O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


 Yangi asarni o’qishga o’quvchilarni tayyorlash mazmuni



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   416
24.. Yangi asarni o’qishga o’quvchilarni tayyorlash mazmuni... 
A. Asar voqealari yuz bergan davr haqida ma’lumot berish 
B. Lug’at ustida ishlash 
S. Yozuvchining hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish 
D. Barcha javoblar to’g’ri 
25.4-sinf “O’qish kitobi”da berilgan masal nomini aniqlang. 
 
A. Taqa bilan baqa. B. Qaysar buzoqcha. S. SHer bilan durroj. D. Irmoq 
26. 4-sinf “O’qish kitobi”da berilgan she’r nomini aniqlang.
A. Serquyosh o’lka 
B. O’zbegim 
S. O’quvchiga esdalik. D. So’nggi axborot 


348 
SINFDAN TASHQARI O’QISH METODIKASI 
 
Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari 
 
Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda 
kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma`lum bir mavzuga oid 
kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol 
kitobxonni tarbiyalaydi. SHu jihatdan sinfdan tashqari o’qish (STO’) tarbiyaning 
asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi. 
O’quvchining ma’naviy dunyosini boyitishda shubhasiz badiiy adabiyotning 
ahamiyatini hech narsa bilan tenglab bo’lmaydi. Ayniqsa sinfdan tashqari o’qish 
darslarida sinfda o`qish darslarida o’rganilgan mavzularga turdosh mavzularni, 
badiiy asarlarni o’rganish, o’quvchilarni mustaqil faoliyatga yo’llashi shubhasisdir. 
Sinfdan tashqari o’qish darslarini to’g’ri uyushtirishning o’zi alohida ta’limiy-
didaktik muommo hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari ta’limiy-
didaktik masala sifatida professorlar: K.Qosimova, A.G’ulomov, S.Matjonov, 
shuningdek, dotsentlar: V.Ma’qulova kabi olimlar tomonidan ma’lum darajada 
ishlangandir. Bu borada V.Svetlovskaya, O.Jalilliy kabi metodistlarning ham 
xizmatlarini alohida ta’kidlash joizdir. Ulardan Hikmatulla Abdullayev “1-sinflarda 
sinfdan tashqari o’qish”, Barno Ma’qulova esa “Boshlang’ich sinflarda sinfdan 
tashqari o’qish metodikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashgan. B. 
Ma’qulova bilan T.Adashboyevlarning “Kitobim-oftobim” ( 1-sinflar uchun 
sinfdan tashqari o’qish uchun o’quv qo’llanmasi) , B.Ma’qulova bilan 
S.Matjonovning “Kitobim-oftobim” ( 2-sinflar uchun darsdan tashqari o’qish uchun 
o’quv qo’llanmasi) , B.Ma’qulova, E.Abduvoitovlarning “Kitobim-oftobim” ( 3-
sinflar uchun sinfdan tashqari o’qish uchun o’quv qo’llanmasi) kabi asarlar 
boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish faoliyatlarida asosiy manbalardan biri 
vazifasini bajaradi. 
Metodist Barno Ma’qulova sinfdan tashqari o’qish darslarini tizimlashtirishiga, 
amaliyot bilan chambarchas bog’lashga muvoffaq bo’lgan. Uning fikricha, sinfdan 
tashqari o’qish darslarida asosiy dars jarayonida ijodi o’rganilgan yozuvchilarning 


349 
boshqa asarlarini yoki asosiy darsda o’rganilgan muayyan mavzuga tegishli yangi 
bir asarni o’rganish har jihatdan maqsadga muvofiqdir. Tabiiyki, boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining yozuvchilar haqidagi ma’lumoti deyarli yo’q darajada. Shuning 
uchun ham sinfdan tashqari o’qish darslarida badiiy asarlar tahlilini o’sha asarni 
yaratgan ijodkorlarning hayoti, lozim bo’lsa shaxsiyati bilan bog’liq ma’lumotlar 
bilan bog’lab talqin etilsa o’quvchilarning qiziqishi har jihatdan ortadi. 
Ko’rinadiki, boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari 
orqali o’quvchilarni nafaqat badiiy asarlar bilan yaqindan tanishtirish, lug’atini 
boyitish mumkin, balki ularda mustaqil ishlash, badiiy asarni baholash, adabiy 
qahramonlarning xatti-harakatlariga to’g’ri munosabat bildirish, asar voqealari 
o’rtasidagi sababiy bog’lanishlar mazmunini anglash ko’nikma va malakalari 
shakllanadi. Natijada dastur bo’yicha o’quvchilar tomonidan egallanishi zarur 
bo’lgan bilimlar, ko’nikma va malakalar o’zlashtiriladi. 
STO` darslarida xorijiy yozuvchilar asarlarini ham o’rganish, boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari hamda boshlang’ich sinflarda o’qish metodikasi bilan 
shug’ullanuvchi ilmiy tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Aka-uka 
Grimmlar, Xans Kristian Andersen, Jonathan Svivft, Sharl Perro, Aleksandr 
Pushkin, Abulqosim Firdavsiy, Lev Tolstoy kabi kabi xorijiy xalqlar adabiyoti 
vakillarining asarlari misolida sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida mustaqil 
tarzda xorijiy xalq adabiyotini o’rganish o’quvchilarni dunyo xalqlarining turmush 
tarzi, ma’naviy olami, ruhiyati bilan chuqur tanishtirishga xizmat qiladi. Shunisi 
diqqatga sazovorki, boshlang’ich sinflarning o’qish dasturlarida hamda o’qish 
kitoblarida xorijiy xalqlar adabiyotini o’rganishga juda kam o’rin ajratilgan. 4- sinf 
o’qish kitobi bundan mustasno. Chunki mazkur darslikda maxsus “Jahon bolalar 
adabiyoti” bobining berilishi, mazkur bobda F.Erding, Aka-uka Grimmlar, J.Svift, 
A.S.Pushkin hamda Abulqosim Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy kabi qardosh xalqlar 
adabiyoti namunalarining o’rganilishi alohida e’tiborga loyiqdir. 
Sinfdan 
tashqari 
o`qishning 
maqsadi 
ham 
o’qish 
malakalarini 
takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan 
kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.


350 
Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. Bunday 
darslar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkazilib kelindi. 
Hozirgi dasturga ko’ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada bir marta o’tkaziladi. 
Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi 
ajratiladi. 
Sinfdan tashqari o’qish sinfda o`qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq 
bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan 
yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, 
ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. 
O’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, 
shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini 
shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. 
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari uchun haftadagi oxirgi o’qish darsining 
20 daqiqasi ajratiladi va keyingi bosqichlarda ikki haftada bir marta o’tkaziladi. 
Bunda o’qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. 
Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina, 
o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi. 
Bunda o’qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o’tkazish, 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin