Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida tashkil etilishi mumkin boʻlgan erkin iqtisodiy zonalar turlari 39
-
EIZ joylashtirish mumkin hududning nomi
|
EIZning ixtisosligi
|
Tavsiya qilinadigan asosiy imtiyozlar
|
Erkin ( sanoat ) ishlab chiqarish hududi
|
Chirchiq sh.
Olmaliq sh.
|
Sanoat
|
Soliq, bojxona, moliyaviy, ma`muriy
|
Turizm hududlari
|
1. Samarqand vil.
2. Buxoro vil.
3. Xorazm vil.
4. Shahrisabz sh.
5. Fargʻona vodiysi.
6. Qoraqalpogʻiston
|
Turizm
Turizm
Turizm
Turizm
Turizm
Turizm
|
Soliq, viza hujjatlari, bojxona, ma`muriy
|
Ilmiy texnopark
|
1.Toshkent sh.
2.Chirchiq sh.
|
Sanoat
|
Soliq, joylarni ijaraga berish, konsultativ-xizmatlar koʻrsatish
|
Erkin savdo hududlari ( funksional)
|
1.Toshkent vil.
2.Jizzax vil
3.Surxondaryo vil.
4.Xorazm vil.
5.Fargʻona vodiysi
|
Oziq – ovqat, qurilish mollari ishlab chiqarish va boshqalar
|
Soliq, moliyaviy, ma`muriy, bojxona
|
Erkin ilmiy – texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovasiya markazlari – texnopolislar shaklida tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi boy resursga egaligi va hududlarning tabiati, tarixiyligi bilan boshqa davlatlarning hududlaridan ajralib turadi. Shu sababli mazkur hududlarda turli xil iqtisodiy zonalarni tashkil etish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish zonalari sifatida Chirchiq sh va Olmaliq shaharlarini aytshimiz mumkin. Turizim hududlari sifatida Samarqand vil, Buxoro vil, Xorazm vil, Shahrisabz sh, Fargʻona vodiysi va Qoraqalpogʻiston Respublikalarini aytishimiz mumkin. Ilmiy texnopark Toshkent sh va Chirchiq sh. Erkin savdo hududlari Toshkent,.Jizzax, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Fargʻona vodiysi hududlari juda qulay hisoblanadi. Sanoat ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, modernizatsiyalash maqsadida investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etilishining oʻsishiga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri, bu soʻnggi yillarda yurtimizda erkin iqtisodiy zonalar - “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalarining tashkil etilishi va Prezidentimizning tashabbusi bilan yana 4 ta yangi erkin iqtisodiy zonani tashkil etilishidir.
Mazkur erkin iqtisodiy zonalarning barpo etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda yangi eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni oʻzlashtirishiga imkon berdi va investorlar faoliyatining yanada kengayishi uchun qoʻshimcha shart-sharoit va qulayliklar yaratdi. Asosan, bular zamonaviy qurilish va jihozlash materiallari, iste`mol tovarlari, telekommunikatsiya, neftgaz texnologik uskunalari, kimyo, avtomobil va elektrotexnika sanoati hamda boshqa yuqori texnologik sanoat ishlab chiqarish yoʻnalishlaridagi mahsulotlardir. Shu bilan birga, ushbu erkin iqtisodiy zonalar joylashgan hududlarda mavjud boʻlgan xom-ashyo va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish eksportga moʻljallangan mahsulotlar koʻlamini oshirishga, zamonaviy sanoat ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil etilishi yangi ish oʻrinlari barpo etilishiga, bandlik darajasining yuqori boʻlishiga va pirovordida aholi farovonligining oshishiga olib keladi. Bunday iqtisodiy zonalarni tashkil etish natijasida hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga katta yordam bermoqda. Yildan–yilga hududlarda jahon brendidagi turli xil mahsulotlarning ishlab chiqarilayotganini aytishmiz mumkin. Hozirgi kunda Navoiy erkin iqtisodiy zonasida hududida yangi korxonalar tashkil etilmoqda, natijada har bir korxona 250 ta yosh kadrni ish bilan ta`minlash maqsad qilinmoqda. Bundan tashqari Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida Fransiyaning “Pejo Sitroen” va “Oʻzavtosanoat” AK oʻrtasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqariladi. Zavod “Peugeot” va “Sitroen” brendlari ostida yoʻlovchi va yuk tashishga moʻljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi.
Dunyoda nom qozongan bunday kompaniyalar bilan olib borayotgan hamkorligimiz qisqa vaqt ichida iqtisodiyotimiz tarmoqlarini tubdan modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va uning turini koʻpaytirish, jahon bozorlariga raqobatdosh yangi mahsulotlar bilan chiqish imkonini bermoqda.“Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish hisobidan chet ellik investorlar bilan yoʻlga qoʻygan hamkorligimiz oʻzining yuksak samarasini koʻrsatmoqda.
Eng muhimi, Oʻzbekistonda mahalliy va chet ellik investorlar nafaqat mablagʻ sarflab, daromad olmoqda, balki korxonalarni birgalikda boshqarmoqda, xorijlik muassislar qoʻshma korxonaga, avvalo, ilgʻor texnologiyalarni olib kirmoqda, ishlab chiqarishni zamonaviy asosda tashkil etish va boshqarishni joriy qilmoqda. Bu boradagi tajriba hamkorlikning aynan mana shu shakli eng koʻp samara berayotgani va eng yaxshi istiqbolga ega ekanini koʻrsatmoqda.
Hozirgi zamon taraqqiyot etgan sari mamlakatlar oʻz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mana bunday hududlarni tashkil etmoqda. Natijada Shimoliy Amerikada hozirda 266 ta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat yuritmoqda. Markaziy Amerikada 228 taga yetdi. Janubiy Amerika davlatlarida 41 ta. Yevropa hududida 161 ta ga yetgan.
Eng yuqori koʻrsatkichni Osiyo mamlakatlariga tegishli 280 ta teng. Biz Xitoy erkin iqtisodiy zonalarini kuzatadigan boʻlsak bu yerda 190 taga yetdi va ulardan yiliga 12.0 mlrd. dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi (2.3-jadval).
2.3-jadval
Dostları ilə paylaş: |