302
Savol-topshiriqlardan namunalar:
− O’qing. Qanday badiiy vosita qo’llanganini ayting.
“Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to’n kiydi, oq, sariq, ko’k, qizil rangli
yoping’ichlar bilan bezandi”.
− O’qing. Qanday badiiy vositalar qo’llanganini ayting.
“Bo’z yer yuziga yashil parda tortdi, go’yo Xitoy karvoni CHin hariri ipak
matolarini har tomonga yoydi”.
− O’qing. Qanday badiiy vosita qo’llanganini ayting.
“Qora qarg’a tumshug’ini ko’pirtirib qag’illaydi, uning ovozi tantiq qizning
ovozi kabi yoqimsizdir”.
− O’qing. Qanday badiiy vosita qo’llanganini ayting.
“Mag’rur turnalar ko’kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilgan tuya
karvonidek uchmoqda”.
Guruhlar bali eolon qilinadi.
3. Matnni topshiriqlar asosida o’qitish.
− «Bahor taorifida» matnini o’qing. Undan ko’chma maonoda qo’llangan
so’zlarni toping (
Bahor nafasi, firdavs yeli, o’z hukmiga, harir yoping’ich, har
tomonga yoydi, kaklik kulmoqda, gullar yuz ochib, qah-qah urib kulmoqda
kabi).
Guruhlarning bali eolon qilinadi.
4. Bahor fasli haqida o’quvchilar tushunchasini aniqlash.
− Bahor fasliga xos xususiyatlarning tarmoqlash usulida ifodalang, uni
doskaga iling va izohlab bering.
− «Bahor» she’ri muallifi Qudrat Hikmat haqida nimalar bilasiz? Og’zaki
gapirib berishga tayyorlaning. SHoirning qaysi she’rlarini yod bilasiz? (O’quvchilar
«Qish to’zg’itar momiq par» she’rini aytishadi)
Dostları ilə paylaş: