285
Metod:
Izohli o‘qish metodi,
muammoli izlanish, interfaol metodlar, bahs-
munozara.
Shakl:
Jamoa bo ‘lib va guruhlarda ishlash.
Jihoz:
Masal mazmuniga ishlangan rasmlar.
Kutilayotgan natija:
Dars yakunida o ‘quvchilar
kekkayish va mag
‘rurlikning, quruq maqtovlarga uchishning, boshqalarga past nazar bilan qarashning
yomon oqibatlarga olib kelishini anglaydilar. O‘qish ko ‘nikmalari takomillashadi.
Darsning borishi
I. Tashkily qism. (2-3- daqiqa)
Guruhlarni shakllantirish.
II.
O ‘tilgan mavzu ustida ishlash. (7-10 daqiqa)
1. “Sehrli ko ‘zacha” ertagini ifodali o‘qish musobaqasi.
2. “Sehrli ko ‘zacha” ertagi yuzasidan suhbat.
O ‘quvchilar chizib kelgan
rasmlar namoyish qilinadi. Quyidagi savollar va o ‘quvchilar chizgan rasmlar
asosida suhbat uyushtiriladi.
*“Sehrli ko ‘zacha” ertagidagi voqea qayerda yuz bergan? *Nor nima uchun
qattiq nola chekdi? *Sehrli ko ‘zacha unga nima uchun himmat ko ‘rsatdi? *Xol
qanday nag ‘malar ko ‘rsatdi? Oqibatda qanday holat yuzaga keldi? *Kimga
achindingiz? Nima uchun? *Ertakni kim yozgan? U haqida nimalar bilasiz?
Dostları ilə paylaş: