O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   416
Uy vazifasi:
SHe’rni yod olish. SHe’r mazmuniga mos rasm chizish. 
Maqol o’rganish metodikasi 
Maqol
turmush tajribalari zaminida tug’ilgan va xalq donoligini ifodalagan 
qisqa, ko’pincha she’riy shakldagi hikmatli so’zlar, chuqur maonoli iboralardir. 
Maqollar xilma-xil mavzularda bo’lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. 
Ko’pincha maqol o’git, nasihat xarakterida bo’ladi: 
“Er haydasang - kuz hayda, Kuz 
haydamasang yuz hayda”, “Hunari yo’q kishining, mazasi yo’q ishining”
kabi. 
Maqol xalq og’zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo’lib, unda xilma-
xil badiiy ifoda vositalari - ohangdor tovushlar takrori bo’ladi. Katta hayotiy va 
ijodiy tajribaga ega bo’lgan ajoyib so’z ustalarining o’lmas satr va hikmatli so’zlari 
ham ko’pincha xalq maqollariga o’xshab ketadi. Masalan, A. Navoiyning “Mahbub 
ul-qulub”da aytgan bir qancha hikmatli so’zlari shular jumlasidandir: “
Oz-oz 
o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur”, “Tilga ixtiyorsiz - elga 
eotiborsiz”
va boshq
.
Maolumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga 
oshiriladi. Maqollarni o’rganishda ham bu bosqichlarga eotibor qaratish kerak. 1-2-
sinflar maqollarni o’rganishning birinchi bosqichi bo’lsa, savod o’rgatish davri 
maqollarni o’qish va o’rganishning tayyorlov bosqichidir. 
Savod o’rgatish davridayoq o’quvchilar maqollarni o’qiydilar. Alifbe davrida 
berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog’liq bo’lib, ular matn g’oyasini 
o’quvchilarga lo’nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda 
o’quvchilarga maqollar o’qitiladi, maonosini bilganlaricha izohlab berishlari 
so’raladi. O’quvchilar javobini o’qituvchi to’ldirib, misollar bilan dalillab beradi. 
Maqollarni o’rgatish o’qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir 
darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g’oyaga mos 
maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha 
ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug’atlar 
(Masalan: SH. SHomaqsudov, SH. 
SHorahmedovning «Hikmatnoma» (o’zbek maqollarining izohli lug’ati), Toshkent, 


305 
1990)
dan uning maonosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin 
bo’lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o’qituvchi “Maqollar to’plami” 
va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo’lishi kerak. 
Boshlang’ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o’qish va o’rganish, 
tahlil qilish asar o’qilib, tahlil qilinib bo’lingach amalga oshirilishi kerak. CHunki 
asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo’lgan g’oyani tushunmay turib, 
maqolning maonosini izohlash qiyin bo’ladi. Mualliflar ham maqol maonosini asar 
voqealari bilan izohlamoqchi bo’ladilar. 
1-2-sinflarda maqolni ifodali o’qish va yod olishga ahamiyat beriladi. 1-sinf 
darsligida bo’lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni 
o’rganishga katta eotibor berilgan. Masalan, 
“Xalq o’giti - baxt kaliti”
bo’limidagi 
savol-topshiriqlarda 
“Rostgo’ylik haqidagi maqollardan ayting”, “Odob insonga 
husn”
bo’limida 
““Qanoatda - barakat” maqolining maonosini tushuntirib 
bering”, “Ko’klam - yashnadi olam”
bo’limidan so’ng 
“Bilim olish haqidagi 
maqollarni ayting”
kabi vazifalar berilgan. Har bir bo’lim yuzasidan berilgan 
vazifalarda u yoki bu maqolni o’rganish ko’zda tutilgan. 
1-2-sinfda maqolning mazmunini o’rganish va yod olishdan tashqari, uning 
matnidagi izohtalab so’zlar, birikmalar ustida lug’at ishi o’tkazish, badiiy til 
vositalari, ko’chma maonoli, qarama-qarshi maono bildiruvchi, maqolda takrorlanib 
kelayotgan so’zlar maonosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan, 1-sinf 
«O’qish kitobi» da 
“Ona yurting - oltin beshiging”
maqoli berilgan. Mana shu 
maqol matni ustida ishlaganda, 
““Yurt” so’zini qaysi so’zlar bilan almashtirish 
mumkin?”, “Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?”, “Beshik oltin 
bo’ladimi?”
kabi savollar berish yo’li bilan o’quvchilarning lug’atini boyitish, 
bog’lanishli nutqini o’stirish ustida ishlanadi. Bundan tashqari
“Eling senga 
cho’zsa qo’l, Unga doim sodiq bo’l”
maqolining maonosini tushuntirishda shu 
bo’limdagi asarlardan, bolalar uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan 
sharoitlardan misollar keltirish lozim. Masalan, 
“”Jar” sport kompleksi sizning 
sog’lom o’sishingiz uchun yaratildi. Maktabda bepul bilim olyapsiz. SHunga 
javoban siz nima qilishingiz kerak?”
kabi. SHu maqolning badiiy til vositasi ustida 


306 
ishlashda 
““Qo’l cho’zsa” deganda nimani tushundingiz?”
kabi savollar bilan 
o’quvchilarga murojaat qilish va uning qanday maonoda kelayotganini aytib o’tish 
foydadan xoli bo’lmaydi. 
2-sinfda 
“Ish ishtaha ochar”
matnidan keyin: “
Ish ishtaha ochar, Dangasa 
ishdan qochar”, “Kuch birlikda”
matniga 
“Birlashgan o’zar, Birlashmagan to’zar”
maqollari keltirilgan. Bu maqollar ustida ishlaganda ham darslikdagi matn o’rganib 
bo’lingach, asarning g’oyasini ochishda va xulosa tarzida maqol mazmuni ochiladi. 
Maqol tili ustida 1-sinfda uyushtirilgan ishlar 2-sinfda ham davom ettiriladi. Maqol 
ustida ishlash orqali o’quvchilar uning yaratilishi haqida, uning oddiy gapdan farqini 
bilib oladilar. 
1-sinfda maqollarni to’g’ri o’qish va yod olishga eotibor ko’proq qaratiladi, 2-
sinfda esa o’quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish 
mumkin.
3-4-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o’rganish jarayonida 
ham muntazam o’rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o’rganishdan ko’zlangan 
maqsad o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to’g’ri va ongli o’qish 
malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so’zning va yaxlit maqolning 
maonosini to’liq idrok etishga erishishdir. O’quvchilar o’qilgan matn ichidan 
maqollarni, hikmatli so’zlarni o’zi mustaqil topa olish ko’nikmasini egallashi, ular 
yordamida o’qilgan asarlar yuzasidan to’g’ri hukm chiqarishga o’rganishlari zarur. 
3-4-sinflarning «O’qish kitobi»da 
«Xalq og’zaki ijodi»
bo’limi tarkibida 
«Maqollar»
mavzusi alohida olingan. Bu mavzuni o’rganishda maqolning kelib 
chiqishi, yaratilishi haqida dastlabki elementar maolumotlar beriladi. Bunda 
maqollar xalqning uzoq yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi, tarbiya 
vositasi sifatida har bir xalqning milliy maonaviyatining shakllanishida muhim 
vosita bo’lishi haqida dastlabki tushunchalar beriladi. 
Maqollar mavzular bo’yicha guruhlab o’rgatiladi. Masalan, 4-sinf «O’qish 
kitobi»da maqollar 
«Ona yurting-oltin beshiging», «Eldan ayrilguncha, jondan 
ayril», «Mehnat-baxt keltirar», «Odobing-zebu ziynating», «Olim bo’lsang, olam 
seniki», «Ko’ngil ko’ngildan suv ichar» 
kabi mavzular asosida birlashtirilib 


307 
berilgan. O’quvchilarga maqollarni mavzu bo’yicha guruhlab o’rgatishda o’qish 
mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish, 
uning mazmun-g’oyasini maqol bilan bog’lash kerak. Bu jarayonda o’quvchilarning 
hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni izohlash yoki 
o’quvchilarga maqol g’oyasiga mos bironta hikoya tuzish mustaqil ish sifatida 
berilishi ham mumkin. 
3-4-sinflarda maqol janri bo’yicha tahliliy ishlar o’quv yili davomida izchil 
uyushtirilib boriladi, yaoni 
«Asar g’oyasiga oid maqol ayting», «Maqollar asosida 
krossvord tuzing, rebus yarating»
kabi topshiriqlar beriladi, 
«Maqollar aytish 
musobaqasi», «Maqollar mushoirasi»
kabilar tashkil qilinadi.
Maqollarni o’rganishda ko’rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan 
bog’liqligi, taolim-tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi. 
4-sinf yakunida maqol janrini o’rganish yuzasidan umumlashtiruvchi darsni 
tashkil qilish zarur. Bunda o’quvchilarga yod olingan maqollar mavzusiga qarab 
guruhlash ustida ish olib boriladi. 
Yuqoridagilarni hisobga olganda, maqolni o’rganishda quyidagi ish turlaridan 
foydalaniladi: 
1. Maqolni o’qib, uning mazmuni ustida ishlash. 
2. Maqoldagi so’zlarning maonosini izohlash. 
3. Badiiy til vositalari ustida ishlash. 
4. Maqolni yod oldirish. 
5. Maqol matnidagi qarama-qarshi maonoli va maonodosh so’zlarni aniqlash 
va ularning maqolda ifoda etilgan g’oya bilan aloqasini ochish. 
6. Matn mazmuni va g’oyasiga mos maqol toptirish. 
7. Maqollarni mavzular bo’yicha guruhlash. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin