Nazariy maolumot. Maqollar – xalqning hikmatli ifodalari, hayotiy tajriba
asosida yuzaga kelgan dono fikrlarining ixcham shakli. Maqollar she’riy va nasriy
tuzilishga ega. Maqollar ona-Vatanni sevishga, uning har bir qarich yerini asrashga,
kasb-hunar egallashga, mehnat qilishga, to’g’ri so’z bo’lishga, yaxshi odob va
olijanob xulqli bo’lishga chaqiradi.
II. Anglash bosqichi. Maqsad: maqollarni ifodali o’qish, mazmunini misollar
bilan ochib berishga o’rgatish.
Metod: Suhbat, guruhlarga bo’linib ishlash.
O’quvchilar 4 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uchun maolum mavzudagi
maqollarni o’qib o’rganish topshiriladi.
1. Topshiriq. Ifodali o’qish mashqi o’tkaziladi. Bunda guruhdagi har bir
ishtirokchi bittadan maqolni ifodali o’qib beradi.
2. Mustaqil ish. O’quvchilar o’qigan maqollariga darslikdan mos asarlarni
tanlab, maqolning maonosi bilan asarda aytilayotgan fikrning bog’liqligini izohlab
beradilar. Masalan,
«Elidan ayrilgan yetti yil yig’lar, Vatandan ayrilgan o’lguncha yig’lar» maqoliga Bobur haqidagi
“Hidi tilimi va mazasidan” asarini misol qilib
keltirish mumkin.
Savol-topshiriqlar beriladi:
− Darslikdan
“El boshiga tushgan ish, Er boshiga tushgani” maqoliga mos
asarni eslang. SHu maqol qaysi asar g’oyasiga mos keladi?
− “Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni yiqar” maqoliga qaysi asar g’oyasi
mos? (“Mardlik va aql yorug’ligi” ) va hok.
3. Maqollar yuzasidan rebus yechish. 1) [oltin rasmi] [o’t rasmi]da bil[in rasmi] [ari rasmi] (r→d),
[odam rasmi] – [mehnat qilayotgan kishi rasmi]da.
2) [ko’z rasmi](k)i [100]sizning [ko’z rasmi](k→s)i [tuz]siz.