O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   416
Darslar tizimi
deyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy 
jihatdan rejali taqsimlangan, darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri 
bog’langan, dars turlari va unda o’qituvchi bilan o’quvchilar foydalanadigan asosiy 
metodik vositalar xilma-xil bo’lgan izchillik nazarda tutiladi. 
Savod o’rgatish davri uchun darslar tizimi o’quv jarayoni bosqichlari asosida 
o’qish va yozuv darslari muayyan guruhini ajratishni ko’zda tutadi. Amaldagi 
“Alifbe” darsligi va ularga yozilgan qo’llanmalarga asosan, savod o’rgatishga jami 
4 oy (shundan tayyorgarlik davriga 8 dars (ikki hafta), asosiy davrga qolgan vaqt) 
ajratiladi. Ta’limning har bir bosqichidagi darsning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. 
Darslar qurilishida ichki mantiqiylik bo’lib, har bir darsda yangi tovush va harf 
o’rganiladigan dars bilan yangi mavzu o’rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, 
imlo va so’zning bo’g’in tuzilishi haqida ma’lumot berish, o’quvchilar nutqi va 
tafakkurini o’stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar umumlashtirish-
takrorlash darsi bilan yakunlanadi. 
Savod o’rgatish davridagi darslarda ham interfaol usullar qo’llaniladigan 
darslardan foydalanish katta ahamiyatga ega. 
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining
xususiyatlari
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatishni tashkil etishda o’qituvchi bir 
vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha 
sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali 
integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi mumkin. 


104 
Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinflarda olib boriladigan 
matematika, tabiatshunoslik va ba’zan o’qish darslari bilan birga olib borish 
maqsadga muvofiqdir.
Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida 
ahamiyat beriladi, chunki o’qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf 
bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga 
mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. SHuning uchun maxsus mustaqil 
ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish 
davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun “Alifbe”ga qo’shimcha, 
ishni jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega. 
Mustaqil ish savod o’rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarlik qilishini talab 
etadi: o’qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, 
o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash 
jarayonida ham u 1-sinf o’quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini 
kuzatib boradi. 
Savod o’rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predmetlar 
shaklini chizish, bir xil oraliqni mo’ljallab nuqtalar qo’yish, yotiq to’g’ri chiziqlar 
chizish, ayrim harflar elementlarini yozish, rasmga qarab savollarga javob berishga 
tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin. 
Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-
sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o’qish, 
qayta hikoya qilishga tayyorlanish, berilgan bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish, 
gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, 
tushirib qoldirilgan harf yoki so’zni o’rniga qo’yib yozish, berilgan predmetlarni 
ma’lum belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu 
jarayonda texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida 
tarqatma materialda berilgan so’zni o’qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so’zni 
bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi. 
Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta 
ahamiyat kasb etadi.


105 
Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni 
mohirlik bilan uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko’rgazmali 
vositalardan unumli foydalanish yo’li bilan oz komplektli sinf o’quvchilarining 
bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin