“Qaysar buzoqcha”
(O. Qo’chqorbekov)
masali oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda
ko’ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, yaoni ota-
bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan
“Bo’linganni bo’ri yer”
hikmatida o’z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa
bundan juda ustalik bilan foydalangan.
280
“CHumoli va Tipratikan”
masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda
CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki
kichik bo’lishidan qatoiy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga
daovat etiladi. Masalni o’qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan
yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni
boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi, soddaligi,
o’tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq taosir qiladi. Bular o’quvchilar
nutqini o’stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-
harakatlari, feol-atvorlari, nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb
qiladi.
2-sinf “O’qish kitobi”da berilgan “O’roq va Kombayn” masalida o’roq va
kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning munozarasi orqali texnikaning
afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi hamda ularning
ahil bo’lib, birgalikda mehnatga bel bog’lashlari kabi g’oyalar ilgari suriladi. Oddiy
predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidan aytiladigan texnika va ish qurollari
haqidagi gap-so’zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi.
3-sinf “O’qish kitobi”da
“Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov), “CHumoli
va Tipratikan”, “O’jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so’radilar”
kabi
masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha,
chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham
yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar
arqondan bo’shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar
buzoqcha ham to’dasidan ajralib, bo’riga duch keladi, yaoni ko’ngilsiz voqea yuz
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli
kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
“Chumoli va Tipratikan” masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida
jamiyatimiz aozolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to’g’riso’z insonlar bo’lsa,
tipratikan o’g’ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilardir.
281
“O’jar Toshbaqa” masalidagi Toshbaqa hayotdagi o’jar, qaysar, o’z bilganidan
qolmaydigan, ko’ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir.
Boshlang’ich sinflarda masalni o’rganayotganda bolalarni masalni ifodali
o’qishga va uning mazmunini qisqa, baozan bir necha so’z bilan aytib berishga,
ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o’zaro qiyoslashga
o’rgatish muhim ahamiyatga ega.
Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini
tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka
o’xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi
hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari baozan kishilar hayotida ham
uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda
bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola
boshlaydilar.
Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashinib
turishi uni bir maromda o’qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o’qishga
yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi
lozim.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq
idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim
epizodlarni so’z bilan tasvirlash, baozilariga o’qituvchi yordamida tavsif berish,
ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga
muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning
o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga
tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish
zarur.
4-sinf «O’qish kitobi»da berilgan SH. Sa`dullaning “Laqma it” masalida it
markaziy timsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo’roz, tovuq va kurkalar timsolini it
birlashtirib turadi. SHuning o’ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi
timsollarning xarakter-xususiyatini bilishni talab etadi.
282
Mushukning it haqidagi so’zlarini matndan toptirib o’qitish itning xususiyatini
ochib beradi:
Ajab bo’ldi .... uy qurmading.
O’z vaodangda sen turmading.
Yozi bilan laqillading.
Meni ko’rsang akillading.
Sigirning it haqidagi quyidagi so’zlarini ham matndan topib o’qitish orqali
itning boshqa xususiyati ochiladi:
- Menga bundoq hiyla qilma
Sigirlarni axmoq bilma....
Uyda yotding oyoq cho’zib
Sog’in sutni hadeb buzib.
So’ng o’quvchilarga itga xos xususiyatlarni ochuvchi so’z va iboralarni toptirib
ayttiriladi. SHu tariqa o’quvchilar o’qituvchi yordamida itga tavsif beradilar. So’ng
boshqa timsollar ustida ishlanadi. Bunda taqqoslash usulidan foydalaniladi.
Mushukning yaxshi xislatlari sanaladi. Bu kabi tavsiflar sigir, xo’roz, tovuq,
kurkalarga ham beriladi. Qahramonlarga tavsif berish matn ustida ishlash orqali
amalga oshiriladi. Yozuvchi foydalangan til vositasida o’quvchilar qahramonlarga
tavsif berishga o’rganadilar, ularning tili ham yangi so’zlar bilan boyiydi.
O’quvchilarni tavsif berishga o’rgatish uchun o’qituvchining o’zi qahramonni
xarakterlovchi so’z, iboralarni tavsiya qiladi. Ular ichiga masaldagi timsollarga xos
bo’lmagan xususiyatlarni ifodalovchi so’z, iboralar kiritib qo’yiladi. O’quvchi ular
ichidan mosini tanlab olish jarayonida mantiqan fikrlaydi. Bu so’z va iboralar esa
bolalar nutqiga ko’chadi.
4-sinf “O’qish kitobi”da berilgan
“Baqa bilan Taqa”
(Aziz Abdurazzoq)
masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o’ziga mos bo’lmagan, o’ziga to’g’ri
kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning
maslahati, nasihatiga quloq solmay, o’z aytganidan qaytmaydigan, o’jar kishilarni
tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda
283
yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o’zining borligini bildirib yashashni
istaydi. U taqachining
“Taqani o’ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam,
sakrashdan mahrum bo’lasan ... Sen taqa bilan yo’rg’alay olmaysan. Yo’rg’alashni
ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo’lsang, sayrab
yuraver”
deyishlariga quloq solmaydi. Bu o’jarlik uning boshiga kulfat keltiradi:
suv tagiga cho’kib ketadi. Yonidagi baqalar bo’lmaganda halok bo’lishi ham tayin
edi. Kech bo’lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu
holatlar o’quvchini o’z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular
o’z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
SHunday qilib, masal ustida ishlash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
−
masal mazmunini aniq idrok etish;
− kompozitsiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga mos xususiyatlarini, xatti-
harakatlarining sabablarini ochish;
− allegoriyani aniqlash;
− masal xulosasini tahlil qilish.
Mana shu izchillik hisobga olinsa,
Dostları ilə paylaş: |