303
«Mening Vatanim», «Baxtli bolalar», «Uch o’rtoqning sovg’asi», «Soatjonning
soati», «O’g’lim bilan suhbat» to’plamlari bor.
Guruhlarning bali eolon qilinadi.
II. Anglash bosqichi.
Maqsad:
«Bahor» asari orqali o’quvchilarning
bahor tabiati,
qushlarning
harakati
haqidagi bilimlarini boyitish, ifodali o’qish ko’nikmalarini
takomillashtirish.
O’quvchilar
nutqiga
“mayin shamollar”, “soyabon tollar”, “tong yellari”,
“o’tlar tebranar”, “ko’kni quchgan teraklar”
iboralarini kiritish.
Metod.
Muctaqil ish metodi.
1-topshiriq.
SHe’rni ichingizda o’qing. Ifodali o’qib berishga tayyorlaning.
O’qish uchun 1-2 daqiqa beriladi. So’ng har bir guruhdan 4-5 o’quvchiga
o’qitiladi. Ular baholanib boriladi, guruhning ifodali o’qish bo’yicha umumiy bali
eolon qilinadi.
2-topshiriq.
Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlang. Har bir guruh o’z
ichida savol-topshiriqlarni bo’lib olib, tayyorgarlik ko’rsin.
Tayyor o’quvchi joyidan turib javobini aytaveradi.
Guruhlar bir-birining
javobini to’ldiradi.
III. Fikrlash bosqichi.
Maqsad:
O’quvchilarning mavzu
yuzasidan olgan bilimlarini,
hayotda
ko’rgan-kuzatganlarini, eshitganlari bilan bog’lab ifodalab berishga o’rgatish. Dars
taassurotlarini eshitish orqali keyingi darsning vazifalarini rejalashtirib olish.
Metod.
Suhbat metodi.
Savollar:
− Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?
− SHe’rni o’qishdan oldin bahor, uning ob-havosi, tabiat ko’rinishi, qushlar
hayoti haqida nimalarni bilar edingiz?
− Bugungi darsda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?
− Dars sizga yoqdimi?
− Sizningcha, darsda qaysi guruh faol ishtirok etdi?
304
O’quvchilarning fikri umumlashtirilib, guruhlar to’plagan ballar va ayrim faol
o’quvchilarning bahosi eolon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: