O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


III. 4- sinfda (asosiy bosqich) STO’ darsi namunasi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   416
III. 4- sinfda (asosiy bosqich) STO’ darsi namunasi. 
Mavzu.
Anvar Obidjon – bolalarning sevimli shoiri va yozuvchisi. 
Darsning maqsadi:
o’quvchilarda badiiy adabiyotga qiziqish uyg’otish, 
ularning mustaqil o’qish ko’nikmalarini shakllantirish, Anvar Obidjon ijodi bilan 
tanishtirish, shoirning ijodiga qiziqish uyg’otish, o’quvchilarda ijodkorlik 
xususiyatini paydo qilish. 
Darsning shakli
: Noanoanaviy, sayohat darsi. 
Dars metodi.
Kichik guruhlarda ishlash, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi.
Anvar Obidjon portreti, to’plamlari, sahnani jihozlash. 
 
DARSNING BORISHI: 
1. Anvar Obidjon to’plamlari ko’rgazmasi tashkil etiladi.
O’quvchilar 
kitoblarni qo’llariga olib, varaqlab ko’radilar, tomosha qiladilar.
O’quvchilarga to’plamlarini ko’rishlaridan oldin quyidagi topshiriqlar beriladi:
− Anvar Obidjonning qanday to’plamlari bor? 
− SHoir to’plamlarining nomini bilib oling. 
− O’zingizda qiziqish uyg’otgan to’plamni varaqlab o’rganing. 


363 
2. Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqida suhbat o’tkaziladi: 
− Anvar Obidjon kim ekan? 
− Uning qaysi she’r va asarlarini o’qigansiz? 
− SHoir haqida yana nimalarni bilib oldingiz? 
SHoir haqida o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olib maolumot beriladi: 
− O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg’ona 
viloyatining Oltiariq tumanida tug’ilgan. Uning “SHkafcham” she’ri 6-sinfda o’qib 
yurgan vaqtlarida “G’uncha” jurnalida bosilgan.
− Siz Anvar Obidjonning qaysi to’plamlari nomini bilib oldingiz? 
− “Ona yer”, ”Bahromning hikoyalari”, “Ey yorug’ dunyo”, ”Ketmagil”, 
“Olovjon va uning do’stlari”, “Bezgakshamol”, ”Masxaraboz bola”, “Juda qiziq 
voqea” va boshq. 
− Adibning “Qo’ng’iroqli yolg’onchi”, ”Pahlavonning o’g’irlanishi”, 
“Topsang hay-hay”, “Navro’z va boychechak” kabi pьesalari “Yosh tomoshabinlar 
teatri”da sahnalashtirilgan.
− Anvar Obidjonning kino qilingan qaysi asarlarini bilasiz? 
− “Tilsimoy − g’aroyib qizaloq”, ”Dahshatli meshpolvon” va boshq. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin