8.
Asar qahramonlariga tavsif. Topshiriq.
Qo ‘zichoq va ona Qo ‘yga tavsif
bering. Bergan tavsifingizni asardan misollar keltirib dalillang. Namuna.
Qo ‘zi Qo ‘zichoq
Ona Qo ‘y
O‘quvchining
xulosasi
Kekkaygan
Burni ko ‘tarilgan
Tantiq
O ‘zini ko ‘z-ko ‘z qiladi
Boshqalarning e ‘tborini
tortib maqtanadi
Bosar-tusarini bilmaydi
Kamtar
Mehribon
Nasihatgo ‘y
Bolasi uchun qayg
‘uradi
Ehtiyotkor
Tajribali
288
Quruq
maqtovlarga
taltayadi
Onasini o ‘ylamaydi
9. Rollarga bo ‘lib o ‘qitish.
10. Reja asosida tayanch so ‘zlardan foydalanib qisqartirib qayta
hikoylatish.
11. Tarbiyaviy xulosa chiqarish. *
Yozuvchi Qo ‘zichoqning xatti-
harakatlari orqali nima demoqchi? *Sizda Qo ‘zichoqqa xos qanday xislatlar bor?
*“Ahmoqning o ‘zi bilmas, Bilganning so ‘ziga kirmas. Ayrilganni ayiq yer, Bo
‘linganni bo ‘ri yer” maqollarining ma ‘nosini ayting. *O ‘zingiz masal mazmuniga
mos maqollardan ayting. (Ahmoqda “aql” ko ‘p. Ahmoqning shoxi bo ‘lmaydi.
Ahmoq o ‘zini maqtar.0)
12. Bliss texnologiyasi
.
Savol-
topshiriqlar
Yakka
javob
To
‘g ‘ri
javob
Javoblar
1.
Qo
‘zichoqning
tasviri
4
1.Chiroyli,
antiqa ajoyib
2.Qo ‘ylar-
ning maqtovi
1
2.
Kekkayma,
birovlarning
gap-so‘zlariga
quloq solma
3.Ona Qo‘y-
ning nasihati
2
3. Yomon ko
‘zlardan asrasin,
bir
balo
orttirmasa go ‘r-
289
gaydi, bo ‘ri yo
tulki
ilib
ketsa…
4. Ona Qo‘y-
ning xavotiri
3
4.Ko‘zi
munchoqday.
Yunglari
jingalak-
jingalak
13. “Topgan-topaloq” o ‘yini.
Biror belgi asosida savol beriladi. O ‘quvchilar
shu belgini o ‘zida jam qilgan predmet nomini yozadilar.
- O ‘quvchilar nima o‘qish di? (Kitob, she ‘r, hikoya, ertak, tez aytish, maqol)
- O ‘rmonda nimalar yashaydi? (olmaxon, ayiq, bo ‘ri)
- Qo ‘rada, yaylovda nima boqiladi? (qo ‘y)
- Qo ‘ylar nimadan qo ‘riqlanadi? (bo ‘ridan)
IV. Darsni yakunlash.
Darsda o ‘rganilganlar umumlashtirish, reyting ballarni
e ‘lon qilish. Uyga vazifa. Masalni rollarga bo ‘lib o ‘qib kelish. Masal mazmuniga
mos maqollar topib kelish.
Xulosa qilib aytganda, masal janrining tarbiyaviy tomoni ochilishda hayvonlar
harakati, xulqi 2-sinfdan boshlab insonlarga ko ‘chiriladi. Bu jarayonda o ‘quvchilar
fikrlashga undaladi.
Sherni o’qish metodikasi
She’r
ohang jihatidan maolum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida
vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. SHe’riy nutqni ohang jihatidan maolum bir
tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir
290
meoyorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh
so’zlar) hisoblanadi
27
.
She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-
hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, yaoni she’riy
asarlar va lirik she’rlar o’qitiladi.
She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, yaoni voqealar tizimi va uning rivoji
xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa taosirida insonda tug’ilgan
ruhiy kechinma, fikr va tuyg’ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning
xususiyati “kishining his-tuyg’uga to’la hayajonli nutqini taosirliroq ifodalashda
qo’l keladi”
28
.
She’rni o’qish darslarida asosiy ish turi ifodali o’qish hisoblanadi. O’quvchi
she’rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o’qiy oladi.
She’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda
qo’llangan ish turlaridan foydalanish mumkin.
Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi.
Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday
holda she’riy sanoat hissiyot bilan bog’liq ekanligi unutiladi, she’r maonosining
satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida
o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag’zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har
qanday asar zaminidagi yashirin maononi o’qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto
adabiy taolimning maqsadi ham amalga oshmaydi.
She’riy ohangni his qilmaslik, matn so’zlarini to’la tushunib yetmaslik she’r
yodlashni zerikarli mashg’ulotga aylantiradi. Maonosi anglanmagan matnni yodlash
oson kechmaydi. Buni deyarli barcha sinflarda o’rganiladigan
“O’zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasi”
misolida ko’rish mumkin. Maolumki, madhiya
kichik yoshdagi bolalarga mo’ljallab maxsus yaratilmaydi. Binobarin, uning
27
Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати. - Т.: Ўқитувчи, 1967. 92 -
бет.
28
Ўша асар, 93 - бет
291
matnidagi
“hur o’lka”, “to abad”, “ilmu fan”, “shuhrating”, “ajdodlar”,
“mardona ruhi senga yor”, “o’chmas iymoni”, “istiqlol mashoali”, “tinchlik
posboni”, “haqsevar ona yurt”, “mangu bo’l obod”, “jo’sh urgan”
kabi ko’pdan-
ko’p so’zlar, iboralar o’quvchilarga izohlab tushuntirilmasa, taolimdan ko’zlangan
maqsadga erishib bo’lmaydi.
4-sinfda Q. Hikmatning
“Qish to’zg’itar momiq par”
she’rini o’rganishda
albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. SHe’rni o’qishdan oldin unda
tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o’tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish
uchun o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan voqealarni o’qituvchi qisqa qilib aytib
beradi.
Ma`lumki, qish fasli go’zal ko’rinishi bilan odamda yoqimli tuyg’ular
uyg’otadi. Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash, qorbo’ron o’ynashdan
olam-olam zavq oladilar. Qishdagi sof va toza havogina emas, oppoq qorga burkalib
turgan daraxtlar, dala-bog’lar kishida ajib bir kayfiyat uyg’otadi.
“Qish to’zg’itar momiq par”
(Qudrat Hikmat) she’rini o’rganish jarayonida
agar qor yog’magan bo’lsa, ayni manzara tasvirlangan rasmlardan foydalanish ham
mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan, albatta, “kumush” sifati qo’shib aytiladi.
Bu shu fasl hukmronligi davridagi manzaraga, qorning oppoq bo’lib tovlanishiga,
ko’zlarni qamashtirishiga ishoradir. Ushbu she’rni o’rganish darsi dastlab
o’quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlashdan boshlanadi.
Qishning o’ziga xos belgilari, qishda o’ynaladigan o’yinlar, qish manzarasi
yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. O’quvchilarning qish faslida sovuq bo’lishi
tufayli ayrim qushlarning o’lkamizni tark etib janubga uchib ketishlari, qishda
sovuqqa mos issiq kiyimlarning kiyilishi haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib,
to’ldiriladi. SHundan so’ng o’qituvchi she’rni ifodali o’qiydi.
Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali taolimning asosiy shakli she’rni ifodali
o’qish hisoblanadi. Lirik she’rni ham o’quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok
etishlariga erishish muhim. SHuning uchun she’r birinchi marta o’qilganda, hech
qanday tushuntirish berilmaydi. SHe’r o’quvchilarga qanday taosir qilganini
hisobga olish, bilish zarur. O’qituvchi she’rni shunday ifodali o’qishi kerakki,
292
bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so’z kuchliroq taosir etsin.
So’ngra she’rni mustaqil o’qish topshiriladi. O’qish oddiy bo’lishi kerak.
O’qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g’azab hissini qichqiriq
ovoz bilan soxta ifodalashga yo’l qo’ymaslik zarur. Bolalar she’rni o’qiganda,
she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r ritmini
buzmasliklariga erishish kerak.
O’quvchilar she’r matnini mustaqil o’qiyotganlarida xattaxtaga maonosi
izohlanadigan so’zlar yozib qo’yiladi. Masalan,
“Qish to’zg’itar momiq par”
she’ri
o’rganilganda
“to’zg’itar”, “momiq par”, “oq namat”, “nazdimda”, “zarra”
so’zlari izohlanadi. SHundan so’ng, she’r o’quvchilarga navbat bilan o’qittiriladi,
uning mazmuni yuzasidan savollar asosida suhbat o’tkaziladi. Bunda quyidagicha
savollar berilishi mumkin:
“SHe’rda qaysi fasl tasvirlangan ekan?”, “SHoir qor
yoqqan joylarni nimaga o’xshatadi?”, “SHe’rda qor yog’ishi nimaga
qiyoslangan?”, “SHoir qorga qanday murojaat qiladi?”
. O’qituvchi berilgan
javoblarni to’ldirib, o’quvchilarning qish fasliga doir tushunchalarini boyitadi.
“Qish”
(Tursunboy Adashboev) she’rining hajmi unchalik katta emas. Lekin u
qishda hayvonlar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlarni bilib olishga yaqindan
yordam beradi. Bu she’rni o’qishdan oldin ham o’quvchilar bilan savol-javoblar
o’tkaziladi. O’quvchilar diqqati hayvonlarning qishdagi hayotiga qaratiladi.
Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning rangi o’zgarib, qorda o’zini dushmandan
himoya qiladigan oq rangga kirishi, ayiqning o’siq yunglari sovuqda yashashga qo’l
kelishi to’g’risida tushuncha beriladi. SHe’r matni bilan tanishishdan oldin
xattaxtaga
“ayoz”, “quyruq”, “so’qmoq”, “piyma”, “po’stin” “pahmoq”
so’zlari
yozilib, maonosi izohlanadi. SHe’rni navbat bilan o’quvchilarga to’rt-besh marta
o’qitilganidan keyin uning mazmuni yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. SHe’rning
to’la mazmuni uch-to’rt o’quvchilarga gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari
to’ldiriladi. Mazkur mavzuni o’rganish jarayonida maktab atrofiga sayohat
uyushtirish ham mumkin. Qishda qor bosgan dalalarni, tomlarni, daraxtlarni,
odamlarning va qushlarning qishdagi hayotini kuzatish o’quvchilarning mustaqil
fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun bo’lishi uchun boy material beradi.
293
O’quvchilar barglari to’kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko’rar ekan,
shu holatni ifodalagan
“qor ko’rpasiga o’rangan yalang’och daraxt”
yoki
“sovuqda mudrayotgan daraxt”
kabi iboralarni topishga harakat qiladi, bu esa
o’quvchilarning lug’at boyligining oshishiga xizmat qiladi.
SHe’r matni ham savollar asosida tahlil qilinadi. Ammo, she’r mazmuni haqida
o’quvchilarga ko’p savol berish tavsiya etilmaydi. O’quvchilar she’rning asosiy
mazmunini tushunganliklariga ishonch hosil qilishning o’zi kifoya. SHuni ham
aytish kerakki, bolalar hayoti, ularning o’ziga xos fikrlari, his-tuyg’ulari,
qiziqishlarini ifodalovchi, shuningdek, zamonamiz qahramonlari, o’zbek xalqi,
Vatan himoyasi, xalqimizning qahramonona ishlari haqidagi she’rlar mazmunini
to’liqroq tahlil qilish talab etiladi. Bunday she’rlarni o’qishga maxsus tayyorlaniladi:
she’r mazmuniga asos bo’lgan tarixiy voqea haqida qisqacha so’zlab beriladi yoki
suhbat o’tkaziladi.
Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan ko’pgina she’rlarni tahlil qilib, ifodali
o’qish mashq qilingach, ifodali yod aytib berish vazifasi topshiriladi.
She’riy nutq yengil yodlab olinadi, bolada estetik his-tuyg’u uyg’otadi. Kichik
yoshdagi o’quvchilar saviyasiga mos bolalarbop ravshan til bilan yozilgan sodda
ritmli jarangdor she’rlarni bolalar tez va oson yodlab oladilar.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga she’rni qanday yodlash kerakligi o’rgatiladi.
Buning uchun o’qituvchi o’quvchilar bilan she’rni teng satrli bir necha qismga
bo’ladi. O’quvchilarga har bir satr oxirida pauza (to’xtam) qilish, buning uchun satr
oxirida tinish belgisi bo’lishi shart emasligi, ritmik to’xtamda ovozni nuqtadagi kabi
pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikrni davom ettirishga imkon berishi
tushuntiriladi va bo’lingan qismlar navbati bilan yodlatiladi.
Epik (voqeiy) she’rlar yoki she’riy usuldagi adabiy ertaklar kishilar hayotida
yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo’lgan biror voqeani umumlashtirgan holda
ifodalash bilan hikoyalarga o’xshaydi. Voqealarni ifoda etuvchi vositalarning ohang
jihatdan tartibga solinishi, kichik bo’laklarning izchil va bir meoyorda takrorlanishi,
misralarda ohangdosh so’zlarning qo’llanishi bilan she’riy nutq sanaladi. SHu
294
sababli bunday asarlarni o’rganishda she’r va hikoya ustida ishlash metodikasidan
foydalaniladi.
Epik she’rlarni o’qishga o’quvchilar alohida tayyorlanadi, ularda ifoda etilgan
voqealar yuz bergan davr haqida tasavvur hosil qilinadi. Bunday she’rlarning
mazmuni qay darajada o’zlashtirilganligiga ham alohida eotibor qaratilishi lozim.
Bunda taolimiy vositalar-rasmlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Asar matni
ustida ishlashda uni qismlarga bo’lish, har bir qismdagi asosiy fikrni aniqlash, reja
tuzish va qayta hikoyalash, qahramonlarga tavsif berish va tarbiyaviy xulosalar
chiqarish kabi tahliliy ishlar amalga oshiriladi.
Epik she’rlarning nasriy asarlar kabi tuguni, kulьminatsion nuqtasi, yechimi
mavjud bo’ladi. SHu sababli asar mazmuni savol-topshiriqlar orqali tahlil qilinadi.
Savol-topshiriqlar o’quvchilar tomonidan ham tuzilishi mumkin.
Bunday she’rlarni tahlil qilish asar voqealari jarayonida qahramon holatlarini
o’quvchi ko’z oldida yaqqol gavdalantirish imkonini beradi. Bunda ayrim
epizodlarga rasmlar ham chizdirish mumkin.
Epik she’rlarning badiiy til vositalari maonolarini ochish, ohangdosh so’zlarni
aniqlash, band va misralar, bo’g’inlar sonini belgilash, ifodali o’qish, ayrim
epizodlarni yod oldirish kabi ish turlari qo’llansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
4-sinf «O’qish kitobi»da
«Mardlik va aql yorug’ligi»
(M. Aozam),
«Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi», «SHarq hikoyasi»
(A. Oripov),
«Har kim
ekkanin o’rar»
(M. Abdurashidxonov),
«Sodda qishloqi va uning eshagi qissasi»
(A. Jomiy),
«Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak»
(A.S. Pushkin),
«Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak»
(A. Obidjon) kabi epik she’rlar berilgan.
Bu asarlar ustida ishlashda ham yuqorida taokidlab o’tilgan ish turlaridan
foydalanish kerak.
SHe’rni izohli o’qish darsining tuzilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) she’r mazmunini yaxlit idrok etish uchun uni ifodali o’qib berish (birinchi
sintez);
2) she’rda tasvirlangan payt, hodisa haqida suhbat (analiz);
3) she’rni ifodali o’qishni mashq qilish (ikkinchi sintez);
295
4) she’rni yod aytib berishga tayyorlanish.
5) epik (voqeiy) she’rlar ustida ishlash.
Dostları ilə paylaş: |