355
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik shakllari
STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir.
Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik
qiziqishlari,
bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy
qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi,
shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi va
o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda
qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka
erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi.
SHularga qaramay, STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga
oshirishi uchun maolum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir:
1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular
o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi
o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati
yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin).
2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya
qilish shakllari turlicha bo’lib,
ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda
ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan
biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki filьm namoyish etishdan iborat
bo’lishi mumkin.
3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar
hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda
o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari
mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib
o’qishdan ham foydalaniladi.
4. Har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodi orqali tahlil ishlari
amalga oshiriladi. Bunda erkin hikoya qilish uchun “Senga asardagi nimalar
yoqdi?”, “Bu kitob haqida sen nimalar ayta olasan?”
kabi savollar beriladi va
o’quvchilarning ijodiy hamda mustaqil qayta xikoyalash malakalari shakllantiriladi.
356
5. Har bir darsda maolum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qilinadi:
muallif haqida maolumotlar to’plash, kitob nomiga qarab u nima haqda ekanligini
aytish, o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish,
alьbomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish kabi ishlar amalga oshiriladi.
6. Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o’qish darslarida
qo’llanadigan barcha usullardan ijodiy foydalaniladi.
7. Har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi,
yakunlovchi suhbat uyushtiriladi. Umumlashtirishga ko’rgazma ham, alьbom tuzish
ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning
Dostları ilə paylaş: