365
Taxt o’tkinchi, e nodon,
Men ketdim, sen yashayver.
Ilmsiz yurt – biyobon,
Men ketdim, sen yashayver…
SHoirning
Jaloliddin Manguberdi, shoir Miraziz Aozam, yozuvchi
Tog’aymurod va boshqalar haqidlagi she’rlaridan o’qib berish ham mumkin.
O’qituvchi aytilgan she’rlar yuzasidan suhbat uyushtiradi.
8. Krossvord yechish.
Topshiriqlar:
Bo’yiga:
1. SHe’r yozadigan odam.
Eniga:
2. SHoir yozadigan janr. 3. SHoirning ismi. 4. SHoirning familiyasi.
9. Uyga vazifa.
Keyingi darsdagi sinfdan tashqari o’qish uchun asarlar tavsiya
qilinadi, Anvar Obidjon she’rlaridan yod olib kelish topshiriladi, sahna
asarlarini
rollarga bo’lib o’qishga tayyorlanib kelish, she’r va sahna asarlari mazmuniga mos
rasmlar chizish vazifa qilib beriladi. O’quvchilarning o’zlari ham she’r yozib
kelishlari mumkinligi aytiladi.
10. Darsni yakunlash.
O’qituvchi keyingi STO’ darsida qaysi bolalar
yozuvchilari ijodi bilan tanishishni istashlarini so’raydi. Darsda faol ishtirok etgan
o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarini rejalashtirish va
STO’ uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
Boshlang’ich taolim jarayonida o’quvchilar
badiiy va ilmiy-ommabop
kitoblarni mustaqil o’qiy va tanlay oladigan, ularning mazmun-mohiyatini
tushunadigan bo’lishlariga erishish lozim. Bu jarayonda o’quvchilarning faqat
kitoblarninggina emas, balki gazeta va jurnallar mutolaasiga ham qiziquvchan faol
kitobxon bo’lishlariga eotibor qaratiladi.
Mavjud dasturlarda sinfdan tashqari o’qish davomida o’quvchilar
egallashi
zarur bo’lgan bolalar yozuvchilarining asarlarini tanlay bilish, mustaqil o’qigan
kitoblarini, ulardagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholash, asar syujetidagi
366
muhim o’rinlarni ajrata olish, sinfdan tashqari o’qish kundaligi yuritish kabi
ko’nikmalarni egallash belgilab berilgan.
Sinfdan tashqari o’qish, o’z navbatida, qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat
bo’lib, o’quvchilarning bilimi
va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga
faol munosabat uyg’otadi. SHuning uchun ham bu xildagi darslarning qurilishi ham
xilma-xil bo’ladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilar o’qigan kitoblari hisobga
olinadi, yangi kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar yuzasidan
o’tkaziladigan suhbatlarda asar mavzusi, janri,
kompozitsion tuzilishi, syujet
qurilishi, qahramonlar timsoliga oid tahlil elementlari o’qituvchi savollari asosida
o’quvchilar ongiga singdirila boriladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatlar o’tkaziladi.
Darslar rejasi butun o’quv yili uchun oldindan tuzilishi lozim.
Sinfdan tashqari o’qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy
faoliyatga o’rgatish, bilimini boyitish va o’qish ko’nikmalarini takomillashtirishdir.
O’quvchilarga sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qishlari zarur bo’lgan kitoblar,
ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko’rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi
bilan birgalikda kitob ko’rgazmalari tashkil etiladi.
Bu jarayonda kitob
muqovasi, tituli, betlarini farqlay olish, asar muallifi, nomlarini, rassomlarni tanib-
bilib olish, rasm asosida asarlarning nima haqida ekanini, mazmunini aniqlashga
erishish muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan kitob
tanlash va o’qish ko’nikmalarini
shakllantirish, ularni o’qigan asari mazmunini
qisqacha so’zlab berishga o’rgatish lozim.
O’qish mavzusi sinfda o’qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg’unligiga, taolim-
tarbiya birligiga, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga
rioya qilgan holda
belgilanadi hamda asarlar tanlanadi.
Bunda sinfdan tashqari o’qish uchun tanlanadigan mavzular, asosan,
quyidagicha rejalashtirilishi mumkin:
1. Gulla - yashna hur O’zbekiston!
367
2. Mustaqillik − oliy neomat.
3. O’zbekistonning qahramon o’g’lonlari.
4. Tabiat – bizning uyimiz.
5. Odob − oltindan qimmat.
6. Ona tilim − jonu dilim.
7. Bilim ol – hunar tanla
va boshq.
Boshlang’ich sinflarda STO’ darslarini rejalashtirishda quyidagilarga
asoslaniladi:
1. Mavsumiy tamoyilga va milliy anoanalarimiz bilan bog’liq bo’lishi.
2. STO’ darslarini sinfdan sinfga o’tgan sari bosqichli izchillik tamoyili asosida
kengaytirib borish.
3. Sinfda o’qish darslarida o’rganiladigan mavzular bilan bog’liq bo’lishi.
4. Bolalar yozuvchilarining tavallud kunlari bilan bog’liq holda ularning ijodini
o’rganish.
5. Bolalarning qiziqishlarini hisobga olish.
6. Adabiy jarayon bilan hamnafas bo’lishi.
7. STO’ uchun beriladigan topshiriqlarning ijodiy xarakterda bo’lishi.
8. O’quvchilarda mustaqil o’qish ko’nikmalarining shakllanishiga eotiborni
kuchaytirish va rahbarlik shakllarining xilma-xil bo’lishi.
4-sinfda (STO’ning asosiy bosqichi) STO’ darslarining
bir yillik taxminiy
rejalashtirilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: