O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   416
Mavzu: Tabiat- mening uyim. 
Darsning maqsadi: 
she’r mazmuni bilan tanishtirish va tabiat haqidagi bilim, 
ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, she’r o’qish sifatlarini takomillashtirish, 
tabiatga mehr-muhabbat hissini kuchaytirish. 
Dars turi:
yangi bilim beruvchi. 
Dars usuli:
suhbat, tushuntirish. 
Dars jihozi:
tabiat manzarasi tasvirlangan plakat, rasmlar, qushlarning 
rasmlari.
DARSNING BORISHI: 
1. Tashkiliy qism: 
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash; 
v) o’quvchilarni darsga hozirlash. 
2. Yangi mavzuning bayoni: 
1. Bir necha o’quvchiga 
“Tabiat − mening uyim”
she’ri yod ayttiriladi. 
Dalalarni aylansam, 
Uzoq xayolga botsam, 
CHigirtkalar qo’shig’in 
O’tloqda tinglab yotsam. 
Tabiat mening uyim
Tabiat jonimda jon.
SHivirlayman men unga
Va onamga: − Onajon! 
SHundanmi ko’ksim og’rir
Zaharlansa ona yer.
Tabiat mening uyim,
Tabiat eng go’zal she’r. 


360 
SHivirlasam giyohga:
Xapriqqancha: − Ey ko’kat,
Nega keldim dunyoga,
Yashamoq sirin o’rgat?! 
Toshni yorgan giyohlar 
Sabotdan dars o’qisin. 
Oy cho’milgan daryolar 
Bolaga she’r to’qisin. 
Uchadi bola tomon 
SHu sabab mening so’zim: 
− Tabiat − jonimda jon, 
Tabiat mening uyim.
SHe’r yuzasidan suhbat uyushtiriladi: 
− Barakalla, bolajonlar! Juda chiroyli she’r aytdingiz. Xo’sh, she’rdagi asosiy 
fikr nima ekan? 
− Tabiat shoirning uyi ekan.
− Tabiat sizning uyingiz emasmi? Qani, Tohira, tabiat sening ham uyingmi? 
− Tabiat mening ham uyimdir. Men shu tabiat qo’ynida tug’ildim, ulg’aydim. 
− Miraziz, tabiat sening ham uyingmi? 
− Ha, tabiat mening ham uyimdir. Negaki men ham shu tabiat qo’ynida
yashayman, tabiat qo’ynida o’sgan mevalardan isteomol qilaman. 
− Bolalar, hozir o’rtoqlaringiz o’qigan she’rning muallifi nimani kuylayapti? 
Nima haqida gapirayapti? 
− Tabiat haqida. 
− Siz yuqorida o’rtoqlaringiz ishtirokida X. Davronning “Tabiat − mening 
uyim” she’rini tingladingiz. SHe’rda nimalar deyilgan ekan? 
− SHe’rda shoir “dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig’ini eshitaman
bulbullarni shod qilsam, o’t bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon 
qilsam, xayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat 
mening uyimdir”, − deb aytyapti.
(1-o’quvchining javobi) 


361 
− “Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari, oy va yulduzlari daftarimni 
yoritadi. Ona yer zaharlansa, ko’ksim og’riydi. Sen uni asra, mangu qolsin, 
o’lmasin, “− deyapti. 
(2-o’quvchining javobi) 
− Hurmatli, o’quvchilar! Demak, biz tanishgan she’rlarimizda tabiat kuylangan 
ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. CHunki biz onamiz va tabiat quchog’ida 
yashaymiz. SHuning uchun ham biz uni “Ona tabiat” deb ataymiz. Biz uning 
bag’ridagi o’simliklarni, qushlarni, hayvonlarni, dengizu ko’llarni va boshka 
boyliklarni asrashimiz, eozozlashimiz kerak. Tabiat insonga birgina toza suv, havo, 
oziq-ovqat, kiyim-kechakkina emas, sog’lik, aolo kayfiyat ham beradi. 
− Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir 
va g’alati jonivorlaridan biridir. Qushlar zararkunanda hashorotlarni yeb, kishilarga 
foyda keltiradi va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularning sayrashidan olam-olam zavq 
olasiz. Masalan, bulbul, saova va boshq. (SHu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi 
va “Bahor valsi” kuyi eshittiriladi). 
− Hashorotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir. 
Kapalaklar o’z chiroyi bilan o’ziga maftun etadilar. Gullar chamani uzra qanot 
qoqib, hayot qo’shig’ini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib 
ketgan. Buni hamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang. (Rasm 
ko’rsatiladi).
− Bizning hayotimizda o’simliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz,
qoqio’t, otquloq kabi ko’katlarning inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir. 
− Bolalar bizning hayotimizda yana bir muhim narsa obihayotdir. Biz suvsiz 
hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Mana shu suv ham tabiat qo’ynidan inju bo’lib 
oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni 
saqlamog’imiz darkor. Turmushda kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating... 
− Xulosa qilib aytganda, tabiatimizning bundan ham chiroyli, obod bo’lishi siz 
bilan bizning qo’limizda ekan. 
O’quvchilarning tabiat haqida yod olgan she’rlaridan, topishmoq va 
maqollardan ayttiriladi:
Dengizu daryoda yashar,


362 
Asosan ko’klarda kezar.
Zeriksa bormi, osmondan
Zamin uzra qaytib tushar.
(Suv) 

Ikki yaproq bir tanda,
Kezar gulzor chamanda.
(Kapalak) 
SHu o’rinda shoirlarning tabiat haqidagi har xil kitoblari ko’rgazmasini 
uyushtirish ham mumkin. 
Uyga vazifa qilib gullar haqida she’rlardan yod olib kelish beriladi. 
Keyingi darsda “Gullar aytishuvi” uyushtiriladi. 
Dars yakunlanadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin