O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   416
yordamchi shakllari
ham mavjud 
bo’lib, ular barcha ishlarni izchil uyushtirishni taominlaydi, STO’ darslari uchun 
sharoit yaratadi. Bunday shakllarga quyidagilar kiradi: 
1. Kitobni targ’ib qilish.
STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga 
yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab 
turiladi, to’ldiriladi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar 
uyushtiradi. 
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. 
O’quvchilarning 
o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi. 
SHaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan 
suhbat o’tkaziladi. 
3. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar.
Adabiy ertaklar, viktorinalar, 
yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun 
maxsus tayyorgarlik ko’riladi. 
4. Kutubxonaga yozilish. 
1-sinf o’quvchilari o’qituvchining tavsiyasi bilan 
kutubxonaga aozo bo’ladi. Bu jarayonda o’qituvchi va kutubxonachi hamkorlikda 
ish olib borishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 
5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olish.
Bunda ularning kitobxonlik 
kundaligidan foydalaniladi. 1-sinf o’quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab 
kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa 
unga nashr etilgan joyi va yilini qo’shib yozadilar. 3-4-sinflarda o’qigan kitobining 


357 
qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o’z mulohazalarini ham qo’shishlari 
mumkin. 
O’quvchilarning o’qigan kitoblari og’zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular 
o’qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yakka 
tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar. 
Sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari 
Sinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO’ tizimining 
bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga 
qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinchidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan 
belgilanadi. 
1-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi, 
boshlang’ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o’quvchilar 
o’qiydilar. 
Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o’quvchilar 
o’qiganlarini taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalashga, qahramonlarni 
elementar tavsiflashga o’rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo’lib o’qishdan 
foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO’ darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-
sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. O’quvchilar mustaqil o’qishga o’rgatiladi, 
ular “G’uncha”, “Gulxan” jurnallari bilan, “Tong yulduzi” gazetasi bilan 
tanishtiriladi, yaoni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o’zbek, 
qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi 
asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o’quvchilar bir nechta asarlar o’qib kelib, ular 
haqida o’z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm chizadilar. Bu 
jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. SHu tarzda 
adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi. 
Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qilgan kitobni muhokama qilish, ijodiy 
qayta hikoyalash, intsenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o’qish, kitoblar tavsiya 
qilish usullaridan keng foydalaniladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin