358
Sinfdan tashqari o’qish darsi namunalari:
I. 1-sinfda (tayyorlov bosqichi) STO’ darsi.
Mavzu:
CHo’pon yigit SHiroq.
Darsning maqsadi:
a) afsonaviy qahramonlar
haqida maolumot berish;
b) o’quvchilarda vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash.
Darsning metodi:
suhbat.
Darsning jihozi:
asar mazmunini yorituvchi rasmlar.
DARSNING BORISHI:
1. Kirish suhbati.
O’quvchilardan vatanini dushmandan asragan
qahramonlardan kimlarni
bilishlari so’raladi. To’maris, Jaloliddin Manguberdi,
Najmiddin Kubro nomlari
sanalib, SHiroq degan qahramon ham o’tganligini, uning qahramonligi haqida
xalqimiz, “CHo’pon yigit SHiroq” degan afsona yaratgani aytiladi.
2. “CHo’pon yigit SHiroq” afsonasi o’qib beriladi.
Z. Afsona yuzasidan dastlabki suhbat o’tkaziladi:
− Afsona sizga yoqdimi?
− Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan?
− SHiroq nima
uchun xanjari bilan burni, quloqlarini kesadi?
− Keyin SHiroq kimning oldiga boradi?
− U shoh Doroga nima deydi?
− SHiroq Doro qo’shinlarini qaerga olib bordi?
− SHiroq nima deb hayqiradi?
O’quvchilar javobi umumlashtirilib,
vatanni sevish, uning tinchligi uchun
kurashish kerakligi taokidlanadi.
4. Asarga ishlangan rasmlar ko’rsatiladi.
Bu
jarayonda asar mazmuni
yuzasidan rasmlarga bog’lab qisqacha suhbat uyushtiriladi.
5. SHiroq rasmini uyda chizib kelish topshirig’i beriladi.
O’quvchilarga ota-
onalaridan qahramonlar haqida ertak, hikoya bilib kelishlari va ota-onalariga SHiroq
haqida gapirib berishlari aytiladi.