353
kitobxonlar ma’naviyati va ruhiyatini o’rganish murakkablashmoqda. Chunki
matbuot, radio, televideniya axborotlari tufayli yoshlarning mustaqil fikrlash
darajasi o’smoqda. Bu esa badiiy asarni targ’ib qilish uslublarining turli shakl va
uslublaridan foydalanish tufayli tushuncha doirasini aniqlash kerak. Badiiy
asarni
tahlil qilishning shakl va usullarini uzluksiz takomillashtirib borish, o’quvchilarga
badiiy asarning ta’sir kuchini oshirish yo’llarini ishlab chiqish esa sinfdan tashqari
o’qishni san’at darajasiga ko’tarishning asosiy shartidir. O’quvchilarda badiiy asarni
emotsional qabul qilish, kishilar ruhiyatini anglash ehtiyoji tug’ilishi bilan
adabiyotni o’rganish zaruriyati paydo bo’ladi. Badiiy asarni o’rganish
jarayonida
o’qituvchi o’quvchilardagi ana shu ehtiyojni rivojlantirish orqali ularni san’at
olamiga yetaklaydi, kichik kitobxonning yoshi bilan darajasini hisobga oladi.
Badiiy adabiyotni idrok etish estetik xuzur-halovat bilan bog’liq. Badiiy
asardagi bu xususiyat o’quvchida quvonch, xuzur-halovat, estetik qoniqish xissini
vujudga keltiradi. Bu rohatlanish qanchalar yuqori bo’lsa, badiiy asarda tasvirlangan
voqealik, ruhiy va ijtimoiy muommolar o’quvchining
aqliy va xissiy dunyosini
rivojlantiradi, nutqini boyitadi, ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stiradi.
Badiiy asarni to’g’ri tanlay bilish ham asar g’oyasini ta’lim-tarbiya tomonidan
chuqur o’zlashtirishning muhim omillaridan biri bo’lib, uni tanlashda ma’lum
mezonlarga asoslanadi. Badiiy asarning g’oyaviy-badiiy qimmati, adib ijodida
asarning xarakterli o’rni; asarning yaratilgan va o’rganilayotgan davr uchun
ahamiyati; badiiy asarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyati ; badiiy
asarning o’quvchi
yoshiga mosligi, munosibligi; o’quvchida qiziqish uyg’otishi;
o’quvchining ma’naviy qiziqishi, talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan
iboratdir. Boshlang’ich sinflarni sinfdan tashqari o’qish darslarida jahon adabiyoti
namunalari bilan bir qatorda o’zbek mumtoz adabiyotini o’rganish muhim
ahamiyatga ega.
Klassik adabiyot namunalari
mazmunida chuqur falsafiylik, farosatlilik
o’quvchini uzoq o’tmishga sayohat qildiradi, madaniyatimiz tarixi bilan tanishtiradi.
354
Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan
adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini
ishlab chiqishdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda
quyidagi tamoyillarga amal
qilinadi:
Dostları ilə paylaş: