106
6. “Alifbe”ning harfi,
terilishi, qog’ozi, rasmlarining bo’yoqlari gigienik
talablarga javob berishi lozim.
7. “Alifbe”ning tashqi ko’rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o’ziga tortadigan
bo’lishi kerak va hokazo.
“Alifbe”ga qo’yilgan barcha talab va tamoyillarni faqat “Alifbe”
darsligini
tuzuvchilar emas, balki u bilan ishlaydigan o’qituvchilar ham bilishi zarur.
O’qituvchi, avvalo, “Alifbe”ning mazmunini,
tuzilishini yaxshi bilib olib, undagi
materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida
bir dars rejasini tuzish,
darslar tizimini belgilash, alifbe materialiga qo’shimcha
material tanlash, ba’zi
materiallarni qayta ko’rib chiqish)da foydalanadi. SHundagina o’qituvchi kitobga
ijodiy yondashib, undan metodika talablari va o’zining pedagogik tajribasidan kelib
chiqib foydalangan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: