O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   416
vazifasiga
talabalarni ona tili o`qitish jarayonida butun 
qobiliyatlarini namoyon eta oladigan va ilmiy asoslangan zamonaviy metod, usul, 
ta`lim shakllari va vositalaridan foydalana biladigan, o`quvchilar shaxsini 
rivojlantirishga, shuningdek, o`quvchilarning ona tilidan bilim, ko`nikma va 
malakalarni egallashga qaratilgan rejalashtirilgan natijalarga erisha oladigan qilib 
yetishtirish kiradi. 
Ona tili o`qitish metodikasini o`rganish natijasida talabalar quyidagilarni 
bilishi talab etiladi: 
-ona tili o`qitish metodikasining maqsadini, mazmunini, metod, usul va 
vositalarini bilishi; 
-boshlang`ich sinf ona tili dasturi mazmuni va talablarini; 
-ona tili darsliklarida mavzuni o`rgatish uchun berilgan o`quv materiallarining 
sifatini baholay bilishi, munosabat bildira olishi; 
-o`rganilayotgan mavzuni rejalashtirishni va darsni loyihalashni; darsning 
maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladigan o`qitish metodlari, usullari va 
vositalarini tanlay olishi va darsni olib borishi


375 
-ona tili va nutqni egallash, o`zlashtirishda o`quvchilar duch keladigan 
qiyinchiliklarni aniqlay olishi va ularni bartaraf etish yo`llarini bilishi; 
-ona tili ta`limining natijalarini hamda o`quvchilar nutqining rivojlanishini 
baholay bilishi; 
-ilm bilan amaliyotning dolzarb muammolarini tasavvur qila olishi, 
boshlang`ich sinfda ona tili ta`limi sohasidagi pedagogik tajribalarni tahlil qila 
olishi va baholay bilishi. 
Boshlang`ich sinfda fonetika, morfemika, grammatika va imlo metodikasi 
o`quvchida lingvistik bilim asoslarini va tilning morfemik va morfologik
birliklaridan, sintaktik qurilishidan o`z maqsadiga mos ravishda og`zaki va yozma 
nutqda to`g`ri foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Grammatikani o`qitish metodikasi bo`limi boshlang`ich sinfda ona tilining so`z 
strukturasini, so`z yasalishida morfemalarning rolini (“So`z tarkibi”), so`zning 
grammatik ma`nolarini (“So`z turkumlari”), shuningdek, nutqda so`zlarning boshqa 
so`zlar bilan aloqasini (so`z birikmasi va gap) o`rgatish mazmunini belgilaydi, so`z 
yasalishi hamda imlo malakalarini, morfologik va sintaktik tushunchalarni 
shakllantirish metodlarini o`ganadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin