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi

Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va tasarruf etish jarayonlarida chet el investitsiyalarini tartibga solish va boshqalar

4

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Qarz siyosati va hukumat kafolatlarini berish va boshqalar

5

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirli

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatga olish va boshqalar

6

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Xorijiy investorlarga va Oʻzbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarga vizalar berish va boshq

7

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Xorijiy investorlarni va Oʻzbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarni turar joyi boʻyicha roʻyxatga olish va boshq

8

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitas

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va ularning bojxona bilan bogʻliq faoliyatini tartibga solish va boshq

9

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank

Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning oʻtkazilishini, valyuta mablagʻlaridan foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati va boshq.

10

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank

Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati koʻrsatish va loyihani moliyalashni amalga oshirish va boshqa

Oʻzbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlari kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan xorijlik investorlar huquqlarining kafolatlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilab berishdan iborat boʻlib, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:


-xorijlik investorlarning huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish boʻyicha kompleks choralarini shakllantirish.
-xorijlik investorlar va xorijiy investitsiyalarning ayrim toifalari uchun qoʻshimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirish chogʻida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. Davlat tomonidan chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning toʻliq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta`minlanadi. Bunday rejim Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalarida belgilab qoʻyilgandir. Xorijlik investorlarga xorij valyutasidagi pul mablagʻlarini Oʻzbekistonga va undan tashqariga ular soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlashi sharti bilan, biron bir cheklashsiz erkin oʻtkazish kafolatlanadi.
Davlat investitsiya siyosatining uch jihatiga e`tibor beradi:
1.Davlatning byudjet daromadlari va olgan qarzlari hisobidan mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltirish
2.Davlat tomonidan milliy va xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhitni yaratish.
3.Davlat sektori bilan barcha sektorlardagi investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirish.
Davlat dasturiga kiritiladigan investitsiya takliflari birinchi navbatda ekologik talab va me`yorlarga javob berishi kerak, uning asosiy mezonlari quyidagilar hisoblanadi:
-ishlab chiqarish ahamiyatidagi obyektlar uchun:
-mahalliy xom ashyo va mineral resurslarni qayta ishlashni keng masshtablarda kengaytirish, ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasiga yetkazish.
-eksport salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan, yuqori texnologiyaga asoslangan va resurslar tejalib ishlatiladigan rentabelli ishlab chiqarishni yaratish.
-bozorni birinchi navbatda kerakli tovar va xizmatlar bilan toʻldirish.
2018-yilning yanvar-dekabr oylarida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida 799 ta loyiha boʻyicha 9,9 trln.soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan boʻlib, 512,4 mln.dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksport qilindi va 3018 ta yangi ish oʻrni yaratildi.19 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmining 90 foizidan ortigʻi Toshkent sh. (4431,7 mlrd. soʻm), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (2303,3 mlrd. soʻm), Andijon (1844,0 mlrd. soʻm) va Toshkent (536,9 mlrd. soʻm) viloyatlari korxonalariga toʻgʻri keladi. Demak shulardan koʻrishimiz mumkinki, davlatning investitsion siyosatining bir qismi boʻlgan, mahalliylashtirish dasturlari orqali tashkil qilingan yangi korxona va zavodlari ishlab chiqargan mahsulotlar, chet elga eksport qilinishi bilan bir qatorda yangi ish oʻrinlari tashkil topgandir.
I bob boʻyicha xulosa
Xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyotimizga jalb qilish va ularni hisoblashga doir xalqaro iqtisodiy tashkilotlar yondashuvlarni tahlil qilish va mamlakatimizda jahon tajribasi asosida investitsiya siyosatini rivojlantirish hozirda dolzarb ahamiyat aks etadi. Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va proferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy sarmoyaning yildan – yilga oshib borayotganligi buning isbotidir. Shu bilan birga, ushbu erkin iqtisodiy zonalar joylashgan hududlarda mavjud boʻlgan xom-ashyo va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish eksportga moʻljallangan mahsulotlar koʻlamini oshirishga, zamonaviy sanoat ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil etilishi yangi ish oʻrinlari barpo etilishiga, bandlik darajasining yuqori boʻlishiga va pirovordida aholi farovonligining oshishiga olib keladi. Investitsiya faoliyatining rivojlanishi ishlab chiqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirishga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini ta`minlash va uning sifatini oshirishga, ijtimoiy sohalarni yanada rivojlantirishga, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga ijobiy ta`sir koʻrsatadi.
Shuningdek, korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, asosiy fondlarning jismoniy va ma`naviy eskirishiga yoʻl qoʻymaslik, ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini oshirish, korxonalar mahsulotlari raqobatbardoshligini ta`minlash, qimmatli qogʻozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga oʻz mablagʻlarini sarflash asosida foyda olish maqsadlariga erishish imkonini beradi.
Mamlakatimizda investitsiya loyihalarini samarali boshqarish davlat investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsad yoʻlida qabul qilingan koʻplab qonun hujjatlarida belgilangan investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish investitsiyalarni amalga oshirish tartibi, investorlar uchun yaratilgan kafolatlar, imtiyozlar va ragʻbatlantirish omillari investitsiya loyihalarini samarali boshqarishga ham birday ijobiy ta`sir koʻrsatadi.
Davlat mamlakatning umumiy taraqqiyotini ta`minlash va uning iqtisodiy hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirish uchun ustuvor tarmoq va ishlab chiqarishlarga investitsiyalar joylashni ragʻbatlantirish va ularni samarali boshqarish siyosatini amalga oshiradi. Iqtisodiyotda korxona va boshqa tarmoqlarga qoʻshimcha moliyaviy resurlarni jalb qilish bu, zamon talabiga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda aholi bandligini ta`minlashga yordam beradi deb hisoblaymiz.
II BOB. MAMLAKATIMIZDA “ERKIN IQTISODIY ZONA” LARNI TASHKIL QILISH ORQALI KORXONALARGA HAMDA IQTISODIYOTGA QOʻSHIMCHA RESURSLARNI JALB QILISHNING AMALIY TAHLILI

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin